Teri anomaliyalarining turlari: 1. Soch anomaliyalari (atrixoz, gipertrixoz)
2. Teri pigmentatsiyasining buzilishi (albinizm, melanizm)
3. Teri muguzlanishining buzilishi (ixtioz, panionixiya)
4. Teri o’smalari (so’gal, gemangioma, papilloma).
TERI ANOMALIYALARI
Atrixoz (alopetsiya) — bosh sohasida batamom soch o‘smasligi.
Gipertrixoz- tanani, jumladan, boshning va yuzning qalin jun bilan qoplanishi
Albinizm — terining butun sathida yoki ayrim joylarida, sonda, ko‘z qorachig’ida melanin pigmentining bo‘lmaslik kasalligi.
Chegaralangan albinizm — vitilogo («pes»)kasalligi tananing peshona, og‘iz atrofida, bo‘yin, qo‘l barmoqlarida ko‘proq kuzatiladi.
Melanizm — terining ayrim joylarida (yuzda, kaftda, tizza bo‘g‘imida) pigmentatsiyaning kuchayishi.
Ixtioz — terining muguzli epiteliy qavatining qalinlashuvi, terining turli xil tangachalar bilan qoplanishi.
Tug‘ma paxionixiya - tirnoq plastinkalarining haddan tashqari qalinlashuvi, dag‘allashuvi va tirnoqda bo‘ylama chiziqlarni paydo bo‘lishi.
Teri o‘smalari — Nevus (xol) — terining ayrim joylarida qoramtir dog‘lar paydobo‘lishi.
Gemangioma — qon tomirlardan iborat, teridan ancha ko‘tarilib turuvchi rangli dog‘lar paydo bo‘lishi.
Bosh skeletsizlar kenja tipining sodda vakili lansetnikdir. Lansetnikning o'q skeleti - xordasi butun umr boʻyi saqlanib qoladi. Xorda zich elastik tog'ay bir - biriga nisbatan zich yopishib ketgan va tashqi tomondan umumiy elastik va tolasimon qobiqlardan iborat bo'lib , kuchli vakuollashgan hujayralardan tuzilgan.