Biznes - bozor iqtisodiyoti sharoitlarida sub’ektning ma’lum bir mahsulot yoki xizmat turini yaratish va sotish yo’li bilan foyda olishga mo’ljallanganiqtisodiy faoliyati.
Biznes-reja- korxona faoliyati dasturi, kutilayotgan xarajat va daromadlar hisobini o’z ichiga oluvchi kompaniya faoliyatining muayyan maqsadlariga erishish uchun muayyan chora-tadbirlar rejasi. Marketing tadqiqotlari asosida ishlab chiqiladi.
Veksel - qimmatbaho qog’oz turi, belgilangan tartibda yozma shakldagi qarz majburiyati, o’z egasiga (veksel oluvchiga) veksel beruvchidan ko’rsatilgan pul miqdorini belgilangan muddatda gap-so’zsiz to’lanishini talab qilish huquqini beradi.
Venchur firma– tijorat bilan shug’ullanuvchi ilmiy-texnik firma, yangi texnologiyalarvamahsulotlarnidaromadlarniavvaldanbelgilamaganholdaishlab chiqish va qo’llash bilan shug’ullanadi (tavakkalchilikka asoslangan kapital qo’yilmasi).
Dividend - aktsiyadorlik jamiyati foydasining bir qismi, har yili soliqlarni to’lash, ishlab chiqarishni kengaytirish, zahiralarni to’ldirish, obligatsiyalar bo’yichafoizlar to’lash va direktorlarni mukofotlashdan so’ng aktsiyadorlar o’rtasida taqsimlanadi.