The economy of enterprise


Aylanma mablag’larni normalashtirish



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə73/130
tarix06.05.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#108461
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   130
The economy of enterprise

Aylanma mablag’larni normalashtirish

Shakllanish manbaiga ko’ra, aylanma mablag’lar xususiy va qarzga olingan turlarga bo’linadi.


Xususiy aylanma mablag’lar doimo korxona ixtiyorida bo’lib, xususiy resurslar, asosan foyda hisobiga shakllanadi. Korxonaning xususiy aylanma mablag’lari qatoriga ish haqi bo’yicha qarzlar, ta’minotchilar yoki hamkorlar qarzlari, buyurtmachilarning tayyorlangan mahsulot uchun to’lagan pullari kabilarni kiritish mumkin. Bu mablag’lar xususiy mablag’larga tenglashtirilgan mablag’lar yoki korxonaning barqaror passivlari deb ataladi.
Qarzga olingan aylanma mablag’lar doimo harakatda bo’lmaydi hamda korxonaning mahsulotlarni sotishdagi qiyinchiliklar, moddiy-tovar boyliklar bilan ta’minlash, mahsulot ishlab chiqarish dasturini oshirib bajarish va boshqa vaqtinchalik ehtiyojlarni qoplash uchun foydalaniladi. Ular qatoriga bank kreditlari, kreditorlik qarzlari (tijorat kreditlari) va boshqa passivlarni kiritish mumkin.
Aylanma mablag’larni boshqarish mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonining uzluksizligini ta’minlashda aylanma mablag’lardan iloji boricha kamroq foydalanishda ifodalanadi. Bu esa korxona aylanma mablag’lari aylanishining barcha bosqichlarida mos ravishda minimal, lekin etarli tarzda ratsional taqsimlanishi zarurligini anglatadi. Bu vazifa o’z navbatida moddiy resurslar zahiralari va xarajatlarini normalashtirish tufayli muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Aylanma mablag’larni normalashtirish korxonaning uzluksiz ishlashi ta’minlaydigan moddiy boylik va boshqa resurslarning minimal, lekin etarli zahiralarini shakllantirish uchun zarur bo’lgan pul mablag’larini aniqlashda ifodalanadi. U ichki zahiralarni aniqlash, ishlab chiqarish tsikli davomiyligini qisqartirish va tayyor mahsulotni tezroq sotish imkon yaratadi.
Biroq amaliyotda korxonalarning barcha aylanma mablag’lari ham normalashtirilmaydi. Shu sababli aylanma mablag’lar normalashtiriluvchi va normalashtirilmaydigan turlarga taqsimlanadi va ular hozirgi bozor munosabatlari sharoitlarida ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan.

Normalashtiriluvchi aylanma mablag’lar qatoriga korxona omborlaridagi ishlab chiqarish zahiralari (xom ashyo, materiallar, yoqilg’i, unchalik qimmat bo’lmagan predmetlar va jihozlar), tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr xarajatlari va ombordagi tayyor mahsulotlar kiritiladi.


Normalashtirilmaydigan aylanma mablag’lar, bu – xaridorlarga berib yuborilgan tayyor mahsulot yoki tovarlar, hisob raqamidagi pul mablag’laridir.
Korxonalar faoliyatida barcha aylanma mablag’lar salmog’ida 70-80%ni tashkil qiluvchi normalashtiriluvchi aylanma mablag’lar asosiy o’rin tutadi. Aylanma mablag’larni normalashtirish tejamkorlik rejimiga rioya qilish va resurslardan oqilona foydalanish imkonini yaratadi.
Resurslarni normalashtirish jarayonida aylanma mablag’larning norma va normativlari belgilanadi.
Aylanma mablag’larning normasi, korxona moddiy-tovar boyliklarining minimal zahiralarini tavsiflaydi hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligiga to’g’ri keluvchi pul o’lchovida, zahira kunlari va zahira normalarida hisoblanadi.
Aylanma mablag’larning normativi aylanma mablag’lar normasini, normasi aniqlangan ko’rsatkichga ko’paytirishni ifodalaydi hamda qoidaga ko’ra, pul ko’rinishida o’lchanadi. U quyidagi formula asosida hisoblanishi mumkin:


Nay.m=Nich.z + Nt.ich + Nt.m
Bu erda:
Nich.z - ishlab chiqarilgan zahiralar normasi; Nt.ich – tugallanmagan ishlab chiqarish normasi; Nt.m - tayyor mahsulot normasi.
Aylanma mablag’larni normalashtirish va ayniqsa, moddiy resurslarni sarflash normalarini belgilashda quyidagi tamoyillarga amal qilish lozim:

  • normalarning progressivligi va dinamikligi;

  • normalarning iqtisodiy va ishlab chiqarishtexnikaviy jihatdan asoslanganligi;

  • xom ashyo, material, yoqilg’i, elektr energiyasi va boshqa resurslar o’lchamini to’g’ri tanlash;

  • chiqit va yo’qotishlarning oldini olish;

  • eskirgan normalarni qayta ko’rib chiqish hamda ularni fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga mos holga keltirish.

Moddiy va boshqa resurslarni normalashtirishda bir nechta usullar qo’llaniladi.
Amaliyotda quyidagi usullar ko’proq uchraydi:

  1. O’tgan yillar davomida amalda sarflangan resurslar to’g’risidagi hisobot ma’lumotlarini o’rganish hamda bir necha yillar davomida ro’y bergan pasayishlarni hisoblashga asoslanuvchi statistika-tajriba usuli.

  2. Laboratoriya tajribalariga asosan yaratilgan hamda instrumentlar va yordamchi materiallar sarflanishi normasini aniqlashda qo’llaniluvchi - laboratoriyatexnikaviy usuli.

  3. Yuzaga kelgan ishlab chiqarish sharoitlaridan tashqari boshqa korxonalarning ilg’or tajribalari va yutuqlarini ham hisobga olish imkonini beruvchi, moddiy resurslardan foydalanishni normalashtirishning mukammalroq usuli hisoblanuvchi – hisob-tahliliy usuli.

Korxona aylanma mablag’larini normalashtirish tadbirlari ishlab chiqarish zahiralarini normalashtirish, shuningdek, tugallanmagan ishlab chiqarishning optimal kattaligi, tayyor mahsulot qoldiqlari va kelgusi davr xarajatlarini aniqlash bilan bog’liq vazifalarni echishga olib keladi.



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin