154
Ushbu himoya chorasi hujumchini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarmoqqa ulanishini
oldini oladi.
Fayl almashishini ehtiyotkorlik bilan amalga oshirish.
Tomonlar
orasida faylni almashtirishga zaruriyat bo‘lmagan taqdirda, ushbu
imkoniyat o‘chirilgan holatda bo‘lishi kerak. Fayl
almashishini har doim
shaxsiy yoki uy tarmog‘ida amalga oshirish zarur. Ochiq bo‘lgan
tarmoqda fayllarni almashtirish tavsiya etilmaydi. Bundan tashqari,
uzatilayotgan har bir fayllarni parol asosida himoyasini ta’minlash zarur
(faylni blokirovkalash).
Simsiz tarmoq nuqtasida foydalaniluvchi dasturiy vositalarni
muntazam yangilab borish.
Ishlab chiqaruvchilar tomonidan qurilmalar
uchun doimiy ravishda yangi versiyalar ishlab chiqiladi va
ular mavjud
versiyadagi xavfsizlik muammolarini oldini olishga qaratilgan bo‘ladi.
Shu sababli, simsiz tarmoq qurilmalarini dasturiy jixatdan yangilab
borish tavsiya etiladi.
Internet provayderi yoki simsiz tarmoq qurilmasini ishlab
chiquvchilar tavsiyalariga quloq solish.
Odatda simsiz tarmoq
qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan o‘ziga
tegishli web
sahifalarda, qurilmalardan xavfsiz foydalanish tavsiyalari beriladi.
Ushbu tavsiyalarga amal qilish, aksariyat hollarda bo‘lishi mumkin
bo‘lgan xavfsizlik muammosini oldini olishga katta yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: