160
-
Jihoz.
Jihozga aloqador risklar sifatida jihozlarning past
ta’mirlanishi muhitini, ishlamasligini, mavjud bo‘lmasligini va vazifaga
nomutanosibligini keltirish mumkin.
-
Mijoz.
Mijozlar bilan bog‘liq risklar odatda muhim o‘zgarishlar,
kutilmagan ko‘chishlar va zaif aloqa natijasida yuzaga keladi.
-
Vazifalar.
Vazifalarga aloqador bo‘lgan risklarga
yetarli
bo‘lmagan bajarish vaqti, takroriy vazifalar, ishni loyihalash va xodimlar
sonini yetarli bo‘lmasiligi orqali paydo bo‘luvchi risklar misol bo‘la
oladi.
Riskni aniqlash risklarni boshqarish jarayonidagi turli og‘ishlarni
kamaytiradi va bu, o‘z navbatida, kelajakda ta’sir qiluvchi omillar
ehtimolini kamaytiradi. Risklarni aniqlashning ko‘plab usullari mavjud,
ular asosida turli dasturiy vositalar ishlab chiqilgan. Aksariyat risklarni
aniqlash jarayoni maxsus shakllantirilgan jamoa tomonidan amalga
oshiriladi. Risklarni aniqlash jarayoni bir qancha omillarga, masalan,
tarmoqning holati va jamoa a’zolarining risklarni boshqarishdagi
qobiliyatlariga asoslanadi.
Risklarni baholash.
Risklarni baholash bosqichida tashkilotdagi
risklarga baho beriladi va bu risklarning ta’siri
yoki yuzaga kelish
ehtimoli hisoblanadi. Risklarni baholash - uzluksiz davom etuvchi
jarayon riskka qarshi kurashish rejalarini amalga oshirish uchun
imtiyozlarni belgilaydi. Risklarni baholash ularning miqdoriy va sifatiy
qiymatini aniqlaydi. Har bir tashkilot
risklarni aniqlash, darajalarga
ajratish va yo‘q qilish uchun o‘zining riskni baholash jarayonini qabul
qilishi kerak.
Risklarni baholash taqdim etilgan risk turini, riskning ehtimoli va
miqdorini, uning darajasini hamda uni nazoratlash uchun rejani
aniqlaydi. Tashkilotlar risklarni baholash jarayonini odatda xavf
aniqlanganida va uni zudlik bilan nazoratlay olmaganlarida amalga
oshiradilar. Riskni baholashdan so‘ng ma’lum vaqt mobaynida barcha
axborot vositalarini yangilash talab etiladi.
Risklar baholanganidan so‘ng, ular tashkilotga
keltiradigan
miqdoriy zararga ko‘ra darajalanadi. Darajalarga ajratish risklarga qarshi
kurashishga va resurslarni joylashtirishga yordam beradi. Taqdim etilgan
risklarning darajalari ularning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi:
–
darajasi 1-2 ga teng bo‘lgan risklarni zudlik bilan bartaraf etish
yoki bartaraf etish imkoni bo‘lmasa, nazorat harakatlari orqali uning
xavflilik darajasini tushirish talab etiladi.
161
–
darajasi 3-4 ga teng bo‘lgan risklarni qandaydir biror vaqt
mobaynida bartaraf etish yoki xavfni nazoratga olish zarur hisoblanadi.
–
darajasi 5-6 ga teng risklarni imkoni bor bo‘lgan vaqtda bartaraf
etish yoki imkoni bo‘lmasa xavfni nazoratga olish zarur.
Risklarni baholash quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:
Riskni tahlillash:
risk tabiatini aniqlash va uning paydo bo‘lishi
darajasini
hisoblash bosqichi, risklarni nazoratlashga yordam beradi.
Riskni darajalarga ajratish:
risklarni tahlillash jarayonida ularning
miqdoriy jihatdan reytingini aniqlash va qarshi choralarni loyihalash
bosqichi.
Dostları ilə paylaş: