The economy of enterprise


sanoat-ishlab chiqarish personali



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə80/130
tarix06.05.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#108461
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   130
The economy of enterprise

sanoat-ishlab chiqarish personali (S.ICh.P) - asosiy va yordamchi tsexlar, zavod boshqaruvi, laboratoriya, ilmiy-tadqiqot va tajriba-loyihalashtirish bo’limlari (IT va TL.I), hisoblash markazi xodimlari;

  • noishlab chiqarish personali - uy-joy, kommunal va yordamchi xo’jaliklarda, sog’liqni saqlash, profilaktika va ta’lim muassasalarida faoliyat yurituvchi xodimlar;

  • rahbarlar - direktor, direktor o’rinbosarlari, bosh mutaxassislar, bo’lim va xizmat boshliqlari, ya’ni muhandis-texnik personal (MTP);

  • xizmatchilar - hujjatlarni tayyorlash, hisob-kitob va nazorat qilish, xo’jalik xizmati xodimlari (agentlar, g’aznachilar, ish yurituvchilar, kotiblar, statistlar va hokazo).

    Korxona S.ICh.Pning asosiy va ko’p sonli qismini ishchilar tashkil qilib, ular mahsulot ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish, ish bajarish), ta’mirlash va uskunalarga xizmat ko’rsatishda (ta’mirlovchi ishchilar) qatnashadilr, mehnat predmetlarini tashish va mahsulot tayyorlashni amalga oshiradilar (transport ishchilari), qurilish- ta’mirlash ishlarini bajaradilar (quruvchi-ishchilar).
    Korxona faoliyatini rejalashtirish va tahlil qilishda, ayniqsa, mehnat unumdorligi, o’rtacha ish haqi, kadrlar aylanishi va oqimini hisoblashda o’rtacha ro’yxat soni ko’rsatkichi qo’llaniadi. Bu ko’rsatkich yil yoki chorak uchun korxona faoliyat ko’rsatgan barcha oylar uchun ishchilarning o’rtacha ro’yxatdagi sonini qo’shish va hosil bo’lgan yig’indisini mos ravishda 3 (12) ga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi. Bu ko’rsatkichni to’g’ri aniqlash uchun xodimlarni ishga qabul qilish, boshqa ishga o’tkazish va mehnat shartnomasini bekor qilishni inobatga olgan holda har kuni hisobga olib borishni yo’lga qo’yish zarur.
    Kadrlarning korxonada harakatlanishini tavsiflash uchun quyidagi ko’rsatkichlar hisoblanadi va tahlil qilinadi:

    Ishchilarni qabul qilish bo’yicha aylanish koeffitsienti (Kpr):







    Kpr =
    Ishga qabul qilingan personal soni Personalning o’rtacha ro’yxat soni

    Ishdan ketish bo’yicha aylanish koeffitsient (Kv)





    Kv=


    Ishdan bo’shagan xodimlar soni Personalning o’rtacha ro’yxat soni

    Kadrlar oqimi koeffitsienti (Kt)





    Kt =
    O’z xohishiga ko’ra va mehnat intizomini buzganlik uchun ishdan bo’shagan xodimlar soni



    Personalning o’rtacha ro’yxat soni

    Korxona personali tarkibining doimiylik koeffitsienti (Kp.s.)



    Kp.s. =


    Butun yil davomida ishlagan xodimlar soni Personalning o’rtacha ro’yxat soni

    Kadrlar salohiyati miqdoriy tavsif berishdan tashqari korxona personalining sifat tavsifi ham muhim ahamiyatga ega bo’lib, u korxona xodimlarining mazkur ishlab chiqarishga kasbiy va malakaviy jihatdan yaroqlilik darajasi bilan aniqlanadi. Bu erda birinchi o’ringa “mutaxassislik”, “kasb”, “malaka ” kabi tushunchalar chiqadi.




    Yüklə 0,55 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   130




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin