Umurtga pog‘onasi 5 ta qismga ajralgan: bo‘yin – 8 (halqa shaklida) ko‘krak bel dumg‘aza dum qismi
Sutemizuvchilar
Sutemizuvchilar hayvonot olamining eng yuksak taraqqiy etgan sinfidir. Evolyutsiya jarayoniga ko‘ra sutemizuvchilar qushlardan avvalroq paydo bo‘lgan. Mezozoy erasining boshlariga mansub qatlamlardan qadimgi sutemizuvchilarning tishlari va suyaklari topilgan. Ularning ajdodlari darranda tishli kaltakesaklar edi. Darranda tishli kaltakesaklarning o‘q skeleti beshta bo‘limdan tashkil topgan bo‘ladi.
Darranda tishli kaltakesak bo‘yin bo‘limi - 7 ta umurtqadan iborat ko‘krak qafasi - 12-15 juft qovurg‘a bel bo‘limi - 2 – 9 tagacha umurtqalari (faqat rudiment qovurg‘alariga ega) dumg‘aza bo‘limi - 4 ta umurtqa (bir-biriga qo‘shilib ketgan, reptiliyalardagidan ko‘ra yaxshiroq rivojlangan) dum umurtqasi - soni turli xil Sutemizuvchilar ajdodining umurtqa pog‘onasi:
Odam embrioni 1,5-3 oylik dayrida bel umurtqalarning soni 8-11 ta bo‘ladi. Embrion uch oylik davrida dum umurtqalarining tanadan tashqari qismi reduksiyaga uchraydi.
Odam o‘q skeleti ontogenezi uning shakllanishida asosiy filogenetik davrlari rekapitulatsiyalanadi: neyrulyatsiya davrida xorda shakllanadi, keyin u tog‘ay bilan, undan so‘ng suyakli umurtqa bilan almashadi.
Odam o‘q skeleti ontogenezida ayrim hollarda umurtqalari yoylari qo‘shilmasligi oqibatida umurtqa qismlari o‘zaro yaxshi birikmay qoladi, natijada “spina bifida”—umurtqa kanali defektli anomaliya shakllanadi. Bunday hollarda deffekt orqali orqa miyaning ma’lum bir qismi chiqib turadi — orqa miya churrasi deb nomlanadi va orqa miya funksiyasi keskin buzilishiga olib keladi.