1-jadval
Bemorning yoshi
|
4 oygacha
|
4-11 oylik
|
12-23 oylik
|
2-4 yosh
|
5-14 yosh
|
15 va undan yuqori
|
Bemorning vazni
|
5 kg gacha
|
5-7.9 kg
|
8-10.9 kg
|
11-15.9 kg
|
16-29.9 kg
|
30 kg va undan ortiq
|
Ichiriladigan suyuqlik miqdori (ml)
|
200-400
|
400-600
|
600-800
|
800-1200
|
1200-2200
|
2200-4000
|
Boshqa hollarda bemorning kg hisobida taxminiy vazni 75 ga ko'paytirilsa, ml hisobida ichirilishi lozim bo'lgan suyuqlik miqdori topiladi.
3. Bemor organizmning suvsizlanishi yaqqol ifodalangan (ayniqsa III-IV darajali degidratatsiyada) regidratatsiya tomir orqali suyuqlik yuborish yo'li bilan boshlanadi. Buning uchun trisol, atsesol, kvartasol, xlosol, reomakrodeks kabi zavod sharoitida tayyorlangan eritmalar zahirasi oldindan tayyorlanib qo'yilishi kerak. Bu eritmalar ilitilgan holda tomir orqali tezlik bilan (1-2 soat ichida) jildiratib yuborilishi zarur. Bunda dastlabki soatlarda yuboriladigan suyuqlik miqdori 5-6 litrgacha boradi. Shuning uchun og'ir holdagi bemorni davolashda infeksionist bilan yonma-yon reanimatolog ham ishtirok etib o'mrov osti sohasida veneseksiya qilib ular orqali ham suyuqlik yuboriladi. Bemorning tomir urishi paydo bo'lishi, qon bosimi aniqlana bog'lashi, nafas olishi ravojlanishi ahvoli yaxshilana boshlaganidan darak beradi. Shu vaqtdan boshlab qo'shimcha ravishda og'iz orqali ham suyuqlik bera boshlanadi. Davolashning ikkinchi bosqichida tomir orqali yuboriladigan suyuqliklar miqdori kamaytirilib, bemor yo'qotayotgan suyuqlik hajmiga monand ravishda olib boriladi.
4. Antibiotiklar bilan davolash bemordan topilgan vabo vibrionlarining qaysi antibiotikka sezgir ekanligini e'tiborga olib belgilanadi. Ilgaridan respublikamizda ahyonda uchrab turadigan vibrionlar tetrasiklinga sezgirligini saqlab qolgan. Bunday holda tetratskilin 300000 TB dan kuniga 4 mahal 5 kun davomida beriladi. Keyingi yillarda tarqala boshlagan vabo vibrionlari tetrasiklin va levomitsetinga sezgar emas. Bunday shtammlar qo'zg'otgan kasalliklarni davolashda ularga ta'sir etadagan, xinolon guruhiga mansub antibiotiklar yaxshi naf baradi. Ular floksatsialar: sipofloksatsin-sifloks, ofloksatsin-tarivid, pefloksatsin-abaktal preparatlari, Bu antibiotiklar katta yoshdagilarga 2 ta tabletka (500 mg) dan kuniga 2 marta 5 kun davomida beriladi. Bu preparatlar bo'lmay qolganida ampitsillin 2 tabletka (0.5 g) dan kuniga 4 marta 5 kun davomida ichiriladi.
5- Bemor tuzala boshlagan davrda to'yimli, oson hazm bo'ladigan ovqatlar beriladi. Bu davrda qondagi kaliy miqdorini bir maromda ushlab turish maqsadida kaliy orotat yoki panangan tabletkalaridan 4-5 kun berib turish lozim.
Davolash to'g'ri tashkil etilsa, 2-3 kundayoq bemor axvoli yaxshilanadi. Unga shifoxonadan to'la sog'ayganidan so'ng ruxsat beriladi. Bu orada antibiotik ichishni tugatganidan keyin bir kun oralatib, ikki kun ketma-ket olingan ekmada vabo vibrionlari bo'lmasligi kerak.
Profilaktikasi. Vabo o'ta xavfli infeksiyalar guruxiga mansub bo'lgani uchun xalqaro axdnoma (konveksiya) ga asosan xar bir davlat o'z sarxadlarini vaboning chetdan kirib kelishidan asrash choralarini ko'radi. Xalqoro aeroport, temir yo'l, daryo va avtoyo'l yo'llaridaga chegara bekatlarida sanitarnya-nazorat punktlari (SNP) tashkil etilada. Unda tibbiyot xodimlari tunu-kun navbatchilik qiladilar. Vabo doimo qayd etiladigan mamlakatlardan kelayotgan yo'lovchilardan shu kasallikning alomatlari bor-yo'qligi surishtiriladi. Bemor yoki kasallikka shabxa qilinganlar topilsa, SNP qoshidagi alohidalash xonasiga yopdozib (lozim bo'lsa tibbiy yordam ko'rsatib) turiladi, keyin bemor maxsus sanitariya (epidpereyeozka) transporti bilan yuqumli kasalliklar shifoxonasidagi aloxida ajratilgan bo'limga yopqizilib, 5 kun tibbiy kuzatuvda bo'ladi. Bu davrda bemordan 3 marta vabo vibrioniga va yetak guruxi mikroblariga najas ekmasi olinadi. Shundan so'ng 5 kun tetrasiklin beriladi. Kasallik adomatlariga karab boshqa dori-darmonlar xam qullanadi.
Kasallik alomatlari bo'lmagan, lekin chet elda safar vaqtida vabo kasalligi yuqish extimoli yuqori bo'lgan (ayniqsa, tijoratchi-sayyox.) lar SNP da ro'yxatga olinadi va ular xaqida SENM ga telefon orqali xabar kilinadi. Bunday fuqaro turar joyidagi poliklinika xizmatchilari tomonidan 5 kungacha uyida tibbiy kuzatuv ostida bo'lada.
SNP larda o'rnatilgan shunday nazorat vositasida chetdan kirib kelgan vaboning mamlakat ichida tarqalishiga yo'l ko'yilmaydi.
Respublikada xar bir viloyat, tuman (shaxar) vaboning oldini olish va u qayd qilingan taqdirda o'tkaziladigan tadbirlar majmuasini oldindan belgilab qo'yadi. U epidemiyaga qarshi Favqulodda komissiya (EKFK) yig'ilishida muhokama qilib, xokimiyatlar tomonidan tasdiqlanadi. Bu tadbirlarda aholini ichimlik suv bilan ta'minlash, turar joylarning sanitariya holatini yaxshilash masalalariga katta e'tibor beriladi. Ularni amalga oshirish uchun maxalliy ma'muriyat mas'ul xisoblanadi. Shuningdek, tibbiy tadbirlar, aniqlangan bemor qayerga yotqizilishi, u bilan muloqotda bo'lganlar qaysi bo'limda tibbiy kuzatuvga olinishi oldindan belgilanadi. Bu bo'limdarda qaysi tibbiyot xodimlari ishlashi ham aniqlangan bo'ladi. Dori-darmon, laboratoriya anjomlari, ozuqa muxiitlari zaxirasi tayyorlab qo'yiladi.
Kasallik yoki vaboga shubxa qilinish bemor aniqlanganida, u darxol aloxidalanadi. SENM epidemiologa bemor bilan suxbatlashib, kasallik qaysi yo'sinda yuqqanligini aniqlashga xarakat qiladi. Chet ellarga borib kelgani xam surishtiriladi. Bemor bilan xonadonda va ish joyida bevosita muloqotda bo'lganlar ro'yxati tuziladi. Zarurat bo'lsa, ular ham alohidalanadi. Boshqa hollarda 5 kun uyida tibbiy nazorat o'rnatish mumkin. Bunda xar kuni bemorda kasallik alomatlari bor-yo'qligi aniqlab borilada. Bir marta najasi vaboga tekshiriladi. Ularga 5 kun tetrasiklin beriladi.
Biror joyda vabo aniqlansa, darhol EKFK yig'ilishi chaqiriladi. U vabo chiqqan joyni kasallik o'chog'i deb e'lon qiladi Ichi buzilgan bemorlarni erta aniqlab, tekshirish va davolash maqsadida xovlima-xovli yurib, bemor 6or yuqligi surishtiriladi. Aniqlangan bemor darhol shifoxonaga yuboriladi.
Yoz oylarida ichketar kasalliga bilan shifoxonaga yotqizilgan barcha bemorlar bir marta vaboga ham tekshiriladi.
Xozirgi vaqtda vabo kasalligi o'chog'ida karantin e'lon qilinmaydi.
Dostları ilə paylaş: |