Tibbiyot geografiyasi referat


Mavzu: Tibbiyot geografiyasining g’arbda va sobiq Ittifoqda rivojlanishi



Yüklə 56,71 Kb.
səhifə2/21
tarix02.04.2023
ölçüsü56,71 Kb.
#92581
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
TIBBIYOT GEOGRAFIYASI MUSTAQIL ISH (3)

Mavzu: Tibbiyot geografiyasining g’arbda va sobiq Ittifoqda rivojlanishi
Tibbiyot geografiyasining mustaqil fan sifatida tanilishi (garchi ko’pchilik olimlar tomonidan XIX asrning o’rtalari, deb hisoblansa-da), tibbiy-geografik tadqiqotlarga oid masalalar qadimgi Sharq va G’arb olimlarining (Ibn Sino, Gippokrat) asarlarida yoritilgan. Ammo, hozirgi tushunishdagi tibbiyot
geografisiga oid bo’lgan dastlabki yirik tadqiqot ‖ – nemis olimi
Finke tomonidan 1792-yilda amalga oshirilgan. Bunda, u tibbiyot geografiyasini
―Joyning aholi salomatligi va kasalliklariga ta’sirini o’rganuvchi fan‖, deb hisobladi.
Tibbiyot geografiyasining rivojlanishiga xorijiy olimlardan Finke, Shnurrer, Buden, Rayt, Girsh, Fuks, Mey, Masako, Ratwel, Stemp, Bojyo-Garne, Layt va boshqalar o’z hissalarini qo’shdilar.
XX asr boshlariga qadar Rossiyada tibbiyot geografiyasining nazariy va amaliy masalalari P.Z.Kondoidi, N.I.Toropov, N.I.Pirogov, I.M.Sechenov,
S.P.Botkin, I.P.Pavlov, E.X.Ikavitts, N.I.Litunovskiy, A.F.Zmeyev, Tibbiyot geografiyasining
P.I.Preobrajenskiy, D.V.Mertsalov, K.P.Andreyev, P.A.Bursev, N.A.Korjavin,
K.S.Morkotun, S.P.Lovsov, G.I.Arxangelskiy, P.A.Peskov, I.A.Peskov, N.I.Avgustovkiy, P.I.Shmakov, A.A.Bunge, Ye.V.Bek, V.L.Yakimovlarning ishlarida yoritilgan. Binobarin, B.B.Proxorov tomonidan Baykal-Amur magistrali qurilishi zonasi miqyosida ilk bor doktorlik dissertatsiyasi darajasidagi tibbiygeografik tadqiqot amalga oshirilgan.
O’zbekistonda esa aholining salomatligi, kasalliklar hamda sog’liqni saqlash masalalari bevosita tibbiyot nuqtai nazaridan bajarilgan ishlar mavjud. O’tgan asrning 90-yillaridan boshlab, O’zbekiston va uning ayrim regionlari bo’yicha tibbiyot muassasalarini hududiy tashkil etish masalalari M.I.Nazarov (1996), nozogeografik vaziyat esa N.Komilovalar (1999) tomonidon ilk bor o’rganilgan.
Mavzu: Tibbiyot geografiyasining zamonaviy tuzilishi

Ta’kidlash joizki, O’zbekiston FA Geografiya bo’limi tomonidan 90-yillarda respublikaning tibbiy-geografik atlasiga oid ishlar olib borilgan edi.


Shuningdek, mamlakatimizda tibbiyot geografiyasi bo’yicha 2 ta doktorlik dissertatsiyasi himoya qilinganligini alohida ta’kidlash joiz. Bular, N.Komilovaning ―O’zbekiston tibbiy geografik sharoitining hududiy tahlili va aholi salomatligi muammolari‖ (2012-y.) va I.Turdimambetovning ―Qoraqalpog’iston Respublikasi nozogeografik vaziyatini yaxshilashning ijtimoiyiqtisodiy xususiyatlari‖ (2016-y.) mavzuidagi doktorlik dissertatsiyalari. Ushbu tadqiqotlarning yaqin o’tmishda amalga oshirilganligi respublikada tibbiyot geografiyasining jadal rivojlanib borayotganini bildiradi.
Tibbiyot geografiyasining predmeti turli davrlarda olimlar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Bunda, ko’pchilik tadqiqotchilar tabiiy geografik, ijtimoiy-iqtisodly omillarga katta ahamiyat bergan holda, tibbiyot geografiyasini geografiya fanlari qatoriga qo’shsa (E.I.Ignatyev, Y.P.Pavlovskiy, B.B.Proxorov, Y.L.Rayx), boshqalari tibbiy omillarning ustuvorligini ta’kidlab, tibbiyot geografiyasini tibbiyot fanining bir tarmog’i, deb biladilar (D.K.Zabolotniy, A.I.Sisgin va b.).
Tibbiyot geografiyasining mohiyati va vazifalarini ilk bor o’rgangan N.I.Toropov (1864): ―Har qanday kasallikni yer yuzasi bo’yicha tarqalishi masalalarini tibbiyot geografiyasi o’rganadi‖, deb ta’kidlagan. E.Ikavitts esa, (1885) ―Yer sharining turli mamlakatlari va xalqlari orasida hayot va o’lim, salomatlik va kasalliklarning turli-tuman hodisalari tibbiyot geografiyasining predmetidir‖ degan xulosani bildiradi. Shuningdek, ba’zi bir olimlar, jumladan, D.K.Zabolotniy: ―Tibbiyot geografiyasi tibbiyotning bir tarmog’i sifatida yer yuzida turli kasalliklarning tarqalishini o’rganuvchi fan‖, deb tibbiy omillarni ustun qo’ysa, Y.I.Ignatyev ―Tibbiyot geografiyasi geografik muhitning inson tanasiga ta’sirini o’rganuvchi geografiyaning bir tarmog’idir‖, deb ta’kidlaydi.

Yüklə 56,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin