The economy of enterprise



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə126/130
tarix06.05.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#108461
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   130
The economy of enterprise

Mahsulotning mehnat sig’imi–mehnat unumdorligi ko’rsatkichlariga teskari bo’lgan kattalik. Moddiy ishlab chiqarish sohasida sarflangan mehnatning ishlab
chiqarilgan mahsulot hajmiga nisbati orqali aniqlanadi.

Mahsulotning texnik darajasi – baholanayotgan mahsulotning texnik takomillashganligini belgilovchi, uning bazis ko’rsatkichlariga mos keluvchi
ko’rsatkichlarni taqqoslashga asoslangan mahsulot sifatining nisbiy tavsifnomasi.

Mahsulotning yashash davri – mahsulot hayotining beshta bosqichinining almashinish davri: ishlab chiqish, ishlab chiqarish, bozorga chiqish, o’sish,
bozorning to’yinishi va ma’naviy eskirish.

Mehnat unumdorligi –insonlar ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligi; xodim moddiy ishlab chiqarish sohasida ish vaqti birligida ishlab chiqargan mahsulotlar miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt bilan o’lchanadi. Mehnatning ijtimoiy unumdorligi ishlab chiqarilgan milliy daromadning moddiy ishlab chiqarish taromqlarida band bo’lgan har bir xodimga nisbatan
hisoblanadi.

Mehnat shartnomasi – tadbirkor va ishga kiruvchi shaxs o’rtasidagi kelishuv, unda
ko’ra xodimning mehnat vazifasi, ish joyi, lavozimi, oylik ish haqi, ish boshlash vaqti va hokazolar belgilab beriladi.

Nizom (ustav) - korxonani tashkil qilishning qonuniyligini tasdiqlovchi, korxona xarakteri va faoliyat turi, qoidalari, a’zolar o’rtasidagi munosabatlar va hokazolarni
o’z ichiga oluvchi rasmiy hujjat.

Raqobat – bozor mexanizmining korxona va firmalarning mahsulot va xizmatlarni
sotish, kapitalni foydaliroq joylashtirishda raqiblik asosida xo’jalik nisbatlarini shakllantirish bilan bog’liq elementi.


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin