Tibbiyot institutlari qoshidagi


GIJJALARNING ODAM ORGANIZMIGA TA'SIR QILISH MEXANIZMI



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə32/66
tarix02.01.2022
ölçüsü1,49 Mb.
#42691
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   66
O'quv adabiyoti m. D. Ahmedova, X. A. Abduqodirov, sh sh. Shovah

GIJJALARNING ODAM ORGANIZMIGA

TA'SIR QILISH MEXANIZMI

Odam organizmida gijjalar turli a'zolarda — asosan ingichka va yo'g'on ichak bo'shlig'ida, vena, limfatak tomirlarda, jigarda, o't pufagida, oshqozon osti bezida, teri osti yoz qabatida, seroz bo'shliqlar va boshqalarda istiqomat qiladi va ko'payadi. Ayrim gijjalar bir necha a'zo va to'qimalarda parazitlik qiladilar.

Odatda tasmali gijjalar bitta yoki bir necha (o'nlab) parazit xolida yashaydi. So'rg'ichli yoki yumaloq gijjalar esa juda ko'p (bir necha minggacha) miqdorda parazitlik qilishi mumkin.

Shuningdek, bir odamda bir vaqtning o'zida bir necha hil (2-8 gacha) gijja turi parazitlik qilishi mumkin.

Har qaysi gijja turi o'ziga xos klinik simptomlar bersada, ularning asosida parazitlarning odam organizmiga ko'rsatadigan hilma-xil (allergik, intoksikatsion, metanik, parazitlik, immunologik va boshqa) ta'sirlari yotadi.

Allergik belgilar ko'proq askaridoz, ankilostomidoz va exinokokkoz singari kasalliklarda kuzatiladi. Bu gajjalarning mahsulotlarn organizmga allergik sifatidagina ta'sir etmasdan, balki intoksikatsion (zaharli) ta'sir ham ko'rsatadi.

Gijjalarning organizmga ko'rsatadigan mexanik ta'siri oqibatida jarohatlangan a'zoning faoliyati buzilishi, shu joydan qon ketishi hamda ikkilamchi infeksiyalarga yo'l ochilishi mumkin. Bundan tashqari gajjalar nerv retseptorlarini tarqalishi oqibatida boshqa a'zo va tizimlarning ham faoliyati buziladi, ko'plab sekretor va fermentativ o'zgarishlar ham yuzaga keladi. Ayrim kasallik gijjalar tez ko'payib, a'zoda ko'p miqdorda parazitlik qilish, tasmasimon gajjalar esa ichakda tez o'sishi (bir kunda 7-10 sm gacha) hisobiga odam organizmida oziq-ovqat yetishmasligi, kamqonlik va avitaminoz rivojlanishiga, bolalarning nimjon va kasalmand bo'lib o'sishiga olib keladi.

Gijjalar o'zlarining immunosupressorlik tasiri bilan boshqa yuqumli kasalliklarning og'ir kechishiga, ichak infeksiyalarida bakteriya tashuvchilik ortishiga, hamda xavfli o'sma kasalliklari ko'payishiga sababchi bo'ladilar.

Gijja kasalliklarini klinik kechishida: o'tkir, latent va surunkali bosqichlarni kuzatish mumkin.

Parazitlarning asosan qaysi azoda istiqomat qilishiga qarab: 1. ichak gelmintozlari. 2. Ichakdan tashqaridagi gelmintozlar farqlanishi mumkin.




Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin