The economy of enterprise



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə121/130
tarix06.05.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#108461
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   130
The economy of enterprise

Jismoniy eskirish – mehnat vositalarining foydalanish va tabiat kuchlari ta’siri ostida moddiy jihatdan emirilishi. Mehnat vositalarining ma’naviy eskirishi ularning to’liq jismoniy eskirishdan oldindanroq, ishlab chiqarish ko’rsatkichlari yuqoriroq va tejamkor bo’lgan mashina va qurilmalar paydo bo’lishi tufayli yuz berishi
mumkin.

Ijara - mulkni ma’lum bir haq to’lash evaziga, vaqtinchalik foydalanishga berish
to’g’risidagi shartnomaga asoslangan holda yollash.

Ilmiy-texnik salohiyat– mamlakatdagi fan, texnika va muhandislik ishlarining rivojlanish darajasi, jamiyatning fan-texnika muammolarini hal qilish uchun mavjud
resurs va imkoniyatlarining umumiy tavsifnomasi.

Investitsion siyosat – kapital qo’yilmalarning eng ustivor yo’nalishlarini tanlash, iqtisodiyot samaradorligini oshirish, sarflangan har bir so’mga mahsulot o’sishi va
milliy daromadning eng yuqori ko’rsatkichlariga erishish.

Investitsiyalar - mamlakat ichkarisi va tashqarisida yangi korxona yaratish va mavjud korxonalarni zamonaviylashtirish, eng yangi texnika va texnologiyalarni
o’zlashtirish, ishlab chiqarish darajasini oshirish va foyda olish maqsadida uzoq muddatli mablag’lar kiritilishi.

Investor - biron-bir faoliyatga, korxonaga foyda olish maqsadida uzoq muddatli
kapital kiritishni amalaga oshiruvchi xususiy tadbirkor, tashkilot yoki davlat.

Injiniring - tijorat asosida (shartnoma shaklida) turli xil muhandislik-maslahat
xizmatlari ko’rsatilishi.

Innovatsiya - jamiyat rivojlanishi bilan o’zgarib boruvchi inson ehtiyojlarini qondirishga oid yangiliklar, ularni yaratish, tarqatish va foydalanish jarayonini
majmuasi.

158








Infratuzilma - sanoat (yoki biron-bir boshqa) ishlab chiqarishi hamda aholiga xizmat ko’rsatuvchi xo’jalik tarmoqlari majmuasi. Transport, aloqa, savdo, moddiy-
texnik ta’minot, fan, ta’lim, sog’liqni saqlashni o’z ichiga oladi.


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin