Texnologiyalari



Yüklə 29,35 Mb.
səhifə114/137
tarix26.07.2023
ölçüsü29,35 Mb.
#137602
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   137
3.axborot texnologiyalari (m.aripov, b.begalov va b.) (1)

Topshiriq va nazorat savollari
1. Kompyuteming grafik imkoniyatlari va ularning turlarini aytib bering?
2. Qanday amaliy grafik dasturlarni bilasiz?
3. FotoShop rastrli grafik muharriri haqida nimalarni bilasiz?
4. CorelDraw vektorli grafik muharriri haqida nimalarni bilasiz?
5. AutoCad, 3D Studio MAX uch o'lchovli grafik dasturi haqida nimalarni bilasiz?


VEB-SAHIFALAR YARATISHGA M O ‘LJALLANGAN TEXNOLOGIYALAR


8.1. Veb-sahifa yaratish imkoniyatlari, asosiy tushunchalari va uni yaratishda foydalaniladigan
dasturiy vositalar


I I WWWda hujjatlar aniq bir kompyuter platformalariga
I I mo'ljallangan yoki qaysidir format bilan saqlanishini
/ f °^indan aytib bo'lmaydi. Ammo kompyuterda ishlayotgan foydalanuvchi qaysi terminalda ishlashidan qat'i nazar,
yaxshi formatlangan hujjatni olishi kerak. Bu muammoni HTML andoza tili hal qiladi. HTML (Hyper Text Markup Language — gipermatnni belgilash tili) WWW da gipermatn hujjatlarni tayyor­ lash vositasidir. HTML hujjatning tuzilishini ifodalovchi uncha murakkab bo'lmagan buyruqlar majmuyidan iborat. HTML buyruqlari orqali matnlar shaklini istagancha o'zgartirish, ya’ni matnning ma’­ lum bir qismini ajratib olib, boshqa faylga yozish, shuningdek, boshqa joydan turli xil rangli tasvirlami qo'yish, audio va video ma’lumotlarni joylashtirish mumkin. U boshqa hujjatlar bilan bog'- laydigan gipermatnli aloqalarga ega.
Odatda, HTML tilida tahrirlash uchun dasturiy vosita talab qilin- maydi, lekin tahrirlash uchun qulay vositalar ko'p. Ba’zi dasturiy vositalarda yaratilgan veb-saytlami ayrim brouzerlar o'qimasligi mumkin. Shuning uchun, odatda, veb-ma’lumotlar HTML tili qoidasi bo'yicha kiritiladi.
HTML internet texnologiyalarida ishlash uchun yaratilgan bo'lib, uning hujjatlari (ASCII kodlarida yozilgan) oddiy matnli fayllardan iborat. Ular maxsus belgilangan kodlarni o'z ichiga oladi. HTML — hujjatlarni oddiy foydalanuvchi tomonidan yaratish va tahrirlash uchun MS FrontPage, Macromedia Dreamweaver va shun­ ga o'xshash bir qancha maxsus dastur vositalaridan foydalanish mumkin.
MS Windows Notepad yoki Wordrad tahrirlagichida ishlaganda HTML — hujjatlarni matn ko'rinishida saqlash uchun »Soxranit как» buyrug'idan foydalanish kerak.
Oddiy matnli fayldan HTML — hujjatlar maxsus belgilar kodi (teglar) bilan farqlanadi. Bu kodlar hujjatni formatlash, tayyor


maketni aniqlash, boshqa hujjatlarga taalluqli murojaatlami ifodalash va boshqa ko'pgina amallami bajaradi. HTML — kodlar, odatda, bosh harflar bilan yoziladi. Bu esa, o‘z navbatida, ularni asosiy matndan farqlashni va tahrirlashni osonlashtiradi.
Maxsus kodlar (teglar)da yozilgan HTML — hujjatning natijasini ko'rish brouzer (browser) deb nomlanuvchi dastur orqali amalga oshiriladi. Bu kategoriyadagi dastur vositalariga HTML formatdagi elektron hujjatlarni ko'rish uchun mo'ljallangan vositalar kiradi. Zamonaviy brouzerlar nafaqat matn va grafikani, balki musiqarti, inson nutqini, Intemetda radio to'lqinlarini eshitishni, videokonfe- rensiyalami ko'rishni, elektron aloqa xizmati bilan ishlashni, telekon­ ferensiyalar xizmati bilan tanishish va shunga o'xshash ko'pgina im- koniyatlarni yaratadi. HTML — hujjatlar uchun eng ko'p qo'llaniladigan brouzerlarga Internet Explorer va Operalarni misol qilib keltirish mumkin. Brouzerda HTML — hujjatni tahrirlash imkoniyati bo'lmay, u faqat namoyish etadi. Brouzerdan chiqmas- dan turib, undagi buyruqlardan foydalanib, MS Windows Notepad yoki joriy kompyuterda mavjud bo'lgan boshqa dasturiy vositalar yordamida HTML — hujjatni tahrirlash mumkin.

Yüklə 29,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin