Tibbiyot geografiyasi referat


Mavzu: Tibbiyot geografiyasining fanlar tizimida tutgan o’rni



Yüklə 56,71 Kb.
səhifə3/21
tarix02.04.2023
ölçüsü56,71 Kb.
#92581
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
TIBBIYOT GEOGRAFIYASI MUSTAQIL ISH (3)

Mavzu: Tibbiyot geografiyasining fanlar tizimida tutgan o’rni
Y.P.Pavlovskiy (1955, -89 b.) ham geografiya fanining muhim tarmog’i bo’lgan tibbiyot geografiyasi ―yer yuzida inson kasalliklarining tarqalishi sabablarini o’rganadi‖ deb masalaninig geografik jihatlariga katta e’tibor qaratadi.
Tibbiyot geografiyasining hozirgi rivojlanish bosqichida olimlar tomonidan uning nozogeografiya, salomatlik geografiyasi va sog’liqni saqlash geografiyasi kabi bo’limlari ajratiladi. Shuningdek, V.P.Byakov va Y.I.Veselovlar Sobiq sovet tibbiyot geografiyasining quyidagi asosiy yo’nalishlarini ham ajratadilar:
 tabiiy va sotsial-iqtisodiy omillarni tibbiy-geografik baholash;
 tibbiyot landshaftshunosligi;
 tibbiyot mamlakatshunosligi;
 nozogeografiya (inson kasalliklari geografiyasi);
 tibbiyot kartografiyasi.
Tibbiyot geografiyasining nazariy-metodologik va amaliy masalalarini o’rganishda sobiq Ittifoq olimlarining xizmatlarini ta’kidlash lozim. Jumladan, Y.N.Pavlovskiyning kasalliklarni tabiiy o’choqlari va landshaft epidemiologiyasi g’oyalari va ishlanmalari sobiq Ittifoq tibbiyot geografiyasining fundamental asoslaridan biridir. A.A.Shoshin va boshqa mualliflar tomonidan esa, tibbiy geografiyaning nazariy-metodologik asoslari ishlab chiqildi.
Zamonaviy tibbiy-geografik tadqiqotlarga, avvalo, mazkur fanga doir nazariymetodologik tadqiqotlarning tez rivojlanishi; tibbiy-geografik tadqiqotlar natijalarining amaliyotda qo’llanishini kuchaytirish; mintaqaviy tibbiy-geografik tadqiqotlarni avj olishi hamda tibbiyot kartografiyasini tez rivojlanayotganligi xosdir.
Hozirgi tibbiy-geografik tadqiqotlarda rayonlashtirish masalalari tobora ko’proq amalga oshirilmoqda. Binobarin, uning ilmiy asoslari, tamoyillari A.A.Keller tomonidan 1962-yildayoq ishlab chiqilgan edi.

Mavzu : Tibbiyot geografiyasining tadqiqotlarida rayonlashtirish masalalari
Chunonchi, tibbiygeografik rayonlashtirish bu kompleks tadqiqotlarning natijasi bo’lib, aholini salomatlik holati, tabiiy va sotsial-iqtisodiy shart-sharoitlarni inson salomatligiga ta’siri, inson kasalliklarini vujudga kelishi va tarqalishi jarayonlarini qamrab oladi. Tibbiy-geografik tadqiqotlar va ularga bo’lgan amaliy talab-ehtiyojlar hozirda tibbiyot geografiyasi oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi:

  • tabiiy sharoit (omillar) yoki ularning majmualarini aholi salomatligiga ta’sirini o’rganish;

  • kompleks tabiiy va ijtimoiy iqtisodiy omillarning inson kasalliklarini vujudga kelishi va tarqalishidagi rolini aniqlash;

  • landshaftlar va alohida olingan davlatlarda inson kasalliklarini vujudga kelishi va tarqalishi qonuniyatlarini aniqlash;

  • tibbiy-geografik ishlanmalarni amaliy tatbiqi masalalarini kuchaytirish.

Tabiatda turli xil landshaft ko’rinishlari quruqlik va suvliklar, sahro va o’rmonlar, tog’ va tekisliklar mavjud bo’lib, ularning barchasida insonlar o’ziga xos faoliyat ko’rsatadilar. Har bir landshaft doirasida tashqi muhit omillarining u yoki bu turi inson jismiga ko’proq ta’sir ko’rsatadi.
Abu Ali ibn Sino ham kasalliklarning kelib chiqishi sabablarini aniqlashda va davolashda tashqi muhitdagi sharoitning (iqlim, ob-havo, turarjoy, ovqatlanish) ta’siriga alohida e’tibor qaratgan edi.
O’rta Osiyo hududida yashab ijod qilgan mashhur tabiblar, jumladan, Abu Bakir ar-Roziy asarlarida kishilarda uchraydigan kasalliklarning aksariyat qismi uning yashash joyi bilan bog’liqligi qayd etilgan. U, hatto, kasalxonalar qurilishida joyning iqlimi, joylashgan o’rni kabi jihatlarga e’tibor berish zarurligini ta’kidlagan. Shuningdek, tibbiyot ilmining asoschisi Gippokrat o’z asarlarida turli makon va manzillarda yashovchi kishilar salomatligini baholashda mazkur joyning iqlimi, suv va tuproq tarkibi, o’simlik va hayvonot dunyosi kata ahamiyat kasb etishini alohida izohlab o’tgan.

Yüklə 56,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin