Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent axborot


Lampali fotoelementlarning tuzilishi, ishlash tartibi, asosiy tavsiflari va



Yüklə 488,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix19.12.2023
ölçüsü488,18 Kb.
#184675
1   2   3   4   5   6   7   8
Qo`ziboyev Tohirjon mustaqil ish

Lampali fotoelementlarning tuzilishi, ishlash tartibi, asosiy tavsiflari va 
parametrlari 
 
Elektrovakuumli fotoelement shisha ballon bo‘lib, unda 10-6 mm simob
ust. atrofida bosimli vakuum hosil qilingan va unga ikkita elektrod — fotokatod K 
va anod A joylashtirilgan. Shisha ballon ichki yuzasining yarmiga, ya’ni ichki
yarimsferaga katod qo‘yiladi. Katod materiali sifatida kislorod bilan 
aktivlashtirilgan seziy ishlatiladi, ba’zida surmali-seziyli katod (SbCs3)
tayyorlanadi.
Katodning uchini shisha ballonning yon qismida joylashtiriladi. 
Elektrovakuum fotoelementlarning volt-amper tavsiflari If = f (Ua) shuni 
ko‘rsatadiki, fototok boshida kuchlanishning ko‘payishi bilan tez o‘sib boradi, 
so‘ng yorug‘lik oqimi F-const bo‘lganda, deyarli o‘zgarishsiz qoladi.
Buni quyidagicha tushuntirish mumkin (
2.26- rasm
).


Тo‘yingan kuchlanish sodir
bo‘lganda, fotokatod bilan nurlanuvchi barcha 
elektronlar anod yuzasiga yetadi va keying tokning juda kichik o‘sishi 
kuchlanishning o‘sishi bilan elektrostatik 
emissiyaning ta’siriga asosan sodir bo‘ladi. Yorug‘lik oqimining o‘sishi bilan 
(F3>F2>F1) volt-amper tavsifi yuqoriga ko‘tarila boradi, chunki vaqtning
birligida fotokatod bilan nurlangan elektronlarning soni ko‘payib boradi. 
Fotoelementlar signalizatsiya sxemalarida, fototelegraflarda, ovozli kinolarda 
ishlatiladi. 
2.27-rasmda
fotoeffektli fotoelementlarning xarakteristikasi 
keltirilgan. 


 
 
Fotoelektron ko‘paytirgichlar 
Fotoelektron ko‘paytirgich tashqi fotoeffektli elektrovakuum 
fotoelementlarning xili hisoblanadi. Fotoelektron ko‘paytirgichlar rus injeneri
L.A.Kubetskiy tomonidan 1930-yilda ixtiro qilingan. 
Fotoelektron ko‘paytirgich deb, shunday fotoeffektli fotoelementga 
aytiladiki, unda fototok kuchayishi ikkilamchi elektron emissiyadan foydalanish 
yo‘li bilan amalga oshiriladi (
2.28-rasm
). Fotoelektron ko‘paytirgichlarning 
kamchiligi vaqt o‘tishi bilan sezgirligining pasayishi (qarishi) hisoblanadi, undan 
tashqari ularga katta kuchlanishli manba talab qilinadi (2300 V gacha). 

Yüklə 488,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin