Inson tug'ilganidan to umrining oxirigacha tashqi muxitning turli omillarigi duch keladi. Ana shunday omillardan biri mikrodunyo deb atalmish ko'pdan-ko'p turlari, ko'z ilg'amas mikroblar olamidir. Mikroblarning ayrim turlari inson tanasiga tushganida, bu xolatga befarq qarab turmaydi. Boshqa somatik kasalliklardan farqli o'laroq, mikroblar ta'siri natijasida kelib chikqan xastalik bemordak atrofdaga sog'lom odamlarga ham tarqalishi mumkin. Shu bois bu xastaliklar yuqumli kasalliklar deb ataladi. Yer kurrasida uchraydigan yuqumli kasalliklar g'oyat ko'p bo'lib, ularni turli mikroblar qo'zg'atadi.
Yuqumli kasalliklarnshg insoniyat orasida kelib chiqishi, tarqalishi va tugatilishining o'ziga xos qonuniyatlari mavjud. Kuzatuvlardan ma'lum bo'lishicha, yuqumli kasaliklar butunlay yo'l bo'lib ketishi yaqin yillar ichida kuzatilmaydi. Zeroki, ba'zi kasalliklar tugatilayotgan bo'lsa, o'rniga yangilari kelib chiqadi. Shu sababli yuqumli xastaliklar uzoq yillardan beri tibbiyotning dolzarb muammolaridan biri bo'lib qolmoqda.
O'zbekiston mustaqillikka erishganidan so'ng, Respublika Sog'liqni saqlash vazirligi 3 ta yo'nalishi ona va bola salomatligini muxofaza qilish, yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish va ekologiya masalalarini o'zining ustivor vazifalaridan deb belgiladi.
E'tiboringazga havola etilayotgan ushbu darslik yuqumli kasalliklarning respublikamiz sharoitida tutgan mavqyei, namoyon bo'lishi, tarqalish yo'llari, ularni davolash, epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish borasada o'rta maxsus ta'lim bosqichidagi talabalarga bilim beradi.
Dostları ilə paylaş: |