Raqobatbardoshlik – o’z faoliyatini bozor munosabatlari sharoitida amalga oshirish va bunda ishlab chiqarishni ilmiy-texnik jihatdan takomillashtirish, xodimlarni rag’batlantirish va mahsulot sifatining yuqori bo’lishinita’minlashga etarli bo’lgan foyda olish.
Reklamatsiya- xaridor tomonidan sotuvchiga shartnoma asosida etkazib berilgan tovar sifati va miqdorining shartnomaga to’g’ri kelmasligi tufayli bildiruvchida’vosi.
Sertifikat - mas’ul idoralar tomonidan mahsulotni ekspertiza qilish asosida beriluvchi, mahsulot sifatini belgilovchi hujjat.
Smenalilik koeffitsienti–uskunalarning vaqt bo’yicha ish bilan ta’minlash darajasi ko’rsatkichi; sutka davomida ishlab berilgan mashina-smenalarning o’rnatilgan barcha smenalar soniga nisbati orqali aniqlanadi.
Stanadartlashtirish- ishlab chiqarishning ma’lum bir sohasida faoliyatni tartibga solish maqsadida barcha manfaatdor tomonlar ishtirokida qoidalar belgilash va qo’llash. Normativ hujjatlar, standartlar, yo’riqnomalar, usullar, talablarda aks ettiriladi.
Ta’sis hujjatlari– yangi tashkil qilinuvchi korxona, kompaniya, aktsiyadorlik jamiyatini ta’sis etish va ularni belgilangan tartibda ro’yxatga olish uchun asos bo’lib xizmat qiluvchi hujjatlar.
Texnik qayta qurollantirish– ishlab chiqarish alohida uchastkalarining texnik imkoniyatlarni zamonaviy darajaga chiqarish jarayoni.