Texnologiyalari


Protsessor vaqti. Topshiriq bajarilishi uchun ketgan umumiy vaqt



Yüklə 29,35 Mb.
səhifə65/137
tarix26.07.2023
ölçüsü29,35 Mb.
#137602
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   137
3.axborot texnologiyalari (m.aripov, b.begalov va b.) (1)

Protsessor vaqti. Topshiriq bajarilishi uchun ketgan umumiy vaqt protsessor va kutish vaqti majmuasidan iborat boMadi. Protsessor vaqti bevosita foydalanuvchi dasturiga ishlov beradigan vaqt bilan aniqlanadi. Qo'shimcha vaqt bu OS resurslariga murojaat va uning bo'shashini kutish, muloqot, protsessorga bog'liq bo'lmagan boshqa resurslaming ishlash vaqtidir. Foydalanuvchi dasturiga ketgan umumiy vaqtga nisbatan protsessor vaqti salmog'i har doim kam boMadi.


Xotirani boshqarish OS tarkibidagi maxsus dasturlar yordamida bajariladi. Xotira ishchi dastur bilan yuklanganda, sistema uchun qabul qilingan hajmdagi xotira ajratiladi yoki, topshiriqlar tilida ko'rsatilgan- dek, joy ajratiladi. Shuni aytish kerakki, OS asosini tashkil qiluvchi dasturlar xotirada doim saqlanib turadi, uning uchun xotirada maxsus joy ajratilgan va boshqa dasturlar yordamida bu joyga kirish OS himoya dasturi yordamida himoyalangan.
Dasturiy resurslar bevosita OS ishini ta’minlaydigan va foydalanuv­ chi ishlatadigan (yordamchi) dasturlar majmuasidan iborat bo'ladi. Yordamchi dasturlar hajmi foydalanuvchi ehtiyojiga qarab aniqlanadi. Bu holda yordamchi dasturlar qancha ko‘p bo'lsa, shuncha yaxshi deyish noto'g'ri, chunki dastur qancha ko'p bo'lsa, ularni saqlash, qidirish va ishga tushirish shunchalik murakkab bo'ladi. Shu sababli aktiv holatda zaruriy dastur resurslarini saqlab, zarur bo'lmagan resurslami arxiv holatda saqlash va kerak bo'lganda ulami tiklash tavsiya qilinadi. Nazorat va boshqaruv. OS tarkibida jarayonni boshqarish bilan birga, uni nazorat qiluvchi dastur ham mavjud bo'ladi. Bu dastur protsessorga topshirilgan vazifa qay darajada bajarilayotganligi va to'liq- ligini tahlii qiladi. Har bir boshqaruv bajarilgandan so'ng holat kodi nazorat dasturiga qaytariladi va dastur uni tahlii qilib, berilgan topshiriq qay darajada bajarilganligi haqida xulosa qiladi va ma’lumot
boshqaruv dasturiga uzatiladi.
Bogianish. OS tarkibiga kirgan barcha dasturlar bir-biri bilan chambarchas bog'langan. Bu bog'lanishlar tashqi va ichki bo'ladi. Tashqi bog'lanish bevosita OS boshqarish dasturi bilan bog'lansa, ichki bog'lanish real bajarilayotgan dasturlaming ishini ta’minlash uchun yordamchi dastur bo'ladi.
Bundan tashqari, hodisa bog'lanishi hodisalar ketma-ketligi bilan aniqlanadi. Ya’ni bu holda har bir hodisaning bajarilish sharti tahlii qilinadi va biron-bir hodisa bajarilishi uchun albatta ma’lum hodisa bajarilishi talab qilinadi.
OS da, yuqorida qayd etilgan dasturlardan tashqari, yana quyidagi yordamchi dasturlar mavjud. Bu dasturlar quyidagilami bajaradi:
qurilmalaming parallel ishlashini ta’minlash;
dasturlarga- parallel xizmat qilish;
umumiy jarayonni aniqlash va boshqarish;
sinxron jarayonga xizmat;
kritik resurslami aniqlash;
lokal va umumiy berilganlami aniqlash hamda boshqarish va h.k.


5 .2 . LINUX-operatsion sistemasi, imkoniyatlari, qo‘llanish doirasi, xususiyatlari va afzalliklari
Linux — bu shaxsiy kompyuterlar va ishchi stansiyalar uchun Unix turkumli operatsion sistema.
Bu tarmoqli darchali grafik sistemasiga ega bo'lgan X Window System sistemasi bo'lib. ko'p qo'llaniladigan,
yaxshi himoyalangan tarmoqli operatsion sistema hisoblanadi.
Linux ОС Internet tarmog'idagi ochiq sistemalar va protokollar standartlarini qo'llab-quwatlaydi hamda Unix, Dos, MS Windows sistemalariga mos keladi. Sistemaning barcha komponentlari, dastlabki matnlar bilan birgalikda chegaralanmagan holda barcha foydalanuv- chilarga ochiq nusxa olish va o'matish uchun litsenziya bilan birga tarqatiladi.
Linux ОС Internet PC Pentium Pro platformalarida keng tarqal­ gan va qator boshqa platformalarda ham joy egallamoqda (DEP AXP, Power Macintosh va h.k.).
Linux ОС Xelsinki universitetida Linus Torvalds (Linus Torvalds) tomonidan va Internet tarmog'idan foydalanuvchi minglab odamlar, tadqiqot markazlarining xodimlari, fondlar, universitetlar va h.k. lardan tashkil topgan hamda son-sanog'iga yetib bo'lmaydigan juda keng miqyosdagi jamoa tomonidan ishlab chiqilgan.
Linux ОС tomonidan beriladigan imkoniyatlar
• • Ham ish joyida, ham uyda foydalanish uchun legal (ochiq) ravishda zamonaviy OSga ega bo'lish imkoniyatini beradi;
••tez harakatlanish darajasiga ega;
••mustahkam, barqaror, uzilishlarsiz ishlaydi;
••viruslar ta’siridan xoli;
«zamonaviy PKlar imkoniyatlaridan to'la foydalanishga imkoniyat beradi hamda Dos va MS Windowslarga xos bo'lgan kompyuterlar xotirasi va protsessorlar resurslaridan foydalanishdagi cheklanganlikni olib tashlaydi;
«ko'p vazifalilik va ustuvorliklami samarali boshqaradi, fanga oid vazifalar (uzoq hisoblash, modem orqali elektron pochtani jo'na- tish, disketlami formatlash va h.k.) interaktiv ishlashga xalal bermaydi;
*kompyutemi lokal va global tarmoqlarga, shu jumladan «Internet» ga oson integratsiya qilishga imkon beradi; Novell va MS Windows asosidagi tarmoqlar bilan ishlaydi;
• • Unix, MS Dos va MS Windowslaming turli versiyalardagi boshqa OSlaming to'ldirilgan formatda berilgan amaliy dasturlarini bajarish imkoniyatini beradi;


*Unix dunyosida jamlangan va dastlabki matnlar bilan birga ochiq tarqatilayotgan juda ko'p sonli turli dasturiy paketlardan foydalanish- ga imkon yaratadi;
*Linux hamda boshqa OSda ishlashga yaroqli, obyektga oriyentir- lashtirilgan, ko'p darchali matnli yoki grafik interfeysli kliyent-server klassidagi sistemani ham kiritgan holda istalgan darajadagi murakkab amaliy dasturlarni ishlab chiqish uchun instrumental vositalaming boy to'plami bilan ta’minlaydi;
«foydalanuvchiga va, ayniqsa, ishlab chiquvchiga barcha kompo- nentlaming, OS yadrosini ham qo'shgan holda, boy hujjatlar va dastlabki matnlar ko'rinishida ajoyib o'quv bazasini beradi;
«barcha xohlovchilarga ishlab chiqishda o'z kuchini sinab ko'rish- ga, Linux OS chiquvchilarining istalgani bilan Internet orqali mu­ loqot qilish va birgalikda ishlash hamda ushbu sistemaga hammuallif bo'lib o'z hissasini qo'shishga imkon beradi.
Linux OS kimga va nima uchun kerak boiadi? Ko'p toifadagi foydalanuvchilar turli sabablarga ko'ra Linux ni qo'llashdan manfa- atdor bo'lishlari mumkin.
Linux — to'laqonli 32- razryadli (64-razryadlisi DEC AXP plat- formasida bo'ladi) operatsion sistema bo'lib, kompyutemi to'la quv- vat bilan ishlatadi. Linux IBM PS shaxsiy kompyutemi haqiqiy ishchi stansiyaga aylantiradi. Shaxsiy kompyuteming narxi ishchi stansiya narxidan juda past turadi.
Bu yerda narx bo'yicha yutuq juda katta, chunki asbob-uskunalar bo'yicha tejamkorlikdan tashqari, Linux ning dasturiy ta’minoti ochiq litsenziya bilan beriladi va u sistemadan bepul nusxa olishni chekla- maydi. Yadro, muharrirlar, translyatorlar, SUBD, tarmoq, grafik interfeyslar, o'yinlar va boshqa ko'plab dasturlar ta’minoti minglab megabayt hajmda bepul va qonuniy asosda beriladi.
Qaroqchilik bozorida dasturlar uchun haq to'lamaslik odatiy ish bo'lib qolgan. Ammo Linux butunlay boshqacha, undan foydalanuv- chilami hech kim ta’qib qilmaydi, buning ustiga hujjatlarni to'la berishadi. Yana shunisi ham borki, barcha dasturlaming dastlabki matnlari ham beriladi. Bu qaroqchilaming tushlariga ham kirmagan. Linux foydalanuvchilar va amaliy sistemani ishlab chiquvchilarda katta qiziqish uyg'otadi. O'zingiz bir faraz qilib ko'ring, bir necha shoxobchalardan iborat firma hududiy jihatdan shahaming turli tu- manlarida va, hattoki, boshqa shahar va mamlakatlarda joylashgan. Asosiy korxonada ma’lumotlar bazasi serveri ishlab turibdi, mijozlar
shoxobchalarda ish joylari tarmoq orqali server bilan o'zaro aloqa qilib turibdilar. Bunday sistema Linux da tez, arzon va qulay


amalga oshirilmoqda. Linux ning barqarorligini yodga oling. Mana shu yerda u juda qo‘l keladi!
Faraz qilaylik, siz kommersiya OSlari uchun, masalan, SCO Unix yoki Dos kommersiya dasturlarini ishlab chiquvchisiz. Siz ko'pplatfor- mali kompilyator, otladkaning ko‘p darchali sistemasi, emulyatorlar va moslashtirish sistemalaridan foydalanasiz. Mana shu Linuxdir. Siz uni uyingizdagi shaxsiy kompyuterga ulashingiz mumkin. Agar sizda modem bo‘lsa, ishga faqat maosh olish uchun borishingiz mumkin. Aytgandek, bu yerda ham barqarorlik xalaqit bermaydi. Faraz qiling, siz 20 ta darcha ochdingiz va ularda ko'p ishlar qildingiz, sistema esa osilib qoldi. Linuxda bunday holat bo‘lmaydi.

Yüklə 29,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin