Baliqlarda qon aylanish doirasi bitta. Yuragi ikki kamerali-bo'lmacha va qorinchadan iborat. Baliqlar yuragida faqat venoz qon bo’ladi. Baliqlar qon aylanish tizimida progressiv belgilar paydo bo’lgan. Venoz qon yurak qorinchasidan arterial konus orqali qorin aortasiga quyiladi. Ularda 4 juft jabra arteriyalari bo’ladi. Lansetnikdan farq qilib, baliqdagi jabra arteriyalari kapillyar to'rini hosil qiladi. Kislorodga to’yingan qon uyqu arteriyalari orqali bosh tomonga, o'mrov osti arteriyasi orqali tana yon devoriga, dum arteriyalari orqali tananing orqa qismiga, alohida arteriyalar orqali ichki a’zolarga (ichak, buyrak) tarqaladi.

A-yuragi; B-qon aylanish tizimi;
1-venoz sinusi; 2-yurak qorinchasi; 3-yurak bo’lmachasi; 4-qorin aortasi; 5-olib keluvchi va olib chiquvchi jabra arteriyalari; 6-uyqu arteriyalari; 7-o’ng va chap oldingi kardinal venalar; 8-o‘ng va chap orqa kardinal venalar; 9-o‘ng va chap kyuver oqimlari; 10-jigar venasi; 11- orqa aorta.