Uskunalarni zamonaviylashtirish – harakatdagi uskunalar konstruktsiyasiga, uning texnik darajasini oshiruvchi hamda texnik va iqtisodiy ko’rsatkichlarini yaxshilovchi sezilarli o’zgarishlar kiritish. Zamonaviylashtirish ikkinchi shakldagi ma’naviy eskirishning oldini olishga ko’maklashadi.
Ustama xarajatlar– asosiy xarajatlarga qo’shimcha bo’lib, ular bilan birga ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiritiluvchi, ishlab chiqarish va korxona boshqaruviga xo’jalik xizmati ko’rsatish xarajatlari.
Fan-texnika taraqqiyoti- fan, texnika, texnologiyalar rivojlanishi, mehnat predmetlari, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning uzluksiz rivojlanish jarayoni.
Firma - huquqiy shaxs maqomiga ega bo’lib, tovar ishlab chiqarish va sotishni bir umumiy boshqaruv (va umumiy firma nomi) ostida birlashtiruvchi, korxona yoki turli mulkchilik shaklidagi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar majmuasi.
Foyda – korxona faoliyatining yakuniy moliyaiy natijalari; pul tushumi va xarajatlar o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Fond qaytimi– asosiy ishlab chiqarish fondlarining bir so’miga to’g’ri keluvchi mahsulot miqdori.
Fond sig’imi –fond qaytimiga teskari bo’lgan nisbat. Asosiy ishlab chiqarish fondlario’rtachaqiymatiningishlabchiqarilganmahsulothajmiganisbatisifatida hisoblanadi.