Texnologiyalari


Agarda siz ilmiy xodim bo'lsangiz



Yüklə 29,35 Mb.
səhifə66/137
tarix26.07.2023
ölçüsü29,35 Mb.
#137602
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   137
3.axborot texnologiyalari (m.aripov, b.begalov va b.) (1)

Agarda siz ilmiy xodim bo'lsangiz va xalqaro jurnallarga maqolalar yozsang, unda-chi? Linux dagi TeX nashriyot sistemasi sizning xizmatingizga tayyor. Uning formatida ushbu jurnallarga maqolalar qabul qilinadi. Maqolani elektron pochta orqali o'zingizning Linux - mashinangizdan jo‘natishingiz mumkin. Siz maqolani yozayotgan davr ichida mashina uzoq murakkab hisoblashni bajaradi va bu sizga umuman xalal bermaydi. Sizning dasturingizdagi massivlar hajmi hech cheklanmagan. 50 megabayt massiv kerakmi? Marhamat, sizda faqat
8 MV RAM bo‘lgan taqdirda ham, chunki Linux da virtual xotira ishlaydi. Nima deb o'ylaysiz, uch soatlik hisoblashning tamom bo'lishiga uch daqiqa qolganda OS osilib qolsa sizga yoqadimi? Linux da bu hodisa ro‘y bermaydi. Balki sizga professional sifatga ega bo‘lgan reklama tasvirini sintez qilish kerakdir? Rendering sistemasi ushbu ishni bajarayotgan paytda siz DOOM o'yini bilan mashg'ul bo'lishin- giz mumkin. Murakkab tasvir renderingi soatlab davom etadi. Bu yerda ham OS mustahkamligi ish beradi.
OSning mustahkamligiga bejiz bunday urg'u berilayotgani yo‘q. OS amaliyoti — DOS va, ayniqsa, MS Windows sistemalari bilan cheklangan foydalanuvchi osilib qolish OSning ajralmas xususiyati ekanligiga o'rganib qolgan bo'ladi.
Ahvol aynan buning teskarisi bo'ladi. Linux eng xilma-xil masa- lalarni yechish uchun ishlatiladigan ko'p sonli vositalarga ega bo'lgan ochiq sistemalarning ulkan dunyosiga o'z eshigini keng ochadi.
Xususiyatlari:
••Linuxning OS sifatidagi xarakterli xususiyatlari.
••Bir vaqtning o'zida bir necha dasturlarni bajarishi.
••Bir necha foydalanuvchilar bir kompyuteming o'zida ishlashi.
«Linux OS to'liq hujjatlashtirilganligi.
«Linuxning ochiq litsenziyasi bo'lgan OSlardan boshqa farqlari.


*Ko‘p vazifalilik: bir vaqtning o'zida ko‘p dasturlar bajariladi.
*Ko‘p foydalanuvchilar bir vaqtning o'zida bitta kompyuterdan foydalanadi.
«Protsessoming himoyalangan rejimi: (386 protected mode).
«Protsess xotirasi himoyasi: dasturdagi uzilish sistemaning osilib qolishini keltirib chiqarmaydi.
• •Tejamli yuklash (zagruzka): Linux diskdan dastur haqiqatdan ham bajaradigan qismlarnigina o'qiydi.
••Bajariladigan dastur nusxalari orasida yozuv bo'yicha sahifalar- ning bo'linishi. Bu, dastuming protsesslar — nusxalari bajarilayotgan paytda aynan o'sha bitta xotiradan foydalanish mumkinligini anglatadi. Bunday protsess xotiraga yozib olishga urinayotgan paytda, yozib olinayotgan 4 kilobaytli sahifa bo'sh joyga nusxa qilib olinadi. Bunday xususiyat tezkorlikni oshiradi va xotirani tejaydi.
*Sahifalarni tuzishni o'z ichiga olgan virtual xotira (ya’ni xoti­ radan diskka noaktiv protsessning hammasi emas, balki kerak bo'lgan sahifa siqib chiqariladi); diskning mustaqil qismlaridagi yoki faylli sistemalarning fayllaridagi virtual xotiraning hajmi 2 Gbayt; dasturlar amalga oshirilayotgan paytda virtual xotira o'lchovining o'zgarishi.
«Dasturlar va diskli KEShning umumiy xotirasi: bo'sh xotiraning hammasidan disk bilan almashuvni buferizatsiya qilish uchun foydalaniladi.
• •Dinamik to'ldiriladigan taqsimlanadigan kutubxonalar.
«Post-mortem analizi uchun gam dasturlar: otladchik tomonidan nafaqat bajarilayotgan, balki avariyaviylik bilan tugagan dastumi ham tahlii qilishga imkon beradi.
••POS1X standarti bo'yicha sertifikatsiyalash, dastlabki matnlar darajasida System V va BSD standartlari bilan muvofiqlashtirilganligi.
«IBCS2 orqali to'ldirilgan dasturlar bo'yicha SCO, SVR3, SVR4 bilan muvofiqlashtirilgan sig'ishtirish emulyatori.
«Barcha dasturlaming dastlabki matnlari mavjudligi. Bunga yadro
matnlari, drayverlar, tuzib chiqish va ilovalar matnlari ham kiradi. Ushbu matnlar erkin tarqatiladi. Hozirgi davrda bir qancha firmalar tomonidan Linux uchun qator kommersiyaga oid dasturlar dastlabki matnlarsiz ta’minlanmoqda, lekin nimaiki bo‘sh bo'lsa, bo'shligicha qolaveradi.
«POSIX standartida vazifalami boshqarish.


• • Yadroda protsessoming emulyatsiyasi, shuning uchun ilova (qo'shimcha) soprotsessoming emulyatsiyasi to'g'risida qayg'urmasa ham bo'ladi. Albatta, soprotsessor mavjud bo'lsa, aynan u ishlatiladi.
*Milliy alfavit va bitimlarni qo'llab-quwatlash, shu jumladan rus tilini, yangilarini qo'shib olish imkoniyati.
••Ko'plab virtual konsollar: bitta displeyda bir vaqtning o'zida klaviaturadan o'tkaziladigan mustaqil ishlar seanslari.
• • Ko'p tarqalgan qator fayllar sistemalarini qo'llab-quwatlash (MINIX, Xenix, System V fayl sistemalari); 4 Terebayt hajmga va 255 belgigacha nomlari bo'lgan fayllarga ega, o'z yetakchi fayllar siste- masining mavjudligi.
*DOS (yoki OS/2FAT) bo'limlariga ochiq kirish: DOSning Linux fayl sistemasining qismiga o'xshaydi; VFAT (WNT, Windows 95)ni qo'llab-quwatlash.
• • Linuxni DOS fayl sistemasiga o'rnatish imkonini beradigan UMSDOS maxsus fayl sistemasi.
••HPFS-2 OS/22.1 fayl sistemasiga kirish (faqat o'qish).
• •CDROMning barcha standart formalarini qo'llab-quwatlash.
••TCRIP tarmog'ini, Ftp, Telnet, NFS va h.k. ham kiradi, qo'llab-quwatlash.
Bir necha dasturlarning bir vaqtning ichida bajarilishi qanday ko'rinishga ega?
Virtual multikonsol deb atalmish narsa bir displeyda bir necha konsollar ishini tashkillashtirish imkonini beradi. Birinchi konsolda translyatsiya protsessi ishga solinadi. АИ-Ғ2 klavishlari kombinatsiyasi bilan ikkinchi konsolga o'tish ro'y beradi. Translyatsiya davom etadi, lekin ayni vaqtda birinchi konsol displey ekranida ikkinchi konsolning yangi tasviri bilan almashtiriladi. Masalan, unda matn muharriri ishga tushiriladi. Alt-F3 kombinatsiyasi bilan uchinchi konsolga o'tiladi, unda otladchik ishga solinadi va h.k. Odatda, sistemada 8 ta konsol bo'ladi, lekin 64 tagacha o'rnatish mumkin. Istalgan vaqtda xohlagan konsolga o'tish mumkin.
Alohida konsolda ham matnli, ham grafikali dastur ishlatish mumkin. Bo'sh turgan konsollaming birida XWindows System darchali sistemasini qo'yib yuborish mumkin. Ekranda darcha ochasiz va DOOM o'yinini o'ynaysiz. Tarmoq orqali partnyor bilan o'ynash mumkin. Boshqa darchalarda ma’lumotlar bazasi, pochta, muharrir,
translyatsiya va h.k.
Shunday qilib, bir vaqtning o'zida ko'p konsollar ishlaydi, ulardan birida esa XWindows Systemning ko'p darchalari ham bor.


Bundan tashqari, sistemada bir vaqtning o‘zida fon jarayonlari ishlaydi, ular displeyga ma’lumot bermaydilar, lekin o‘z ishlarini qiladilar, masalan, modem orqali ma’lumot beradilar, printerda yozadilar, tarmoq bo‘ylab pochta jo‘natadilar va h.k. Fon jarayonini foydalanuvchining o'zi ham keltirib chiqarishi mumkin va vujudga kelgan sharoitga binoan OS ham paydo qilishi mumkin (jo'natish uchun pochta bo'lganda, yozish uchun ma’lumot bo'lganda, modem orqali aloqa vaqti boshlanganda va h.k.).
Linux ko'pprotsessorli mashinalarda (32 protsessorgacha) hisoblab berilgan materiallarning fizik jihatdan paralelligini yo'qotishni ta’minlaydi, lekin buning bir vaqtning o'zida bir necha dasturlaming bajarilishiga aloqasi yo'q. Operatsion sistema bir vaqtning o'zida bitta protsessorda bir necha vazifalami bajarish imkonini beradi, bunda bir sekundning o'zida yuzlab marta bir vazifadan ikkinchisiga o'tkazib turadi.
Qanday qilib bir necha foydalanuvchi aynan bir mashinada ishlay oladi.
Foydalanuvchi ro'yxatdan o'tish natijasida sistemaga kirish huquqini qo'lga kiritadi. Sistema konsolda Login taklifnomasini kiritadi, foydalanuvchi javob tariqasida o'z nomini va kirish parolini kiritadi. Kirish huquqi tekshirilgandan so'ng, sistema dasturlarni bajarishga qaratilgan buyruqlami bajarish uchun taklifnoma beradi, buyruqlar oladi va ulami bajaradi.
Gap shundaki, odatda, foydalanuvchi turli nomlar ostida turli virtual konsollarda ro'yxatdan o'tadilar. Masalan, 1 konsolda ma’mu­ riy funksiyalami bajarish uchun foydalanuvchi root bo'lib ro'yxatdan o'tadi, amaliy dastumi bajarish uchun 2 konsolda eugene bo'lib, o'yinga kirish uchun 3 konsolda games bo'lib o'tadi va h.k. Bunday yondashuvning ma’nosi shundaki, turli «foydalanuvchilar» sistemada turli individuallikka — resurslarga kirish huquqlariga, boshlang'ich yo'l-yo'riqlarga, fayllarga va h.k. egalar.
Agar mashina tarmoqqa ulangan bo'lsa, mashinalar turli konti- nentlarda joylashgan bo'lsa ham foydalanuvchini A mashinadan В mashinaga chiqarishdan iborat ro'yxatga o'tkazish mumkin (planetar

telnet mashina B. Firma B. shahar B. mamlakat B.





Yüklə 29,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin