95
-
barmoq izlari bo‘yicha. Barmoq izlarini
skanerlash usuli har bir
inson barmoqlarining kapilyar shakllarining noyobligiga asoslangan.
Barmoq izi skanerlarining o‘lchami kichik, ular universal, arzon va keng
qo‘llaniladi;
-
qo‘l kaftining biometrik shakli bo‘yicha. Ushbu usul qo‘l
panjasining shakliga asoslangan. Kaftni skanerlash vositalarining
samaradorligi barmoq skanerlari samaradorligi bilan taqqoslana oladi;
-
ko‘z to‘rpardasi bo‘yicha. Bunda ko‘z qorachig‘i
orqali uning
orqa devori qon tomirlariga yorug‘likning infraqizil nuri yo‘naltiriladi.
Shu tariqa yoritilgan ko‘z tubi maxsus kamera yordamida skanerlanadi;
-
ko‘zning rangdor pardasi bo‘yicha. Rangdor pardadagi dog‘
insonning eng noyob xarakteristikasi hisoblanadi. Usulning afzalligi
shundaki, masofadan skanerlash mumkin. Bu skanerlarni kuzatuv
kameralari bilan integrallashga
imkon beradi;
-
yuzning shakli bo‘yicha. Usul inson yuzining ko‘p o‘lchamli
qiyofasini qurishga asoslangan;
-
qo‘lyozma dastxat bo‘yicha. Usul imzoning yoki maxsus
iboraning grafik identifikatsiyasiga asoslangan;
-
klaviatura dastxati bo‘yicha. Usul, odatda, oldindan belgilangan
matnni klaviuaturada terishning o‘ziga
xos xususiyatlariga asoslangan;
-
ovoz bo‘yicha. Usul inson nutqining chastotasi yoki statistik
xarakteristikalari profiliga asoslangan. Afsuski, usul inson holatiga
bog‘liq.
Barmoq izi
Yuz tasviri
Ko‘z qorachig‘i
Ovoz
4.2-rasm. Biometrik namunalarga misollar
Autentifikatsiya sohasida foydalanish uchun ideal biometrik
parametr quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi shart:
-
universal bo‘lishi
–
biometrik parametrlar barcha
foydalanuvchilarda bo‘lishi;
96
-
farqli bo‘lishi
– barcha insonlarning tanlangan biometrik
parametri
bir-biridan farqlanishi;
-
o‘zgarmaslik –
tanlangan biometrik parametr vaqt o‘tishi bilan
o‘zgarmay qolishi;
-
to‘planuvchanlik –
fizik xususiyat osonlik bilan to‘planuvchan
bo‘lishi. Amalda fizik xususiyatni to‘planuvchanligi, insonning
autentifikatsiya jarayonga e’tibor berishiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Biometrik tizimlarning eng ishonchligi – ko‘zning rangdor pardasi
yoki ko‘z to‘rpardasi bo‘yicha skanerlash. Hozirda beshta barmoq
skaneri va bir vaqtda barmoq izi va ko‘zning
rangdor pardasidan
foydalanuvchi kombinatsiyalangan qurilmalar eng yuqori aniqlikni
ta’minlaydi.
Biometrik atributlar bo‘yicha autentifikatsiyalashning o‘ziga xos
xususiyatlari va kamchiliklari mavjud:
-
biometrika faqat tirik organizmga mo‘ljallangan;
-
ehtimollik xarakterga ega bo‘lganligi sababli, asboblarning
ta’sirchanligini hisobga olish lozim;
-
aksariyat vositalar atrof-muhitga hamda insonning yoshi va
sog‘lig‘iga bog‘liq;
-
hozirda barmoq izlari skanerlaridan tashqari
barcha vositalar
yetarlicha qimmat;
-
davlat tomonidan total nazorat tahdidi xususida
foydalanuvchilarda ishonchsizlikning mavjudligi.
Iste’molchi nuqtai nazaridan biometrik autentifikatsiyalash tizimi
quyidagi ikkita parametr orqali xarakterlanadi:
-
FAR (False Acceptance Rate) – foydalanishga yolg‘on ruxsatlar
chastotasi;
-
FRR (False Rejection Rate) – foydalanishga yolg‘on inkorlar
chastotasi.
1- va 2-xil xatoliklar (FAR va FRR ko‘rsatkichlari) o‘zaro
bog‘langan: bir parametr qanchalik yaxshi bo‘lsa, ikkinchisi
shunchalik
yomon bo‘ladi, ya’ni, bu yerda teskari mutanosiblik mavjud. Mukammal
biometrik tizimda xatolikning ikkala parametri nolga teng bo‘lishi shart.
Afsuski, biometrik tizim ideal emas. Shu sababli nimanidur qurbon
qilishga to‘g‘ri keladi.
Dostları ilə paylaş: