TRIXOTSEFALYOZ (QILBOSH)
Trihotsefalyoz — asosan oshqozon-ichak tizimi a'zolarining faoliyatini buzilishi bilan kechadigan, surunkali gelmintozdir.
Qilbosh odamlar orasida ekg keng tarqalgan gijjalar jumlasiga kiradi. Uning tarqalishi ham ko'pincha askaridozning tarqalishi xududlariga mos keladi. O'rta Osiyoda, jumladan O'zbekistonda, trixotsefalyoz o'choqlari asosan tog'li va tog'oldi tumanlarida topiladi. Kasallik Farg'ona, Namangan, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida keng tarqalgan.
Etiologiyasi. Kasallikni qo'zg'atuvchisi — qilbosh (Trichocephalus trichiurus). Erkagining uzunliga 3-4.5 sm, urg'ochining uzunligi — 3.5-5.5 sm bo'ladi. Odam ichagida qilbosh 4-5 yil yashaydi.
Qilbosh asosan ichakning ko'richak qismida, ko'p bo'lganida yo'g'on ichakning boshqa qismlarida, faqat ayrim hollarda ingachka ichakda ham istiqomat qiladi ichakka chuqur kirib oladi, tanasi esa ichak bo'shlig'ida osilib qolada. U odam qoni bilan oziqlanadi. Ichakda qilboshning soni bittadan tortib o'nlab, yuzlab va hatto minglab bo'lishi mumkin. Urg'ochi gijjalar ichakda qo'ygan tuxumi (bir sutkada 1000 dan 3500 gacha) tashqi muhitga najas orqali ajraladi. Tashqi muhitda (asosan tuproqda) tuxumdan lichinkalar (1-17 kun davomida) rivojlanadi. Og'iz orqali tushgan lichinkalar o'n ikki barmoqli ichakning so'rg'ichlari orasiga joylashib olib, 3-10 kun davomida shu yerda saqlanadi. So'ngra ichak bo'shlig'iga qayta tushib ko'richakka keladi va shu yerda rivojlanib balog'atga yetadi. Qilbosh yuqori kundan boshlab, to balog'atga yetguncha bo'lgan rivojlanish jarayon 30-40 kun davom etadi.
Epidemiologiyasi. Kasallik manbai, najasi bilan gijja tuxumini ajratuvchi odam. Trixotsefalyoz — najas-og'iz yo'li bilan yuquvchi geogelmintoz hisoblanadi. Kasallikning yuqish yo'llari xuddi askaridozga o'xshash. Tashqi muhit sharoiti qulay bo'lgan taqdirda qilbosh tuxumlari tuproqda bir yilgacha va undan ortiq yashashi mumkin.
O'rta Osiyo, jumladan O'zbekistonda, trixotsefalyoz bilan ko'proq bog'cha yoshidagi yoki boshlang'ich maktab yoshidagi bolalar kasallanadi.
Klinikasi. Kasallikning birlamchi klinik belgilari parazit yuqqanidan 1-1.5 kun o'tgach ko'rina boshlaydi. Bemorni ko'proq ko'ngil aynashi, ishtag'aning pasayishi, so'lak oqishi, qorinda ko'proq o'ng pastki qismda, og'riq bezovta qiladi. Agarda qilbosh ichakning chuvalchangsimon o'simtasi ichiga kirib qolsa, unda sanchishish og'riq, agarda unga infeksiya qo'shilsa appenditsit huruji kuzatiladi. Biroq iqlimiy sharoiti mo'tadil bo'lgan hududlarda trixotsefalyoz subklinik turda kechadi.
Invaziya darajasi yuqori bo'lgan taqdirda og'ir va asoratli kechadi. Bunda ko'pincha diareya surunkali tus oladi va ahlatda shilliq va qon aralashmasi, ichakda og'riq, tenezm (og'riqli kuchaniq) kuzatiladi hamda bemor kundan-kunga ozib ketadi. Kasallik bakterial infeksiya bilan birga kechganda, ayniqsa bolalarda, tug'ri ichagi tushishi (chiqib qolishi) ko'riladi. Invaziya uzoq davom etganida gipoxromli yoki normaxromli kamqonlik rivojlanadi va biroz eozinofiliya (10-20%), hamda S, V, V2 vitaminlap muvozanati buzilganini ko'rish mumkin.
Najasni ko'rilganda, unda yopishqoq quyuq shilliq va qon aralashmasi ko'rinadi. Mikroskop ostida qaraganda qilbosh tuxumlaridan tashqari, Sharko-Leyden kristallari, eozinofillap va boshqa ekssudativ va epitelial xujayralar bo'ladi.
Trixotsefalyoz tashxisi najasda qilbosh tuxumini aniqlashga asoslanadi. Bunda koprogelmintoskopiya usulidan foydalanish ko'proq ijobiy natija beradi.
Davolash. Gijja xaydovchi dorilardan naftamon, difezid, mebendazol, tiabendazol keng qo'llanadi.
Difezil va naftamonni - 5 yoshgacha bo'lgan bolalarga -2.5 g, 5 yoshdan yuqori bolalar va kattalarga — 5 g dan 5 kun davomida beriladi. Ko'rsatilgan miyedordagi dorini 30-50 g suvda (yoki iliq qandli sharbatda) yaxshilab aralashtirib bir marta ichiladi. Tiabendazol — 1kg og'irlikka 35 mg xisobida bir kunda bir marta 2 kun davomida beriladi.
Mebendazol (vermoks) — kattalarga va 9 yoshdan yuqori bolalarga 100 mg (1 tabletka) dan kunda 2 mahal, 3 kun davomida beriladi. Xomilador ayollarga vermoks berish mumkin emas. Takroriy kurs faqat 2-3 oydan so'ng o'tkazilishi mumkin.
Profilaktikasi. Profilaktik choralar huddi askaridozdagi singari o'tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: |