Tibbiyot institutlari talabalari uchun


Biriktiruvchi to'qimaning diffuz kasalliklari



Yüklə 7,49 Mb.
səhifə38/43
tarix12.08.2023
ölçüsü7,49 Mb.
#139224
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Tibbiyot institutlari talabalari uchun

Biriktiruvchi to'qimaning diffuz kasalliklari.
Bo’g’im kasalliklari keng tarqalgan va xilma-xil xususiyatga ega. Biriktiruvchi to'qimaning shikastlanishi asosida immun va autoimmun o'zgarishlar yotadi. Biriktiruvchi to'qimaning quyidagi diffuz kasalliklari ajratiladi;
sistemali qizil bo'richa, sistemali sklerodermiya tugunli periartriit, dermatomiozit va revmatoidli artrit. revmatizm ham bularga yaqin turadi.
Bemorlar turli xil shikoyat qiladilar, bo'g'imlardagi og'riqqa, umurtqa yoki muskullarda og'riqqa, ertalab o'rindan tura olmaslikka rauskullar bo'shashishi, isitmaga va hk.
Mayda bo'g'imlar simmetrik shikastlanadi, harakat qilganda og'riq bo'ladi. Sovuqda, namgarchilikda, kechasi og'riq kuchayadi. Keyinchalik bo'g'imlar deformatsiyaga uchraydi, bu ankilozgacha borishi mumkin. Bexterov kasalligida og'riq umurtqada bo’ladi, katta bo'g'imlar ham shikastlanishi mumkin. Revmatizmdagi poliartritga hos belgilaridan biri katta bo'g'imlardagi og'riqning bir bo'g'imdan ikkinshi bo'g'imga ko'chib yurishi hisoblanadi, so'ngra bo'g'imda asorat qolmaydi. bo'g'imlarda og'riq bo'lganda va harakat buzilganda sinchkovlik bilan og'riq hususiyatini (jadalligi, joylashishi, davomliligi) aniqlash lozim. Muskullardagi og'riqlar ham har xil bo'ladi, ayrim vaqtlarda bemorlar qo'l panjalarining sovqotib oqarib ketishidan shikoyat qilishadi. Hurujdan so'ng sezuvchanlik oshib ketadi. Bu huruj Reyno sindiromiga hos bo'lib sklerodermiya kasalligining birinchi belgisi hisoblanadi.
Kasallik anamnezi.
Kasallik qanday boshlanganligini, kechishini aniqlash kerak. Ko'pchilik bo'g'im, suyak-muskul kasalliklari asta sekinlik bilan bilinmasdan rivojlanadi. O'tkir og'riq huruji revmatizmda, infeksion artritlarda kuzatiladi. Muskul miozitlarda o'tkir shikastlanadi. Kasallik kelib chiqishida hali to'liq aniqlanmagan irsiy omil taxmin qilinmoqda.
Ko'zdan kechirish
Ayrim vaqtlarda bir qarashdayoq faqat bemorni holatini emas, balki kasallik tashxisini aniqlash mumkin. Masalan qizil bo'richada yonoq va burun ustilariga qizil kapalaksimon eriternatoz toshmalar toshgan bo'lishi mumkin, yoki revmatoidli artiritda bo'g'imlar qiyshayib ankiloz bo'lib, muskullar atrofiyaga uchragan bo'lishi mumkin.
Paypaslash.
Terini quruqligi, taxtasimon shish, teri atrofiyasi (sistemali sklerodermiyada), muskul qattiqlashishi (dermatomiozitda) kuzatiladi.Reyno sindromida barmoqlaming distal falangi sog' barmoqqa nisbatan sovuqroq bo'ladi.Bo'g'imlarni paypaslaganda ularni shishganligini, og'riqliligi, jarayonning atrofidagi to'qimalarga o'tgan-o'tmaganligi aniqlanadi.

33-Rasm- Deformasiyalovchi artrozda Geberden tugunlari.
Limfa tugunlarining kattalashishi qizil bo'richa, sklerodermiya, dermatomiozitda kuzatiladi. Revmatoid artritda teri ostida revmatoid tugunlar qo'lga unnaydi, ular suyaklar bo'ylab joylashgan, harakatchan va kattaligi 0.5sm dan 2sm gacha bo'lishi mumkin.
Labarator va instrumental tekshirish usullari
biriktiruvchi to'qimaning sistemali kasalliklari qon zardobidagi oqsillarni tarkibini va sifatini o'zgarishiga olib keladi. Labaratoriya bo'yicha uglevod va oqsil komponentlaridan hosil bo'lgan glikoproteidlar, yani ayrim ferment, gormon va immunoglobulinlar tekshiriladi. Ular kimyoviy va elektroforez usulda aniqlanadi. Sog'lom odamlarda glikoproteidlarning oqsil fraksiyalari quyidagicha: albumin -10.4-16.6%, α1 globulin -14.2-18.3%,α2-globulin-24.8-31.8%,β-globulin 21.7-25%;
γ-globulin 16-19.8%. Globulin fraksiyalarining qon zardobida oshishi patologik jarayon faollashganligidan dalolat beradi. Sistemali qizil bo'richada (LE-fenomeni), yani LE-hujayrasi 40%dan 90%gacha topiladi. Undan tashqari qonda a1 va y-globulinlar ortadi. SOE-60-70 mm/s gacha ortishi kuzatiladi. Keyingi vaqtda hujayra yadrosiga nisbatan, yani (DNK ga nisbatan) antitelalarni aniqlash katta tashxisiy ahamyatga ega ekanligi aniqlandi.Bu tekshirish immunoflurensensiya
usuli bilan o'tkaziladi. Qonni seromukoid tarkibiga kiradigan gaptaglobinni tekshirish katta ahamiyatga ega, normada O.Olg/l Kollagen kasalliklarida uning miqdori keskin ortadi.Qonda lateks -test va Valer - Roze sinamalari bilan revmatoid omilning aniqlanishi revmatoid artiritga xos hisoblanadi. Biriktiruvchi to'qimaning sistemali kasalliklarida qonda immunalogik ko'rsatkichlarning siljishi antistreptogialuronidaza, antistreptokinaza, antistreptolizin antilteolarning juda katta titrda ortishi,ayniqsa infeksiya bo'lmaganda juda katta ahamiyatga ega. Bu kasalliklarda biopsiya usuli ham katta rol o'ynaydi.
Rentgenologik tekshirish.
Bu tekshirish usuli suyak-bo'g'im patologiyasini aniqlashda katta ahamiyatga ega. Rentgenologik tekshirishlari 2 xil tasvirda bajariladi. Bunda biz suyaklaning qiyshayib qolishi, bo'g'imlardagi tirqishlaning kichrayishini yoki yo'qolishini, suyakni bo'g'imda joylashishi yoki chiqishini aniqlaymiz. Ba'zi kasalliklarda suyaklarning mo'rt bo'lib qolishi aniqlanadi. Ba'zan ichki a'zolar shikastlangan bo'lishi mumkin.
Xususiy patologiya
Revmatoid artrit.
Bu bo'g'imlar sistemali kasalligi-avvalo mayda bo'g'imlar, ko'proq ayollarda uchraydi.
Etiologiyasi:ohirigacha aniqlanmagan. Ammo qonda 'revmatoid omil, J3NK, kollagenga qarshi antitelalar topiladi. Kasallik boshida bo'g'im yallig'lanadi, songra tog'ayva tofidag ito'qimalar ohiri ankilozga olib boradi.
Klinik ko'iinishi
Kasallikning o'ziga xos belgilaridan mayda bo'g'imlarininig shikastlanishi-poliartralgia harakatning cheklanishi rivojlanib boruvchi bo'g'imlar qiyshayishi (defomasiyasi) hisoblanadi.
Bemorlar bo'g'imlardagi og'riqdan, ayniqsa ertalab uning zo'rayishidan, harakatga keltirish qiyinligidan shikoyat qiladilar.Ko'zdan kechirganda mayda bo'g'imlarning qiyshayishi, ankiloz ko'zga tashlanadi. Hamma bo'g'imlar tashqi tomonga qiyshayib xuddi morj suzgichiga o'xshab qoladi. Bo'g'imlardagi yig'uvchi muskullar kontrarturasi kuzatiladi. Paypaslash orqali bo'g'imlardagi faol va sust harakat qay darajada chegalanganligi va og'rish og'rimasligi aniqlanadi. Bundan tashqari muskullar atrofiyasi va suyaklar ustida joylashgan, teri osti yog' qavatida d=0.5-2 sm gacha bo'lgan harakatchan, atrofdagi to'qimalarga yopishmagan tugunctrevmatoid omiluaniqlanadi. Revmatoid artritning bo'g'im turi ko'proq(80%)uchraydi
Laborotoriya tekshiruvida SOE tezlashadi (50-6Qmm/s), normoxrom kamqonlik, "revmatoid omil" topilishi mumkin
Rentgenologik tekshirishda suyak epifizi siyraklashadi, bo'g'imlarning keskin deformatsiyasi va bo'g'im tirqishlarining to 'liq bitib ketishi (ankiloz) aniqlanadi.
Kechishi surunkali rivojlanib boradi, kasallikning zo'rayish davri yaxshililanish davri bilan almashinib turadi. Bemoriar ikkilamchi kasalliklar qo'shilishidan halok bo'lishlari mumkia
DAVOSI: Yallig'lanishga qarshi nosteroid preparatlar, glyukokortikoidlar. Davolash gimnastikasi,fizioterapiyasi.

Yüklə 7,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin