185
standart holda o‘rnatilgan bo‘lsada, aksariyat foydalanuvchilar
tomonidan ushbu sozlanma o‘chirib qo‘yiladi.
Minimal imtiyozlar tamoyili.
Axborot
xavfsizligi, informatika,
dasturlash va boshqa sohalarda keng qo‘llaniluvchi minimal imtiyozlar
tamoyili (Principle of least privilege) – hisoblash muhitidagi u
yoki bu
abstraksiya darajasida resurslarga murojaatni tashkil qilish. Bunga ko‘ra
har bir modul o‘z vazifasini to‘laqonli bajarishi uchun zarur bo‘lgan
resurs yoki axborotdan minimal darajada foydalanish talab etiladi.
Bu tamoyil foydalanuvchi yoki dasturchiga faqat o‘z vazifasi
uchun zarur bo‘lgan imtiyozlarga ega bo‘lishi kerakligini anglatadi.
Masalan, vaqt o‘tkazish uchun ishlab chiqilgan turli mobil o‘yin
dasturlari SMS xabarni o‘qish yoki qo‘ng‘iroq qiluvchilar ro‘yxatini
bilish imkoniyatiga ega bo‘lishi shart emas. Masalan, dasturlash tillarida
(Java dasturlash tilida keltirilgan) obyektlardan foydanishni cheklash
uchun turli kalit so‘zlardan foydalaniladi (7.2-jadval).
7.2-jadval
Dostları ilə paylaş: