Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent


Risklarni boshqarishda muhim rollar va javobgarliklar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/133
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#211443
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   133
Kiberxavfsizlik asoslari (21.04.2021)

Risklarni boshqarishda muhim rollar va javobgarliklar. 
Risklarni 
boshqarishda rollar va javobgarliklar xodimlar o‘rtasida quyidagicha 
taqsimlangan: 
Bosh boshqaruvchi. 
Bosh boshqaruvchi tashkilotda risklarni 
boshqarish jarayonini olib borishga rahbar hisoblanib, risklar paydo 
bo‘lganiga qadar ularni aniqlash uchun talab qilinadigan siyosat va 
usullarni ishlab chiqadi. Bundan tashqari, kelajakda bo‘lishi mumkin 
bo‘lgan risklarni tutib olish uchun zarur ishlarni amalga oshirish ham 
uning vazifasi hisoblanadi. 
Axborot texnologiyalari bo‘yicha direktor. 
Mazkur lavozim egasi 
tashkilot axborot va kompyuter texnologiyalarini madadlash uchun zarur 
bo‘lgan siyosat va rejalarni amalga oshirishga javobgar. Ushbu lavozim 
egasi uchun asosiy javobgarlik – xodimlarni xavfsizlik bo‘yicha o‘qitish 
hamda axborot texnologiyalarida bo‘lishi mumkin bo‘lgan risklarning 
biznes jarayonlariga ta’sirini boshqarish. 


158 
Tizim va axborot egalari. 
Tizim va axborot egalarining vazifasi
asosan, axborot tizimlari uchun ishlab chiqilgan rejalar va siyosatlarni 
monitoringlab borish bo‘lib, quyidagi javobgarliklarni o‘z ichiga oladi: 

sozlanishlarni boshqarish jarayoniga bog‘liq barcha 
muzokaralarda ishtirok etish; 

axborot texnologiyalari komponentlari qaydlarini saqlash

axborot tizimlarida barcha o‘zgarishlarni va ularning ta’sirlarini 
tadqiqlash; 

barcha tizimlar uchun xavfsizlik holati bo‘yicha hisobotlarni 
tayyorlash; 

axborot tizimlarini himoyalash uchun zarur bo‘lgan xavfsizlik 
nazoratini yangilab borish

doimiy ravishda xavfsizlikka oid hujjatlarni yangilab borish; 

mavjud xavfsizlik nazoratining samaradorligini ta’minlash 
bo‘yicha tekshirish va baholash. 
Biznes va funksional menejerlar. 
Mazkur lavozim egalari 
tashkilotdagi barcha boshqaruv jarayonlarini madadlash uchun javobgar 
va bu vazifani bajarishlarida tashkilot rahbariyati tomonidan qo‘llab 
quvvatlanadi. Funksional menejeri turlari: 

rivojlantirish jamoasi menejeri; 

savdo menejeri; 

mijozlarga xizmat ko‘rsatuvchi menejer. 
AT xavfsizlik dasturi menedjerlari va kompyuter xavfsizligi bo‘limi 
direktori. 
Ushbu lavozim egalari tizimni himoyalashda xavfsizlik 
nazoratini tanlash orqali axborot tizimi egalarini qo‘llab quvvatlaydi.
AT xavfsizlik amaliyotchilari. 
AT xavfsizlik amaliyotchilari 
tashkilotda shaxsiy, fizik va axborot xavfsizligini amalga oshirib 
quyidagilarga javobgardirlar: 

tashkilotda xavfsizlikning yaxshiroq usullarini yaratish

tashkilot standartlariga to‘liq mos keluvchi usullarni ishlab 
chiqish; 

risklarni boshqarish va biznesni rejalashtirish uchun tashkilot 
xavfsizlik yondashuvlarini tekshirish

xavfsizlik insidentlarini tutish va qaydlash; 

tashkilotda xavfsizlik uchun rol va javobgarliklarni belgilash

tashkilotdagi barcha xavfsizlik o‘lchovlarini nazoratlash. 
Xavfsizlik bo‘yicha murabbiy. 
Xavfsizlik bo‘yicha murabbiy 
tashkilotda tayyorgarlik va o‘quv kurslarini amalga oshiradi. Bu 


159 
vazifaning, odatda, soha mutaxassislari tomonidan bajarilishi tavsiya 
etiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin