Amortizatsiya vositalari - korxona asosiy fondlarini saqlash va yangilash uchun maxsus ajratiluvchi moliyaviy vositalar.
Amortizatsiya fondi - asosiy fondlarni oddiy va kengaytirilgan tarzda takror ishlab chiqarishga mo’ljallangan pul mablag’lari.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari– mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniluvchi mehnat vositalari (binolar, inshootlar, qurilma va asbob-uskunalar, tranosport vositalari va hokazo). Ular uzoq muddat xizmat ko’rsatib, ishlab chiqarish jarayonida o’zining natural shaklini saqlab qoladi hamda o’z qiymatini eskirish mobaynidaasta-sekinlikbilantayyormahsulotgao’tkazadi.Kapitalqo’yilmalar hisobiga to’ldiriladi.
Asosiy fondlarning eskirishi– asosiy fondlarning (binolar, qurilmalar va boshqa mehnat vositalarining) asta-sekinlik bilan foydali xususiyatlarini yo’qotishi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari eskirishining jismoniy va ma’naviy turlari mavjud.
Balans - biron-bir holatning alohida tomonlarini taqqoslash va solishtirish yo’li bilan tavsiflanuvchi ko’rsatkichlar tizimi.
Balans foydasi- korxonaning balansida aks ettiriluvchi faoliyatningbarcha turlaridan olinuvchi umumiy foyda miqdori.
Bankrotlik - kasodga uchrash, korxonaning (tashkilot, bank) o’z majburiyatlari bo’yicha to’lovlarni mablag’lar yo’qligi tufayli amalga oshirmasligini anglatuvchi tushuncha. Qoidaga ko’ra, korxonani yopish yoki majburan tugatish hamda mol- mulkini qarzlarni to’lash uchun sotib yuborishga olibkeladi.