Mavzu: Tibbiy geografik kartalarni loyihalash. Tibbiy geografiya geografik muhitning, ya’ni tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy omillarning aholi salomatligiga ta’sirini, kasalliklarning vujudga kelishi va geografik tarqalishini o‘rganadi.
Hozirgi paytda tibbiy-geografik tadqiqotlar ikkita yirik yo‘nalishda olib borilmoqda. Birinchi yo‘nalishda atrof-muhitning inson salomatligiga ta’siri baholanadi va bashorat qilinadi. Ikkinchi yo‘nalishda kasalliklarning mahalliy tabiiy o‘choqlari aniqlanadi.
Atrof-muhitning tozaligi ko‘p jihatdan inson salomatligini belgilab beradi. U tabiiy va sun’iy omillar ta’sirida ifloslanadi. Atrof-muhitni ifloslovchi tabiiy omillarga shamol (havodagi chang miqdorining ortib ketishiga olib keladi), vulkan otilishi (atmosferaning vulkan tutunlari va kullari bilan ifloslanishi), sellar, qurg‘oqchilik, suv toshqinlari, zilzilalar, chigirtka bosishi, surilmalar va h.k. kiradi.
Aholi zich joylashgan sanoat hududlarida sun’iy omillar ta’sirida atrof-muhit (zavodlar, fabrikalar, metallurgiya, kimyo zavodlari, konlar, issiqlik elektrostansiyalari, trnasport kabilar) ko‘proq ifloslanadi.
Atrof-muhitning og‘ir metallar bilan ifloslanishi inson salomatligiga kuchli salbiy ta’sir etadi. Masalan, qo‘rg‘oshin asab tizimi, jigar va buyraklarni zaharlaydi. Simob ko‘proq jigar va buyrakda to‘planadi, modda almashinuvini buzadi, kadmiy bolalar nutqining buzilishiga olib keladi, mishyak o‘pka va teri rakini keltirib chiqaradi. Qishloq xo‘jaligida qo‘llanadigan pestitsidlardan har yili jahonda 1 mln kishi zaharlanadi, ulardan taxminan 15—20 ming kishi hayotdan ko‘z yumadi. Avtomobillardan chiqadigan benzopiren moddasi, radioaktiv moddalar o‘pka rakini keltirib chiqaradi. Uglerod oksidining havodagi miqdori ortib ketishi organizmda kislorod yetishmovchiligiga sabab bo‘ladi hamda asab va yurak-qon tomir tizimlarini ishdan chiqaradi.
Mavzu: O’zbekiston tibbiyot geografiyasi rivojiga hissa qo’shgan olimlar Tibbiy geografik bilimlarning shakllanishida harbiy vrach P.Z.Kondoidi (1710-1760) ning xizmatlari katta. U ko’plab harbiy sayohatlarda bo’lib, askarlarni salomatlik holati turli joylarda har xil bo’lishini, hududlarning tabiiy shartsharoitlarini ularning hayotiy faoliyatlariga ta’sirini aniqladi, hududlarni topografik jihatdan baholadi. Bu davrda Rossiya va eron o’rtasidagi muhim savdo yo’lida joylashgan «Kizlyar» qal’asida kasallanish va o’lim nihoyatda ortib borayotgan edi. Kondoidi ushbu qal’ada vujudga kelgan kasalliklar sabablari instruksiyasini ishlab chiqdi va bu tibbiyot geografiyasi tarixidagi birinchi yozma dastur edi. Bundan ancha keyinroq «Kizlyar» qal’asiga kelgan vrach V.Ya.Gevitt ushbu instruksiyani batafsil o’rganib chiqdi. Askarlarning sotsial shart-sharoitlari, xizmat va yashash tarzi haqida zaruriy ma’lumotlarni qo’lga kiritdi va Kondoidini birinchi tibbiy-topograf sifatida e’tirof etdi (Byakov P., Veselov e., 1989, S. 18-19). Dastlabki tibbiy geografik ishlardan biri 1792-1795 yillarda yozilgan Finkening «Opыt obщey mediko-prakticheskoy geografii» nomli asaridir (Byakov P., Veselov e., 1989, S. 24-26). Xuddi shu yili (1792 yil) tibbiyot geografiyasi xususidagi yana bir asar Finsning «Obobщenie vseobщey meditsinskoy prakticheskoy geografii» nomli asari chop etildi. Har ikkala asarlarda ham tibbiyot geografiyasi inson jismiga joyning ta’sirini o’rganuvchi fan sifatida qaraladi (CHaklin A.V.,1977.). Demak, bu yerda ham o’ziga xos deterministik yondashuv bor. XIX asrda jahonda aholi kasalliklarini ifodalovchi bir qancha atlaslar yaratildi. 1856 yilda ingliz tilida nashr etilgan Sonstonning maxsus atlasida jahonda keng tarqalgan kasalliklarning dastlabki xaritalari chop etildi. SHuningdek, 1880 yilda Lombardo tamonidan nashr qilingan atlasda ham iqlim ta’sirida kasalliklarning taqsimlanish xaritalari namoyish etildi. 1856 yilda nemis epidemiologi va gigienisti Girsh o’zining geografik patologiya borasidagi maqolasini yozdi. U 1861, 1862 va 1884 yillarda uch jildni tashkil etgan «Geografik patologiya» nomli asarini yaratdi. SHu o’rinda aytish lozimki, tibbiyot geografiyasining fan sifatida shakllanishi, ushbu iboraning ishlatilishi ham aynan shu olim nomi bilan chambarchas bog’liq. 2.3. 19 asr oxiri 20 asrda tibbiy geografik tadqiqotlardan bosh maqsad jahon miqyosida keng tarqalgan o’lat, vabo singari epidemiyalarga qarshi chora-tadbirlar ishlab chiqishdan iborat bo’ldi. Bu davrda tibbiyot geografiyasi katta yutuqlarga erishdi. Masalan, rus harbiy vrachlari M.Mudrov, R.CHetirkin, I.Enegolm kabilar turli geografik zonalardagi harbiy xizmatchilar va ular organizmlariga ta’sir etuvchi omillarni o’rgandi