Asosiy kardiologik sindromlarga quyidagilar kiradi:
Yurak ritmini va o’tkazuvchanligini buzilishi.
Qon aylanish o’tkir va surunkali etishmovchiligi (yurak etishmovchiligi, qon tomirlar etishmovchiligi).
Bundan tashqari yana o’tkir va surunkali toj tomirlar etishmovchiligi, Morgani – Adams-stoks, gipotenziya; kardialgiya va b sindromlar ajratiladi. Bulardan biz faqat yurak o’tkazuvchanligi va ritmini buzilishi sindromi, hamda qon aylanish etishmovchiligi sindromini ko’rib chiqamiz.
Yurak ritmini buzilishi.
Aritmiya – bu yurak ritmini buzilishi (to’g’rirog’i yurak qisqarish tezligi, hamda qorincha va bo’lmachalar qisqarishining va qo’zg’alishining ketma-ketligini buzilishi). Yurakning o’tkazuvchanligi va ritmi uning o’tkazuvchi sistemasining har qanday nuqtasida buzilishi mumkin. O’tkazuvchanlikni buzilishi impuls o’tadigan yo’lda to’liq yoki qisman to’liq bo’lganda vujudga keladi.
g) EKGda chap qorincha gipertrofiyasi
20- rasm Yurak patologiyasida EKG o’zgarishlari
Ritmni buzilishi – bu o’tkazuvchi sistemasining qandaydir joyda ektopik o’chog’ hosil bo’lib, u ritmni boshqarishni o’ziga oladi. Ritm buzilishini eng ko’p uchraydigani – ekstrasistoliya. Bundan tashqari ritm buzilishiga taxikardiya va bradikardiyalar kiradi.
Taxikardiya – bu yurak qisqarishini 90 va undan ortiq bo’lishi (1 daqiqada). Sinus taxikardiyasi ko’proq uchraydi. (sog’lom odamda ham jismoniy va emosional yuklamalarda).
Bradikardiyada – bu yurak qisqarishini 1 daqiqada 60 va undan pasayishi.
Ekstrasistoliya – yurakni yoki uning ayrim qismlarini navbatdan tashqari qisqarishi. U sog’lom odamlarda ham uchraydi. Xolterning sutkalik monitorining natijasiga qaraganda 90% sog’lom odamlarda ekstrasistoliya uchraydi. Sog’lom odamlarda ekstrasistoliyani alkogol, kofe, achchiq choy, chekish keltirib chiqarishi mumkin. Ba’zan ekstrasistoliya subye’ktiv sezilmasligi mimkin. Ba’zida esa huddi ‘’to’xtab’’ qolgandek yoki qattiq “zarb” bilan urgandek tuyuladi. Bemorning pulsini tekshirganda ritmik urish fonida “pulsni tushib qolishi” holati aniqlanadi. Ritm buzilishini kardial va ekstrakardial turlari ajratiladi. Ekstrakardial sabablarga tireotoksikoz, vegitativ-tomirli distoniya, surunkali holisistit va b. kiradi. Ekstrasistoliyalar bo’lmachalarda, AV tugunda, qorinchalarda vujudga kelishi mumkin. Impulsni hosil bo’lish joyiga qarab supraventrikulyar (qorincha tepasi), tugunli (AV tugundan), ventrikulyar (qorinchali) ekstrasitolalar farqlanadi. Sinus tugunidan hosil bo’lgan ekstrasitola me’yoridagi kompleksga o’hshash bo’lib, ekstrasistoladan so’ng kompensator pausa vujudga keladi. AV tugundan hosil bo’lgan ekstrasitola ham normadan farq qilmay, faqat undan “P” tishi tushib qoladi. Qorincha ekstrasistolasida QRS kompleksi ancha deformasiyaga uchraydi va Gis dastasi oyoqlaridan birini blokadasiga o’hshash ko’rinishga ega bo’ladi.
Agar ekstrasistola Gis tutamining oyog’ida vujudga kelsa, u holda o’ng qorincha retrograd qo’zg’aladi, va EKG da Gis tutamining o’ng oyog’i blokadasi ko’rinadi. Agar ektopik o’chog’ Gis tutamining o’ng oyog’ida hosil bo’lsa uning teskarisi bo’ladi. Siyrak bittalik va qo’shaloq ekstrasistolalar farqlanadi. Agar 3 ta va undan ortiq ekstrasistolalar bo’lsa, u holda paroksizmal taxikardiya to’g’risida o’ylash kerak. Agar bu holat 30 sekdan kam bo’lsa doimiy bo’lmagan deyiladi. Agar 30 sek dan uzoq bo’lsa u doimiy paraksizmal taxikardiya deyiladi. Monotop va politop ekstrasistolalar farqlanadi. Monotop ekstrasistolalar bitta ektopik o’chog’dan paydo bo’ladi, va EKG da bir hil ko’rinishda bo’ladi. Politop ekstrasistolalar 2 va undan ortiq o’chog’lardan paydo bo’ladi va ular prognostik ancha yomon.
Normal qisqarishga nisbatan paydo bo’lish vaqtiga qarab vaqtli va kechroq ekstrasistolalar ajratiladi.
Sinus tugunini susayish sindromi (uni to’htab qolishgacha) – bu blokada o’tkazuvchi sistemaning eng yuqori cho’qqisi (yoki impuls sinusi tugunidan chiqishga yo’l topilmaydi, yoki u bo’lmachadan o’tkazmaydi) Bu vaqtda “P” tish bo’lmaydi.
Sinus tugunining sustligi taxi (120-130 daqiqada) va bradiritmiya (30- 40 daqiqa) bilan almashinib turadi. Bu sindromni bemorlar yomon o’tkazadilar, bu ularning hayoti uchun havfli bo’lmasa ham.
AV – blokada (bo’lmachadan qorinchaga o’tayotgan impulsning tutilishi).
Blokadaning 3 ta darajasi ajratiladi.
AV - blokadaning birinchi darajasi PQ intervali >0,02 sek cho’zilishi bilan harakterlanadi. Klinik bu blokada ko’rinmaydi. Bu blokada ancha og’ir shakliga o’tishi mumkin.
AV – blokadaning 2 darajasi 2 tipga bo’linadi.
AV - blokadaning 1 tipi (Samoylov – Venkebax davri) Bunda PQ intervali qisqarishdan – qisqarishga 7 yuzlab boradi va ma’lum vaqtdan so’ng navbatdagi qisqarish tushib qoladi. Bu davr etarli darajada uzoq bo’lishi mumkin. Bu tipdagi blokada bemorlar tomonidan subektiv seziladi.
AV - blokadaning 2 tipi qorincha kompleksini regulyar tushib qolishi va doimiy interval bilan harakterlanadi (ikkinchi uchinchi va h. k.). Bu blokada tipi ancha hafli, bunda hushini yo’qotish huruji va kollaps bo’lishi mum kin.
AV - blokadaning 3 darajasi (yoki AV to’liq blokadasi).
Bu pragnostik yomon, u yurak orqa devori miokard infarktining asoratlaydi.(rasm 45)
Gis tutami oyoqchalari blokadasi (o’ng, chap, ikkala). O’ng oyoqcha blokadasi yoshlarda normada ham uchraydi, ko’pincha u o’tib ketadigan bo’ladi. Chap oyoq blokadasi doimo patalogik bo’lib hisoblanadi. Oyoqchalar blokadasi to’liq va qisman bo’lishi mumkin, u to’liq bo’lganda QRS>0,02 sek.
Bo’lmacha taxiaritmiyasi.
U bo’lmachada shakllanadi va qorinchaga regulyar yoki noregulyar ritm bilan o’tkaziladi.
Sinus taxikardiyasi normada bo’lishi mumkin.
Bo’lmachaning paroksizmal taxikardiyasi, tezligi 1 daqiqada 170 gacha bo’aladi, sub’ektiv bemor qo’rquv sezadi.
Huruj 2 ta variantda kechishi mumkin: to’satdan (zarbaga o’hshash) yoki “qizib boruvchi” (qisqarish tezligi asta-sekin ortib boradi).
Huruj to’htashi ham ikki hil variantda: qo’qqisdan va asta-sekin. Ko’pfokusli bo’lmachaning paroksizmal taxikardiyasida, qo’zg’alish o’choqlari ko’p bo’lib, yurakni notekis va R-R intervali doimo o’zgarib turadi. Bo’lmacha hilpilashi juda ko’p uchraydi. Bu bo’lmacha miokardidagi ayrim guruh muskullarning betartib qisqarib hilpillashdan iborat. Bu paraksizmal yoki doimiy bo’lishi mumkin.
Qorinchaning paroksizmal taxikardiyasi ritmik va aritmik bo’lishi mumkin. Tezligi 1 daqiqada 140-180 gacha. Bu qorincha titrashiga (fibrillasiya) o’tishi mumkin.
Qorincha titrashi (fibirallasiyasi) qon aylanishining to’htashi va klinik o’lim bilan harakterlanadi.
Betartib to’lqinlar ko’rinadi. Bu holat shoshilinch reanimatsiya chora-tadbirlarini ko’rishni taqozo etadi.