Korxonaning tijorat sirlari– korxonaning ishlab chiqarish, texnologiyalar, boshqaruv va boshqa turdagi faoliyati bilan bog’liq, oshkor qilinishi korxona manfaatlariga zarar etkazishi mumkin bo’lgan, davlat sirlariga aloqasi bo’lmagan ma’lumotlar.
Lizing - mulkka egalik qilish huquqi ijaraga beruvchida saqlangan holda, mulkni uzoq muddatli ijaraga berishga asoslangan holda investitsiyalarni moliyalashtirish shakli; mashina, uskuna va transport vositalarining o’rta va uzoq muddatli ijarasi.
Litsenziya - qonunda belgilangan muayyan xo’jalik operatsiyalari, jumladan, tashqi savdo (eksport va import) operatsiyalarini amalga oshirish bo’yicha, vakolatli davlat idoralarining huquqiy shaxslarga beruvchi maxsus ruxsatnomasi.
Marketing - korxonalarning mahsulot ishlab chiqish, ishlab chiqarish va sotish yoki xizmat ko’rsatishga oid faoliyatini, bozorni va iste’molchilar talabiga faolta’sir ko’rsatishni o’rganish asosida boshqarish tizimi.
Materiallardan foydalanish koeffitsienti– xom ashyo va materiallarning oqilona tarzda sarflanishini tavsiflovchi ko’rsatkich. Tayyor mahsulot tarkibiga kiruvchi materiallarning ishlov berilgan materiallarning umumiy hajmiga nisbati sifastida hisoblanadi.
Mahsulot attestatsiyasi- mahsulot sifatining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini ob’ektiv baholashni tizimli ravishda amalga oshirishni ko’zda tutuvchi, tashkiliy- texnik va iqtisodiy chora-tadbirlar majmuasi.
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari– mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniluvchi tabiiy resurslar, xom ashyo va materiallar, yoqilg’i va energiya, asosiy fondlar va mehnat resurslari, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish va sotishning boshqa xarajatlarining qiymat baholari.