Mavzu :Aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish sohalari geografiyasi Nozokomplekslarning komponentlari va ular o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik sodda (inson-suv yoki oziq-ovqatda yodning yetishmasligi) yoki murakkab (atrofmuhitning ikki, uch va undan ortiq komponentlari va inson organizmi) ko’rinish (tur)larga ega. Murakkab nozokomplekslarga, ko’pincha, inson parazitar
kasalliklari bilan bog’liq bo’lgan (bezgak, leyshmanioz, kana entsefaliti va b.)larni kiritish mumkin. Muayyan hudud doirasidagi turlicha nozokomplekslar, bevosita inson kasalliklari bilan aloqador bo’lgan nozogeografik vaziyatning u yoki bu holatini belgilashda muhim rol o’ynaydi.
Nozogeografik vaziyatning bosh mezonlari va ko’rsatkichlariga aholining o’rtacha umr ko’rishi, umumiy va bolalar o’limi darajasi, aholining kasallanishi, turli mamlakat va rayonlardagi ekologik, sanitariya-gigiyena va epidemiologik holatlar kiradi (A.Soliyev, N.Komilova, 1999.-12b.).
Zamonaviy nozogeografik tadqiqotlarni kasaliklarning nozoareallarini
(tarqalish hududlarini) o’rganmasdan tasavvur qilib bo’lmaydi. Demak, nozoareal – bu aholi orasida muayyan bir kasallik turi hisobga olinayotgan yoki paydo bo’lishi mumkin bo’lgan hududni o’z ichiga oladi. Ularning vujudga kelishi, maydoni, chegaralari tabiiy-geografik, ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta’sirida turlicha shakllanadi.
Alohida olingan inson kasalliklari nozoareallarining tadrijiy o’zgarishlarini tadqiq etish natijasida ularning vujudga kelishi sabablari o’rganilib, tarqalishi mumkin bo’lgan hududlar aniqlanadi. Bu esa, kasalliklarning avvaldan qachon va qayerda paydo bo’lishini bilishda va ularga qarshi tibbiy chora-tadbirlarni amalga oshirishda katta ahamiyatga ega.
Turlicha inson kasalliklarining nozoareallarini o’zaro hamda atrof-muhit omillari va shart-sharoitlari bilan taqqoslash, o’z navbatida, ularning vujudga kelishi, hozirgi holati va kelgusidagi o’zgarishlari qonuniyatlari haqida xulosalar chiqarish imkonini beradi.
Mavzu: Geografik patalogiya Patologiya (yun. pathos — kasallik va ..logiya) — nazariy va klinik tibbiyot sohasi; kasallikning paydo boʻlish sababi, rivojlanish qonuniyati, kechishi va oqibatini oʻrganadi. Patologik jarayonlarning umumiy qonuniyatlari va sabablari umumiy patologiyada, ayrim aʼzo va sistemalar kasalliklari xususiy patologiyada oʻrganiladi. P. patologik anatomiya va patologik fiziologiyaga boʻlinadi. Bundan tashqari, eksperimental, qiyosiy, klinik patologiya, oʻlka patologiyasi, paleo-patologiya, shuningdek, kimyoviy va fizikkimyoviy, professional, molekulyar va boshqa patologiyalar bor. Eksperimental patologiya odamlar (xayvonlar)da uchraydigan kasalliklarni tajriba hayvonlarida sunʼiy yoʻl bilan paydo qilib, uning avj olish mexanizmlarini, qiyosiy patologiya odam va hayvonlarda uchraydigan kasalliklarning kechishi va rivojlanishidagi xususiyatlarni qiyoslab oʻrganadi. Klinik patologiya aʼzo va sistemalarning funksional holatini aniqlash maqsadida bemorni tekshiradi, shuningdek, kliniklab, biokimyoviy va boshqa tekshiruvlar oʻtkazadi; oʻlka patologiyasi kasallikni turar joyning oʻziga xos xususiyatlariga bogʻliq holda oʻrganadi; ishlab chiqarishdagi zararli taʼsir etuvchi omillarni oʻrganadigan kasb patologiyasi ham bor.
19-asrning oʻrtalarida nemis olimi R. Virxov asos solgan sellyulyar patologiya (hujayra patologiyasi) nazariyasiga koʻra, kasallik hujayra va aʼzolarning tuzilishidagi oʻzgarishlar oqibatidir. Bu kasallik mohiyatini oʻrganishda oʻz ahamiyatini yoʻqotgani yoʻq.
Oʻzbekistonda patologiya sohadagi i.tlar dastlab 20-asrning 20-yillarida boshlandi. Bunda oʻlka patologiyasiga oid muhim vazifalar ishlab chiqildi. patologiyaga oid masalalar 2-ToshTIda 1998-yildan chop etiladigan "Patologiya" jur.da yoritib boriladi