Tibbiyot institutlari qoshidagi



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə4/66
tarix02.01.2022
ölçüsü1,49 Mb.
#42691
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
O'quv adabiyoti m. D. Ahmedova, X. A. Abduqodirov, sh sh. Shovah

I. UMUMIY QISM

Yuqumli kasallik xaqida tushuncha va uning kelib chiqish tarixi yuqumli kasalliklar insoniyatga qadim zamonlardan beri ma'lum. Ko'pgina yuqumli xastaliklar qadimda g'oyat keng tarqalgan, og'ir kechgan va minglab odamlarning yostig'ini quritgan. O'sha davrdayoq olimlar vabo, chinchechak, o'lat kabi ko'p uchraydigan kasalliklar yuqumli ekanini ta'kidlab, ularning tirik qo'zg'atuvchilari bo'lishi mumkinligani gumon qilganlar. Buqrot ularni "miazma" lar deb atagan. Xatto kasallikdan saqlanishning oddiy ehtiyot choralari ishlab chiqilgan.

Tabobat ilmining bobokaloni Abu Ali ibn Sino (980-1037) o'zining "Tib qonunlari" kitobida "Kasalliklardan ba'zilari yuqumli bo'ladi" deb ko'rsatadi. "Bular, deb yozadi u moxov, zo'gar, chechak, vabo isitmasi, yiringlagan yaralar kabi xastaliklardir".

Undan besh asr keyingina italiyalik shifokor D Frakostoro (1483-1553) "Kontagiyalar va kontagaoe kasalliklar" deb nomlangan kitobida yuqumli kasallik qo'zg'atuvchilarini tirik mavjudotlar "kontagiyalar" deb atagan.

O'sha davrdagi fan va texnika taraqqiyoti aloxida yuqumli kasallikning qo'zg'atuvchisini aniq topish imkonini bermagan. Shu boisdan yana bir necha asrgacha bu kasalliklar mavsum bo'lib qolavergan.

XVII asrda golland tabiatshunosi Antoniy van Levengukning mikroskopni kashf etishi mikroblar dunyosini o'rgamishda olamshumul axamiyatga ega bo'ldi. Ana shu kashfiyotdan keyin xam ayrim mikroblar ma'lum yuqumli kasallik qo'zg'atuvchini (patogen) ekani isbotlangucha 2 asr muddat o'tdi. Shu davrda xam qo'pgina yuqumli kasalliklar aloxida nomga ega bo'lmay, umumlashtirgan xolda "isitma kasalliklari" yoki bezgak deb atalardi.

XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab patogen mikroblarining u yoki bu yuqumli kasalliklarning kelib chiqishiga sababchi ekanligi isbotlana boshlandi. 1875 yilda amebiaz kasalligi qo'zg'atuvchilari, 1880 yilda esa bezgak va ich terlama, 1898 yilda leyshmanioz kasalligi qo'zg'atuvchilari aniqlandi. Keyinroq sil, qaytalami tif, quturish kasalligi qo'zg'atuvchilari xam ma'lum bo'ldi. Bu tadqiqotlarga fransuz olimi Lui Paster (1822-1895). nemiye olimi Robert Kox (1843-1910), rus olimlari I.I.Mechnikov (1845-1916), D.I.Ivanovskiy (1864-1920), N.F.Gamaleya (1859-1949), P.F.Borovskiy (1863-1932) va boshqalar salmoqli xissa qo'shdilar.

XX asrda ko'pgana rikketsioz va virusli kasalliklarning qo'zg'atuvchilari aniqlandi. Bu borada L.AZilber, M.P. Chumakov, A.K.Shubladze va V.D.Solovyev kabi olimlarning xizmatlari katta bo'ldi.

Yuqumli kasalliklar qo'zg'atuvchilarining aniqlanishi, xar bir kasallikning kelib chiqishi, tarqalish xususiyatlari, patogenezi, klinikasi va profilaktikasini osonlashgirdi. Shuningdek, bu kasalliklarda immunitet jarayonini o'rganish uchun xam imkoniyat yaratimi. Bu soxada erishilgan yutuqlar natijasida birinchidan, etiologik diagaostikadan tashqari, bemorning qon zardobida paydo bo'ladigan maxsus antitelolarni aniqlashga asoslangan serodiagnostika usullari ishlab chiqildi. Ikkinchidai, immunitet qонуниятлари asoslanib, davolash va profilaktika maqsadida ishlatiladigan zardob va vaksinalar kashf etildi. Jumladan, difteriya va botulizm kasalliklarini davolashda xanuzgacha ularga qarshi антитоксик zardob ko'llanib kelmoqda. Bolalarni ko'pgina yuqumli kasalliklardan saqlash maqsadida maxsus taqvim (kalendar) asosida ularni sil, poliomiyelit (shol), difteriya, ko'k yo'tal, qoqshol, qizamiq, tepki kasalliklariga qarshi emlanadi. V gepatitiga qarshi vaksina xam qo'llanmoqda.

Yuqumli kasalliklarni davolash soxasida erishilgan yutuqlar antibiotiklar qo'llanishi bilan bevosita bog'liq, 1941 nima dastlabki antibiotik - penitsillin kashf etilgan bo'lsa, hozirgi kunda davolash jarayonida o'nlab antibiotiklardan foydalanilmoqda. Ularni ishlatish natijasida yuqumli kasalliklar soni ham, ulim hodisalari xam muttasil kamayib bormoqda. Ikkinchidan, ayatibiotiklar qo'llanganida organizm mikroblardan tez forig' bulib, bakteriya tashuvchilik holati rivojlanishi keskin kamayadi. Bemordan atrofidagi sog'lom odamlarga kasallik yuqish extimoli sezilarli darajada pasayadi.

O'zbekisistonlik olimlar xam yuqumli kasalliklarni ilmiy o'rganish borasida katta tajribaga ega. Asrimiz boshlarida Turkistonda yuqumli kasalliklarni o'rganish shu o'lkada yashagan rus olimlari P.F.Borovskiy (teri leyshmaniozi qo'zg'atuvchisini topgan), A.D.Grekov, N.I.Xodukin, L.M.Isayev va boshqalar tomonidan amalga oshirilgan bo'lsa, 1940 yillarga kelib, maxalliy xalq orasidan yetishib chiqqan olimlar amaliy tibbiyot soxasida katta ilmiy izlanishlar olib bordilar. Dastlabki vaqtlarda M-S.Sofiyev, S.N.Bobojonov, AB.Inogomovlarning ilmiy ishlari asosan o'sha davrda keng tarqalgan parazitar kasalliklarga bag'ishlangan edi.

Yuqumli касалликлар bo'yicha bevosiga ish иш olib borgan va ko'plab ilmiy xodimlar tayyorlagan olimlardan I.K.Musaboyev, T.X.Najmitdinov, V.M.Majidovlarni qo'rsatib o'tish lozim. O'zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi, Rossiya Tibbiyot fanlari akademiyasining muhbir a'zosi, professor I.K.Musaboyev boshchiligida tif.paratif kasalliklari, ichburug', vabo, virusli gepatitlar, difteriyaning patogeiyezini o'rganish va davolash usullarini takomillashtirishda katta ilmiy ishlar baja bajarilmoqda. Taniqli bu olim rahbarligida 120 dan ortiq fan doktorlari va fan nomzodlari tayyorlangan.

Bolalarda ko'p uchraydigan yuqumli kasalliklarni o'rganishida professorlardan X.A.Yunusova, O.S.Maxmudov, T.O.Daminov, SH.N.Nazarovlar boshliq ilmiy jamoalar keng ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

Brutsellez xastaligini o'rganishda professorlar SH.X.Xo'jayev, V.M.Majidov, K.J.Jalilovlarning xizmati katta.

O'zbekiston Fanlar akademiyasining xamda Rossiya Tibbiyot fanlari akademiyasining muxbir a'zosi A.O.Obidovning mikrobiologiya va immunologiya soxasidagi, professor-virusolog S.S.Maxsumovning virusologiyaga oid ilmiy ishlari katga axamiyatga ega bo'ldi.


Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin