Texnologiyalari



Yüklə 29,35 Mb.
səhifə126/137
tarix26.07.2023
ölçüsü29,35 Mb.
#137602
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   137
3.axborot texnologiyalari (m.aripov, b.begalov va b.) (1)

Foydalanuvchi kompyuterida ishlash uchun mo'ljallangan, Javada yozilgan dasturlar Java Applet deb ataladi. Ular axborot serverining maxsus kataloglarida saqlanadi. Foydalanuvchi ushbu Appletni komp­ yuterlarga yuklagan vaqtda brouzer dastur uni topadi va mijoz komp­ yuteriga yuklaydi. Shundan so'ng bu dastur foydalanuvchi kompyuteri­ da ishlay boshlaydi. Shunday qilib, Java Applet quyidagi sxema bo'yicha ishlaydi:
maxsus kodlarga ega bo'lgan dasturga ega bo'lish;
HTML hujjatda bu dastur tasviri mavjud bo'lishi;
dastur mijoz kompyuterga hujjat matni bilan birgalikda joylashishi;
brouzer bu dastumi ishga tushirishi va kerakli effektni amalga oshirishi.
Javaning bu tarzda ishlashini ta’minlash uchun foydalanuvchi ushbu sohaga oid birmuncha bilimga ega bo'lishi talab qilinadi.


Java SCRIPT
Java SCRIPT — bu dasturlash texnologiyasi bo'lib, HTML hujjatlarni yaratishda ishlatiladi. Unda makrobuyruq texnologiyasi, ya’ni bir necha buyruqni bir makrobuyruq shaklida tasvirlash keng qo'llanilgan. Bu makrobuyruq matnlari maxsus qoidalar asosida yoziladi. U HTML — hujjatga kiritiladi. HTML — hujjatga murojaat qilishda brouzer uni topib sharhlaydi va unda keltirilgan buyruqlami bajaradi. Java Scriptdagi dasturlarning afzalligi uning axborot serverlariga va brouzer dasturlariga nazariy jihatdan bog liq emasli- gididir. Foydalanuvchi o'z sahifasida dastur kodini (masalan, 18) ko'rsatib, ixtiyoriy operatsion sistemada uning bajarilishiga umid qilishi mumkin. Java Seri ptning boshqaversiyalari, masalan, ICRIPT, VB Script (Visual Basic Script) vaboshqalar mavjud bo'lgani uchun, odatda, tegda, uni HTMLning Java Script kiritilgan joyida, quyi­ dagicha ko'rsatiladi:
Language = «JavaScript» > yoki
Language = «J Script»;
Language = «VB Script».


Java SCRIPT ham dasturlash tiliga o'xshab ketadi. U o'z tashkil etuvchilariga ega. Uning tashkil etuvchilari o‘zgaruvchilar, massivlar, operatorlar, obyektlar, funksiyalar, hodisalar, kommentariyalar va boshqalar.
Java SCRIPTda kichik va katta harflar farqlanadi. Bundan tashqari, interpretator dasturi bo‘shliqlami e'tiborga olmaydi, har bir operator ( ; ) bilan tugashi (agarda yangi satrdan yozilgan bo'lmasa) talab qilinadi.
0 ‘zgaruvchilar. 0 ‘zgaruvchi nomlari, albatta, harflar yoki ostidagi chiziq belgisi bilan boshlanishi lozim. 0 ‘zgaruvchilaming tasvirlanishi tavsiya etiladi. Bunda o'zgaruvchilar butun, haqiqiy, satr, mantiqiy qiymatlar ko‘rinishida bo'lishi mumkin.
Massivlar. Massivlar, odatdagidek, nom va indeksga ega bo'ladi.
Massivni tasvirlash quyidagicha bo'ladi: arr Massiv nomi: indekslar ro'yxati. Misol: arr Matr[i] [j] .
Operatorlar. Java SCRIPTda arifmetik, mantiqiy, bit, satr ko'rini- shidagi operatorlar mavjud. Bundan tashqari, operatorlar bloki, shartli sikl operatorlari ishlatiladi.
Funksiyalar. Javada funksiyalar quyidagi ko'rinishda bo'ladi: function funksiya nomi ((argument 1 ), (argument 2 ),..(argument
n)) {operatorlar}.
Lozim bo'lsa, funksiya nomiga biror qiymat berilishi mumkin, buning uchun:
return (operatorlar); operatoridan foydalaniladi.
Misol: function f(x) {return x * 3}.
Java SCRIPTda, odatdagidek, farqli obyekt kiritilgan.
Obyekt. Obyekt uning xossalari deb ataluvchi ba’zi bir berilgan- laming (hujjat, oy-yillar, ko'rinishlar va boshqalar) majmuyidir. Misol uchun, hujjat obyekti quyidagi xossalarga ega: matn rangi, fon rangi, oxirgi o'zgartirish sanasi, hujjat o'tgan URL va shunga o'xshashlar. Ko'p obyektlar Java SCRIPTda mavjud bo'lsa (hujjat, darcha, kadr, forma va boshqalar), ba’zilari foydalanuvchi tomonidan yaratiladi.
Hodisalar. Hodisalar Java SCRIPT elementi bo'lib, ular kerakli amallami ma’lum vaqtlarda ishlatish imkoniyatini beradi. Ulaming ba’zilarini keltiramiz. Bular berilgan element ustida sichqonchani


topish, obyektdan ajratishni bekor qilish va boshqalar. Obyekt ustida bajariladigan hodisalar majmuyi ham belgilangan.
PHPtili


PHP ni foydalanuvchilarga dinamik veb-sahifalarni tez va samarali ravishda yaratish imkonini beruvchi server tomonidan o‘matilgan »veb- ssenariylari tili» deyish mumkin. Grammatik va sintaktik jihatdan PHP С dasturlash tilini eslatadi, lekin unda boshqa tillar (Perl, Java, C ++) elementlari ham uchraydi.
PHP nafaqat statik veb-sahifalarni, balki dinamik sahifalami yaratish va ulardagi hodisalami boshqarish uchun samarali qo'llanilishi mumkin. Shu maqsadlarda PHP JavaSCRIPT, stillar, WML (Wireless Markup Language) va boshqa tillar qatorida keng qo'llaniladi. PHP ichki qurilgan yuzlab standart funksiyalari orqali amalda ixtiyoriy masalani hal etishi mumkin. Unda grafikani yaratish va uning ustida amallar bajarish, matematik hisoblashlami amalga oshirish, elektron tijorat va XML (Extensible .Markup Language), ODBC (Open Database Connectivity) hamda Macromedia Shockwave kabi mashhur texnologiyalar bilan ishlashning keng vositalari mavjud.
PHP tilining bir qancha o'ziga xos tomonlari bor:
an’anaviylik — PHP turli tillardan o'zlashtirgan konstruksiyalar- ning mavjudligi uni o'rganishni osonlashtiradi;
soddalik — PHP da boshqa tillardagi kabi turli kutubxona yoki modullami ulashning hojati yo'q, dastur faqat dastur kodining o'zi- dan iborat bo'ladi;
samaradorlik — PHP tili nihoyatda keng qamrovli imkoniyatlarga ega;
xavfsizlik PHP tizim va bevosita dastur darajasidagi keng xavfsizlik vositalarini taklif etadi;
moslashuvchanlik — garchi PHP ni asosan HTML bilan birga qo'llash tavsiya etilsa-da, u JavaSCRIPT, WML, XML va boshqa til­ lar bilan ham juda yaxshi ishlaydi.
PHP Apache served va MySQL ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi bilan birgalikda ishlaydi.
PHP tanasini yaratishda oddiy matn muharriridan (Notepad, Cromson Editor, Aditor) foydalanish mumkin, lekin maxsus dasturiy vositalardan foydalanish yaxshiroq va qulayroqdir.
PHP da yoziladigan har bir ish boshlanishidan oldin < ? yoki < ? php
bilan ochiladi, tugagandan so'ng ? > bilan yopiladi.


PHP kodini, yuqorida aytib o‘tganimizdek, »Notepad» da ham yozsa bo'ladi, lekin bu sahifa yaratuvchiga biroz qiyinchilik tug‘dirgani uchun uni biror-bir veb-muharrirlar yordamida yozish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bularga »Zend Studio Professional Enterprise Edition» ning bir qancha versiyalari mavjud. Unga «Macromedia Dreamweaver», «РНР Expert Editor» va shu kabi boshqa bir qancha veb-muharrirlar kiradi. Bularda ishlash ancha oson hamda qulay hisoblanadi.
PHP asosan funksiyalardan tashkil topadi. Dastur tanasida har bir funksiya o‘z nomiga ega bo'lib, aniq bir vazifani bajaradi. Funksiyalar- ning qulayligi shundaki, funksiyani bir marotaba yozib, uni xohlagan joyda qayta-qayta ishlatish mumkin va, lozim bo'lsa, uni osongina o'zgartirsa ham bo'ladi.
Shuningdek, yozuv yoki sonlar ustida ham funksiya ko'rinishida amal­ lar bajarish mumkin.
Yozilishi.
fu n c t io n ( S o 'z g a ru v c h i 1, $ o 'z g a ru vc h i2 , $ o 'z g a ru v c h i3 ...)
{
a m a l l a r
}
Masalan:
$ n a r h 15 ;
$ s o n = 3 ;
fu n c t io n h is o b ( $ n a rh , $so n )
{
re tu rn $ n a rh * $ s o n ;
I
$ to ta l= h is o b ( $ n a r h , $ s o n ) ;
p r in t » U m u m iy n a rh i: $ to ta ;
Ushbu misol Umumiy narh: 45 boigan natijani chiqarib beradi.

Yüklə 29,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin