Tibbiyot institutlari qoshidagi


ICHAK SESTODOZLARI TENIARINXOZ



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə37/66
tarix02.01.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#47700
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   66
O'quv adabiyoti m. D. Ahmedova, X. A. Abduqodirov, sh sh. Shovah

ICHAK SESTODOZLARI TENIARINXOZ

Teniarinxoz — surunkali kechishga moyil, ko'proq oshqozoni ichak yo'lining yuqori qismini jaroxatlash bilan kechadigan gijja kasalligidir.

Teniarinxoz — og'iz orqali yuquvchi (peroral), antroponoz biogelmintozdir.

Etiologiyasi. Kasallikni qo'zg'atuvchisi — Tseniarhynchus saginatus (sepen bichiy) rivojlanib yetilgan davrida bu gijjaning uzunliga 7-10 metrgacha, eni 1.5-2.0 sm ga boradi. Gijjani tasmali (lentasimon) bosqichida — yirikkina boshi (skoleks), bo'yni va bo'lakchalardan iborat uzun - tasmasimon tanasi bor. Tumshug'ida 4 ta so'rg'ichi bor. Tanasi esa 1000 ga yaqin bo'lakchalardan (proglotid) iborat.

Parazitni tasmali bosqichi odamning (asosiy xo'jayini) ingichka ichagida parazitlik qiladi. Ichakda rivojlashb yetilgan gijjadan uzilib chiqqan bo'lakchalar najas orqali tashqariga chiqariladi. Barcha sestodlar singari T.Saginatus germafrodit bo'lib, har bir bo'lakcha ichida ham erkak, ham urg'ochi a'zolar yetiladi, bitta gijja bo'lakchasida — 145000-175000 tagacha tuxum bo'ladi. Tashqariga ajralgan bo'lakchalari xar xil yo'llar bilan (ifloslangan hashak yem, suv va boshqalar) shoxli koramollar organizmiga kiradi. Qoramol ichagida gajjaning lichinkalari parda ichidan chiqib, qonga ,o'tadi va muskullar orasidagi biriktiruvchi to'qimalarga o'rnashib, yumaloq pufakka o'xshash shaklga kiradi — ya'ni finnalar hosil buladi. Ana shunday tarkibida finnalari bo'lgan qoramol go'shtini pishirmasdan iste'mol kilinganda bu finnalar odam ichagiga tushadi ra rivojlanib balog'atga yetadi. Ba'zan odam ichagida bir vaqtda birnecha gijja parazitlik qilishi mumkin.



Epidemiologiyasi. Teniarhinhozni birdan-bir manbai ichagida shu gijja bo'lgan (yani invaziyalangan) odam hisoblanadi. Odam organizmida bu gijja 25 yil, va undan ortiq parazitlik kilada. Paragitning lichinkali bosqichi, asosan oraliq xo'jayini 12 oy davom etadi.

O'zbekistonda gijjaning bu turi ko'proq Xorazm, Buxoro, Samarqand viloyatlari, shuningdek, Qoraqalpog'istonda tarqalgan.

Klinikasi. Ko'pincha teniarinxoz juda kam belgilar bilan, faqat ichakdan gijja bo'lakchalarini yoki, ayniqsa, gijja to'dasini ajralib chiqishi bilan namoyon bo'ladi. Boshqa belgilar: biroz quvvatsizlik, bosh aylanishi, ochiqish, qorinda (ayniqsa, ko'richak sohasida) og'riq kabi halokatlardan iborat bo'ladi. Ayrim bemorlarda tez toliqish tinka qurishi, tajanglik, tez-tez ochiqish (keyinchalik esa aksincha ishtahasizlik), o'htin-o'htin qorin og'riq, qorin kepchishi, ko'ngal aynash, ba'zan ich ketishi kabi alomatlar kuzatiladi. Ayrim bemorlarda uyquning buzilishi, tez-tez bosh aylanishi, ayrim hollarda hatto tutqanoq tutishi va boshqa nevrologik alomatlar ko'rilishi kuzatiladi.

Asoratlari. Kamdan-kam holatlarda bu gijja ichak tutilib Qolishiga sabab bo'lishi mumkin.

Tashxisi. Teniarinxoz diagnostikasi asosan — gijja bo'lakchalarini vaqti-vaqti bilan ichakdan faol ravishda o'rmalab chiqib turishi yoki axlat bilan ajralib turishini kuzatishga asoslanadi.

Davolash. Teniarinxozni davolashda oxirgi yilarda asosan yuqori samarali va xam zaxarli bo'lgan fenosal (yomazan, niklozamid, sestotsid, vermutin va boshqalar) keng qo'llanmoqda. Fenasal - bir berishda (sutkalik dozasi ham shu); 5 yoshgacha bo'lgan bolalarga 0.54.0 g, 6-9 yoshdagadarga — 1-15 g, 10-12 yoshda — 1.5-2.0 g, 13 yosh va undan kattalarga — 2 g dan beriladi. Fenasalnn yotishdan oldin yoki nahorga berilgani ma'qul. Uni berishdan oldin chorak stakan suvda 1-2 g, sodani eritib ichiriladi.

Fenasal bilan davolash uchun maxsus tayyorgarlik qilish shart amas, Surga ham berilishda, xuqna ham qilinmaydi. Faqat yengil ham bo'luvchi taomlar parhyezi tavsiya etiladi.

Feyasal bilan davolash ko'pincha faqat 1 kun davomida (ambulatoriya yoki unda) o'tkaziladi. O'tkazilgan davo natija bermagan taqdirda preparatni yana 3 kundan keyin takroran berish mumkin. Xozirda fenasaldan tashqari boshqa, tarkibida fenasal bo'lshan dixlosal yoki trixlosal singari dorilar dam ishlatilmoqda. Bu preparatlar ovqatlanishdan 1-1,5 soat oldin shirin choy bilan ichiriladi.

Profilaktikasi. Bu kasallik oldini olishda ayniqsa aholining sanitariya madaniyatini ko'tarish (go'shtni faqat pishirilgan holda istemol qilish yaylovlarnn ifloslantirmaslik, chorva ho'jaliklarini ozoda saqlash), bemorlarni aniqlab davolash, go'shtlarni albatta veterinarlar ko'rigidan utkazish ahamiyatga egadir.


Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin