Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
20
TEZKORLIK HARAKAT SIFATI VA UNGA OID QOBILIYATLARNI
TARBIYALASH METODIKASI
Sh. Xudoyqulov
Farg‘ona davlat universiteti talabasi
ANNOTATSIYA
Maqolada sportchilarning tezkorlik harakat sifati va unga oid qobiliyatlarni
tana a’zolarini shu qismidagi mushaklarning kuchi, tez qisqarib, tez bo‘shashishi
ham tezkorlik namoyon qilish orqali tarbiyalash yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar: tezkorlik harakat sifati, harakat reaksiyasi, harakat tezligi-kuch,
sog‘lom turmush tarzi, tezkorli, tezlik, morfo-kuch omili, tezkor-kuch chidamkorligi,
kompleks mashqlar.
ABSTRACT
The article describes the quality of quickness of movement of athletes and the
training of the related abilities of the body parts by showing the strength of the
muscles in this part, fast contraction and fast relaxation.
Key words: speed, movement quality, movement reaction, movement speed-
power, healthy lifestyle, fast, speed, morpho-power factor, speed-power endurance,
complex exercises.
KIRISH
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018 yil 5 mart kuni qabul
qilingan “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvchi
tizimini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida jismoniy tarbiya va sportni
rivojlantirish va iste’dodli yoshlarni saralash (seleksiya) sohasida maktabgcha ta’lim
muassasalari, umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari,
oliy ta’lim muassasalari ustuvor yo‘nalish etib belgilandi. Jumladan, o‘quvchilar
orasida jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va sport turi bo‘yicha
trener-murabbiylarni
jalb qilgan holda iqtidorli yoshlarni saralash va ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar
sport sprot maktablari sport zaxirasini shakllantirish maqsadida keyinchalik
mintaqaviy hamda respublika sport musobaqalarida ishtirok etish uchun olimpiya va
milliy sport turlari bo‘yicha sinfdan tashqari sport to‘garaklari hamda seksiyalari
mashg‘ulotlarini tashkil etish (haftasiga kamida 6 soatdan) lozimligi ta’kidlangan.
Mamalakatimiz kelajagi uchun sog‘lom avlodni
tarbiyalash hamda voyaga
etkazishda jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati juda katta, so‘nggi yillarda
jismoniy tarbiya va sport yoshlar hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Shu
nuqtai nazardan o‘sib kelayotgan yosh avlodni jismoniy va ma’naviy
salomatligini
shakllantirishning ularga sog‘lom turmush tarziga intilish va sportga mehr
muxabbatni singdirishning g‘oyat muxim sharti sifatida bolalar ommaviy sportni
rivojlantirishni ta’minlash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo‘lib turibdi.