Mavzu: Tibbiyot geografiyasining fanlar tizimida tutgan o’rni va tadqiqot metodlari Inson salomatligini belgilashda joylarning tuproq xususiyatlari ham yetakchi ahamiyatga ega. Chunki tuproq tarkibida kasallik tug’diruvchi bakteriyalar va mikrorganizmlar hayot kechiradi. Tuproq turli xil mikroorganizmlar uchun makon hisoblanadi. O’lat, tulyaremeya, gangrena singari ko’plab kasalliklarni tashuvchi infeksiyalar aynan tuproqda yashaydi. Mashhur tibbiy geograf Shaalya o’z tadqiqotlarida salmonelezlarning vujudga kelishi va tarqalishini ko’proq tuproq omili bilan bog’laydi. Tuproqning ifloslanishi, o’z navbatida, suvning, ham ifloslanishiga olib keladi. Tuproqdagi barcha mikroelementlar inson ogranizmiga suv orqali o’tadi. Shuning uchun yirik aholi pukntlarida ichimlik suvi doimo xlor bilan tozalanadi. Ayrim hollarda endemik buqoq kasalligining yuzaga kelishi suvning tarkibidagi mikroelementlar bilan bog’liq. A.P.Vinogradov tadqiqotlaridan ma’lumki, inson organizmi bir kecha kunduzda 120 gramm yod qabul qilishi kerak. Buning 70 grami o’simlik mahsulotlaridan, 40 gramini esa hayvon mahsulotlaridan olinishi lozim. Demak, inson yodni asosiy qismini o’simliklardan oladi. Yod moddasini esa o’simliklar suv orqali tuproqdan oladi. A.P.Vinogradov nazariyasiga ko’ra, tog’ va kulrang tuproqlarda yod tanqisligi mavjud.
Ulardan birortasining o’zgarishi darhol boshqasiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Inson kasalliklaridan birortasiga mansub bo’lgan nozokompleks bir tomondan, kasallikni vujudga keltiruvchi (chaqiruvchi) shartsharoitlarni va ikkinchi tomondan, aynan shu kasallikni qabul qilishga moyil organizmni o’z ichiga qamrab oladi. Jumladan, endemik buqoqqa xos bo’lgan nozokompleks, eng avvalo, ushbu kasallikka moyil bo’lgan inson organizmi hamda suv va oziq-ovqat mahsulotlarida yod moddasini yetishmasligini o’z ichiga oladi
Mavzu:Nozogeografiya tadqiqotlar Tibbiyot geografiyasining asoslarini yaratishga katta hissa qo’shgan yirik olim A.A.Shoshin nozogeografiya, ya’ni inson kasalliklari geografiyasini tibbiyot geografiyasining tarkibiy qismlaridan biri ekanligini ta’kidlagan.
Tibbiyot geografiyasi vujudga kelgan davridan boshlab, to hozirga qadar bajarilgan tibbiy-geografik tadqiqotlarning aksariyatini bevosita nozogeografiya bilan tushuntirish ham yetarli bo’lmaydi. Vaholanki, ―Nozogeografiyaning asosiy vazifasi inson kasalliklari geografik tarqalishining umumiy qonuniyatlarini ochib berish, alohida olingan kasalliklarning nozokomplekslari va nozoareallarini hamda ularning tadrijiy o’zgarishlarini aniqlash bilan belgilanadi. Demak, shunday qilib, tadqiqot obyektining o’ziga xosligiga bog’liq holda, nozogeografiya tibbiyot geografiyasining mustaqil bo’limi hisoblanadi‖ (Shoshin, 1962.-83 b.).
Umuman olganda, tibbiyot geografiyasi aholi va uning salomatlik holati bilan bog’liq bo’lgan barcha geografik jarayon va qonuniyatlarni o’rganar ekan, bunda u, eng avvalo, geografik muhitning aholi salomatligiga ta’sir ko’rsatuvchi kompleks tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy omillariga asosiy e’tiborni qaratadi. Ular orasida, ayniqsa, iqlim va atrof-muhitning aholi salomatligiga ta’siri, kasalliklarning tarqalishi, aholining joylashuvi, mehnat va turmush sharoitlari, urbanizatsiya jarayonlari, regionning xo’jalik ixtisoslashuvi xususiyatlari, sog’liqni saqlash sohasini rivojlanganlik darajasi juda muhimdir. Hozirgi davrda, ayniqsa, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatga mansub omillarning ahamiyati ortib bormoqda. Binobarin, tibbiy-geografik tadqiqotlarning muhim ilmiy-amaliy natijasi hisoblangan tibbiy-geografik atlaslar qishloq joylarda sog’liqni saqlashning holati va rivojlanishi masalalari bo’yicha A.P.Ayriyan tomonidan Armanistonda, F.G.Grigoryev tomonidan esa Chuvashiyada (1976-y.) chop etilgan.