Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent


Java dasturlash tilidagi foydalanuvchi imtiyozlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/133
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#211443
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   133
Kiberxavfsizlik asoslari (21.04.2021)

Java dasturlash tilidagi foydalanuvchi imtiyozlari 
Imtiyoz 
Xususiyat 
Default 
Private 
Protected 
Public 
Bir xil klass 




Bir paket 
qismklassi 




Bir paket 
qismklassi 
bo‘lmagan 




Turli paket 
qismklasslari 




Turli paket 
qismklassi 
bo‘lmagan 




 
Teran himoya tamoyili. 
Ushbu tamoyilga binoan, bitta nazoratning 
bo‘lishi yaxshi, ko‘plab nazoratlardan foydalanish esa yaxshiroq deb 
qaraladi. Teran himoyada foydalanilgan nazoratlar turli zaiflik orqali 
bo‘lishi mumkin bo‘lgan tahdidlarni oldini oladi. Xavfsiz dastur yozish 
orqali esa, foydalanish qiymatini tekshirish, markazlashgan auditni 


186 
boshqarish va foydaluvchilarning barcha sahifalardan foydalanishlari 
ta’minlanishi mumkin. 
Agar to‘g‘ri ishlab chiqilgan ma’mur interfeysi, tarmoqdan 
foydalanish qoidalarini to‘g‘ri bajarsa, foydalanuvchilarning 
avtorizatsiyasini tekshirsa va barcha holatlarni qaydlasa, u anonim 
hujumga bardoshsiz bo‘lishi mumkin emas. 
Xavfsizlikning buzilishi. 
Ilovalar, amalga oshirilishi jarayonida turli 
sabablarga ko‘ra, buzilishlarga uchraydi. Masalan, quyida e’tiborsizlik 
oqibatida qoldirilgan xavfsizlik holati keltirilgan. 
isAdmin = true; 
try { 
codeWhichMayFail(); 
isAdmin = isUserInRole( “Administrator” ); 

catch (Exception ex) { 
log.write(ex.toString()); 

Mazkur holda codeWhichMayFail() yoki isUserInRole() 
funksiyalarida xatolik bo‘lsa yoki biror Exception kuzatilgan taqdirda 
ham foydalanuvchi ma’mur rolida qolaveradi. Bu ko‘rinib turgan 
xavfsizlik riski hisoblanadi. 
Xizmatlarga ishonmaslik. 
Hozirgi kunda ko‘plab tashkilotlar 
uchinchi tomon, sheriklarining hisoblash imkoniyatidan foydalanadi. 
Masalan, bir tashkilot o‘z ma’lumotlarini o‘z sherigiga tegishli dasturiy 
ta’minot bilan ishlashi mumkin. Bu holda ularga ishonish 
kafolatlanmaydi. Masalan, Payme yoki shunga o‘xshash ilovalar bir 
necha bank kartalaridagi ma’lumotlarni taqdim qiladi. Mazkur holda, har 
bir bank foydalanuvchi tomonida o‘z ma’lumotlarining to‘g‘ri 
akslantirilganini tekshirishi lozim. 
Vazifalarni ajratish. 
Firibgarlikni oldini olishga qaratilgan asosiy 
chora – vazifalarni ajratish. Masalan, tashkilotda kompyuter olish 
bo‘yicha talab yuborgan odam tomonidan uni qabul qilinmasligi shart. 
Sababi, bu holda u ko‘plab kompyuterlarni so‘rashi va qabul qilib 
olganini rad qilishi mumkin. Ba’zi holda, bir rol uchun oddiy 
foydalanuvchilarga nisbatan ishonch darajasi turlicha bo‘ladi. Masalan, 
ma’murlar tizimni o‘chirishi yoki yoqishi, parollar siyosatini o‘rnata 
olishi kerak. Biroq, ular onlayn savdo do‘koniga imtiyozga ega 


187 
foydalanuvchi sifatida kira olmasligi, xususan, tovarlarni boshqalar 
nomidan sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lmasligi kerak. 
Xavfsizlikni noaniqlikdan saqlash. 
Noaniqlikka asoslangan xavfsiz 
– zaif xavfsizlik bo‘lib, birinchi nazoratning o‘zida xatolikka uchraydi. 
Bu biror sirni saqlash yomon g‘oya ekanligini anglatmasada
xavfsizlikning muhim jihatlari tafsilotlarining yashirin bo‘lishiga 
asoslanmasligini bildiradi. 
Masalan, dastur xavfsizligi uning ochiq kodidan xabardor 
bo‘linganida barbod bo‘lmasligi kerak. Xavfsizlik ko‘plab boshqa 
omillarga, masalan, parolning oqilona siyosatiga, tarmoq arxitekturasiga, 
auditni boshqarish vositalariga tayanishi lozim. 
Bunga amaliy misol sifatida, Linux operatsion tizimini keltirish 
mumkin. Ushbu operatsion tizimning kodi ochiq hisoblansada, to‘g‘ri 
himoyalangan va shuning uchun, hozirgi kundagi mustahkam operatsion 
tizimlardan biri hisoblanadi. 
Xavfsizlikni soddaligi. 
Hujumga uchrash soha maydoni va soddalik 
bir-biriga bog‘liq. Ba’zi dasturiy ta’minot muhandislari kodning sodda 
ko‘rinishidan ko‘ra murakkabligini afzal ko‘radilar. Biroq, sodda va 
tushunishga oson ko‘rinish tezkor bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, 
dasturiy ta’minotni yaratish jarayonida murakkablikdan qochishga 
harakat qilish zarur. 
Dasturiy mahsulotlarga qo‘yilgan xavfsizlik talablari. 
Dasturiy 
ta’minotni ishlab chiqishda unga ko‘plab talablar qo‘yiladi.
Dasturiy mahsulotlarga qo‘yiladigan talablar uch turga bo‘linadi: 
-
vazifaviy talablar: 
o
tizim amalga oshirilishida kerak bo‘lgan vazifalar. 
-
novazifaviy talablar: 
o
tizimning xususiyatlariga qo‘yilgan talablar. 
Vazifaviy talablar. 
Bu talablar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
-
tizim kutgan kirishga qo‘yilgan talablar;
 
-
tizimdan chiqqan natijaga qo‘yilgan talablar;
 
-
kirish va chiqishga aloqador bo‘lgan talablar.
 
Novazifaviy talablar. 
Novazifaviy talablarga quyidagilar taalluqli: 
-
audit qilish imkoniyati; 
-
kengaytirish mumkinligi; 
-
foydalanishga qulayligi; 
-
bajarilishi; 
-
ixchamligi; 
-
ishonchliligi; 


188 
-
xavfsizligi; 
-
testlash imkoniyati; 
-
foydalanuvchanligi va h. 
Xususiy xavfsizlik talablariga quyidagilar taalluqli:

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin