To’lov qobiliyati koeffitsienti (Kpl) korxonaning debitorlar bilan o’z vaqtida hisob-kitob qilish hamda tayyor mahsulot va boshqa moddiy vositalarini sotishning qulay sharoitlarda sotish orqali baholanadigan to’liq imkoniyatlarini ko’rsatadi. U quyidagi formula asosida hisoblanadi:
П К А2 Пдз
Xususiy va qarzga olingan mablag’lar nisbati koeffitsienti(Kss) ularning shakllanish manbalarini inobatga olgan holda, pul mablag’lari bilan ta’minlanganlik darajasini aniqlaydi. U quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Bu erda:
Ксс
П1 П2 Дзк
P1 – xususiy mablag’lar manbalari (Nizom jamg’armasi, qo’shilgan kapital, taqsimlanmagan foyda va hokazo).
Moliyaviy mustaqillik koeffitsienti(Kfn) korxona moliyaviy mustaqilligining kamayishi (ko’payishi), kelajakda moliyaviy qiyinchiliklarga uchrash xavfining kuchayishi (pasayishi) haqida ma’lumot beradi hamda korxona o’z majburiyatlari oldida javob berishining kafolatlarini belgilab beradi. U quyidagi formula asosida hisoblanadi:
П Кфн 1
ИБ
Bu erda:
IB - korxona balansi aktivi yoki passivining yakuni.