Tayyor mahsulot qoldiqlarini normalashtirish. Ishlab chiqarish jarayoni tugallangandan so’ng mehnat predmetlari tayyor mahsulot ko’rinishida muomalaga kiritiladi.
Aylanma mablag’larning tayyor mahsulotga aylanish normativi miqdori, o’rtacha bir sutkalik ishlab chiqarilgan mahsulotning (tannarxi bo’yicha) aylanma mablag’larning kunlardagi tayyor mahsulot normasiga sifatida, ya’ni tayyor mahsulotning korxona omborida saqlanish muddati sifatida aniqlanadi:
Gn =V : T x Nt.m
Bu erda:
Gn – tayyor mahsulot normativi;
V - rejalashtirilgan davrda rejadagi tannarx bo’yicha ishlab chiqarilgan mahsulot;
Ngn – tayyor mahsulotlardagi aylanma mablag’lar zahiralari normasi, kunlarda; T - rejadagi davrda kalendar kunlar miqdori.
Tayyor mahsulotning omborda saqlanish muddati tayyor mahsulotni transportirovka qilish va sotishga bog’liq bo’ladi. Aylanma mablag’larning ushbu normasidagi kunlar soni mahsulotni tayyorlash, yuklash, hujjatlarni tayyorlash va ularni bankka topshirish uchun zarur bo’lgan kunlardan iborat bo’ladi.
Kelgusi davr xarajatlarni normalashtirish. O’sib borayotgan fan-texnika taraqqiyoti sur’atlari aylanma mablag’larning kelgusi davr xarajatlari ahamiyatini
oshirmoqda. Bu xarajatlar korxonaning maxsus buxgalteriya hisobida uchta manba: yangi texnikani o’zlashtirish fondi (agar korxonada shunday fond mavjud bo’lsa), bank krediti va foyda (xarajatarni mahsulot tannarxiga kiritish yo’li bilan) hisobiga yig’iladi. Aylanma mablag’larning kelgusi davr xarajatlari (Nkd) normasini hisoblashda quyidagi formulaga amal qilinadi:
Nkd = R + Rich + Rt
Bu erda:
R - yil boshida kelgusi davr xarajatlari uchun sarflanishi mo’ljallangan mablag’lar miqdori (buxgalteriya hisoboti bo’yicha);
Rich – rejadagi yilda loyiha-smetalarda ko’zda tutilgan ishlab chiqarish xarajatlari;
Rt - o’zlashtirilayotgan mahsulot tannarxiga kiritiluvchi hamda smetalarda ko’zda tutiluvchi yoki maxsus manbalar hisobiga qoplanuvchi xarajatlar.
Alohida elementlar bo’yicha aylanma mablag’lar xarajatlari normalari aniqlangandan so’ng, aylanma mablag’larga bo’lgan umumiy ehtiyojlar (normativ) miqdori hisoblanadi. Korxona aylanma mablag’lariga bo’lgan umumiy ehtiyoj, ishlab chiqarish zahiralari (xom ashyo va asosiy materiallar, yordamchi materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, xarid qilinuvchi mahsulotlar, qadoqlash va o’rov materiallari, yoqilg’i va hokazolar), tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot va kelgusi davr xarajatlaridan iborat bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |