Mavzu: OITS/OIV geografiyasi OIV (Odamning immunitet tanqisligi virusi) - bu odamda kasallikka chidamlilikning etishmasligiga olib keladigan virus. OITS bu infektsiyaning natijasidir.
Odamning immunitet tanqisligi virusi 1983 yilda OITS o'rganilayotgan paytda aniqlangan. Bu kasallik birinchi marta erkaklar (gomoseksuallar), giyohvandlar va gemofiliya kasalliklari paytida yuzaga kelgan buzilishlarni kuzatish natijasida aniqlangan. Odamning immunitet tanqisligini keltirib chiqaradigan virus Lentivirus jinsining retroviruslar (Retroviridae) oilasiga kiradi. Lentivirus lotincha "tush" degan ma'noni anglatadi. Virus bir sababga ko'ra shunday deb ataladi: u inson tanasiga kirgandan keyin sekin harakat qiladi. Shunga ko'ra, kasallikning dastlabki belgilari uzoq vaqt davomida paydo bo'lmaydi. Odamga bu virusni yuqtirish va OITSga chalinish uchun taxminan 9-11 yil kerak bo'ladi.
OIV inson tanasiga kirganda, u birinchi navbatda immunitet tizimining hujayralarini (CD4+ T-limfotsitlar, makrofaglar va dendritik hujayralar) yuqtiradi. Natijada, hujayralar asta-sekin nobud bo'ladi. OIV faqat immunitet hujayralariga ta'sir qilganligi sababli, inson tanasi oddiy sharoitlarda oson davolanadigan oddiy infektsiyalarga qarshi tura olmaydi.
OIV asosan himoyalanmagan jinsiy aloqa, ifloslangan shprits, igna va boshqa tibbiy asboblar orqali ham yuqishi mumkin. Virus emizikli onadan bolaga ona suti orqali ham yuqishi mumkin.
OIV aniqlangan zahoti antiretrovirus preparatlar bilan davolash infektsiyaning og'irligini va OITS rivojlanish xavfini kamaytirishi mumkin.
Ammo OIVni butunlay davolaydigan dorilar hali ixtiro qilinmagan.
Bugungi kunda antiretrovirus terapiya deb ataladigan davolash virusni o'ldirmasdan tanaga yetkazadigan zararni sekinlashtirishi mumkin. Ammo uzoq muddatli davolanish vaqtida OIV unga moslashadi. Keyin davolashning yangi usulini belgilash kerak.
MAVZU: GLABAL PANDEMIYALAR VA ULARNI O’RGANISH
Jahon miqyosida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda, shu jumladan insonlarning harakatlanishiga cheklovlar kiritish va korxonalar faoliyatini to‘xtatish orqali misli ko‘rilmagan choralar ko‘rilmoqda.
Bu esa eng yirik iqtisodiyotga ega mamlakatlarda ishlab chiqarish va iste’mol hajmlarining keskin qisqarishi, global ishlab chiqarish zanjirlari va savdo aloqalarining izdan chiqishi, dunyo moliya bozorlarida xomashyo tovarlari narxining pasayishi va konyunkturaning yomonlashuvini keltirib chiqardi.
Global iqtisodiyot tizimining bir qismi bo‘lgan O‘zbekiston iqtisodiyotiga ham mazkur omillar ta’sir qilmoqda, bu esa o‘z navbatida ushbu holatning salbiy ta’sirlarini yumshatish bo‘yicha samarali oldini oluvchi choralar ko‘rishni talab qiladi. Bunda turizm, transport, farmatsevtika va to‘qimachilik sanoati kabi respublika iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning barqarorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish zarur.
Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va boshqa global xavf-xatarlar davrida makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining uzluksiz ishlashini ta’minlash, tashqi iqtisodiy faoliyatni rag‘batlantirish, aholini samarali ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, mamlakat aholisi daromadlari keskin pasayib ketishining oldini olish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda, 10 trln so‘m miqdoridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi) tashkil etilsin.
Quyidagilar Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
a) koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha quyidagi tadbirlarni moliyalashtirish, shu jumladan:
davolash va boshqa muassasalarni koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish uchun zarur bo‘ladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar, himoya vositalari va test tizimlari bilan ta’minlash;
xavf-xatar ostida bo‘lgan yoki virus yuqtirganlar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslarni karantinda saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash;
koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda ishtirok etayotgan tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, respublika sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan himoya choralarini amalga oshirish xarajatlari uchun qo‘shimcha mablag‘lar ajratish;
yuqumli kasalliklarni aniqlash, profilaktika qilish va davolash bo‘yicha tadbirlarga jalb etilgan davolash va boshqa muassasalarni qurish, ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va jihozlash;
b) quyidagilar orqali tadbirkorlikni va aholi bandligini qo‘llab-quvvatlash: