MAVZU : VILOYAT AHOLISI SALOMATLIGIGA BTASIR QILUVCHI TABIIY IQTISODIY IJTIMOIY GEOGRAFIK OLIMLAR Davlatimiz rahbarining shu yil yanvar oyida Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomasida aholi salomatligini yaxshilash bo'yicha ustuvor vazifalar belgilangan edi.
Bugungi yig'ilishda ta'kidlanganidek, yurtimiz sog'liqni saqlash tizimida kasalliklarning oldini olishdan ko'ra ularni davolashga ko'proq e'tibor qaratiladi.
Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti tahliliga ko'ra, inson salomatligiga ta'sir etuvchi omillar orasida tibbiy ta'minot 10 foizni, irsiy omillar 15 foizni, atrof-muhitning holati 20 foizni tashkil etadi. Eng muhimi, insonning turmush tarzi (jismoniy faollik, ovqatlanish, zararli odatlar) uning salomatligiga 55 foizgacha ta'sir ko'rsatar ekan.
Shu sababdan, Sog'liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi hamda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspektsiyasiga ilg'or xorijiy tajriba asosida aholi salomatligini yaxshilash, odamlarimizni sog'lom turmush tarziga o'rgatishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish bo'yicha topshiriqlar berildi.
Aholi salomatligi profilaktikasi avvalo qishloqlardan boshlanishi va bunga javob beradigan yaxlit tizim bo'lishi kerakligi qayd etildi. Masalan, suvning ifloslanishi buyrak, oshqozon-ichak xastaliklariga, atmosferadagi radiatsiya, oziq-ovqat mahsulotlarida kimyoviy vositalarning ko'pligi onkologik, noto'g'ri turmush tarzi qon-tomir, yurak, endokrin, asab kasalliklarga sabab bo'lmoqda.
Bu masalalarni chuqur tahlil qilib, aniq dasturlar asosida joylarda manzilli ish tashkil etish vazifasi qo'yildi.
Hozirda jahon bo'ylab koronavirus infektsiyasining (COVID-19) tarqalishi yurtimiz aholisini ham ma'lum ma'noda xavotirga solmoqda. Dunyoda jamoat salomatligi tizimini, go'yoki, sinovdan o'tkazayotgan ushbu xastalikning O'zbekistonga kirib kelmasligini ta'minlash avvalo mamlakatimizda sog'liqni saqlash tizimi, profilaktika ishlarini yanada yuqori darajaga ko'tarishni taqozo etadi, dedi davlatimiz rahbari.
Shu munosabat bilan, Sog'liqni saqlash vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga bu borada ko'rilayotgan karantin va profilaktika choralari bo'yicha qo'shimcha topshiriqlar berildi.
Bunda, eng avvalo, xalqaro tajriba asosida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga Aholi sog'lom turmush tarzini qo'llab-quvvatlash markazini biriktirib, Agentlik salohiyatini ushbu vazifalarni samarali tashkil etishga qaratish kerakligi ta'kidlandi.