Tibbiyot institutlari talabalari uchun


II Боб Bemorlarni tekshirish usullari



Yüklə 7,49 Mb.
səhifə3/15
tarix07.01.2017
ölçüsü7,49 Mb.
#4770
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15

II Боб Bemorlarni tekshirish usullari

Hozirgi vaqtda ko’plab yangi tekshirish usullari ayniqsa asbob-uskunali tekshirishlar bo’lishiga qaramasdan, bemorni klassik tekshirish ya’ni so’rab-surishtirish va fizik usullar o’z dolzarbligini yo’qotgani yo’q u diagnoz qo’yishning asosi bo’lib qoladi.

So’rab – surishtirish

Birinchi marta bemorni tekshirish so’rab-surishtirishdan boshlanadi. 80% terapevtik bemorlarni tahminiy diagnozi so’rab bilish davomida qo’yiladi va keyingi tekshiruvlar maqsadga yo’naltirilgan bo’ladi.

Bemorni so’rab – surishtirish natijalari – anamnez hisoblanadi. Shuning uchun ko’pincha so’rab-surishtirish o’rniga “anamnez yig’ish” termini ishlatiladi. (grek. Anamnezis-eslash) anamnez yig’ish oddiy savol-javobdan iborat bo’lmay, balki bemorni kasbiga, ruhiyatiga mos ravishda muloqot qilish demakdir, bu esa o’z navbatida bemorning ahvolini eyngillatishga olib keladi. Anamnez ma’lumotlarini grafik usullarida ifoda qilish maqsadga muvofiqdir.

So’rab-surishtirish quyidagi qismlardan tashkil topgan: shikoyatlari, kasallik anamnezi: ( anmnezis morbi), hayot anamnezi (anamnezis vitae). Bemorni anamnezini o’rganishdan maqsad, diagnoz, qo’yish uchun kerak bo’lgan ma’lumotlarni olish, kasallik og’irligini baholash, ular bilan o’zaro ishonchli muloqot o’rnatish, bemor shahsini va uning o’z kasalligiga bo’lgan munosabatini baholashdan iborat.

Ayrim bemorlar o’z kasalliklariga befarq bo’lganliklari uchun hamma shikoyatlarini aytavermaydilar, bunday bemorlarga qo’shimcha savollar berib shikoyatlarini aniqlashga to’g’ri keladi. Bemor shikoyatlarini qaysi biri asosiy va qaysi biri qo’shimcha ekanligini darhol aniqlab olish qiyin. Odatda bemor uchun eng katta ahamyatga ega bo’lgan shikoyat asosiy hisoblanadi. Shuni nazarda tutish kerakki, ba’zan bunday shikoyatning asosiy kasallikga dahli bo’lmasligi mumkin. Ba’zida bemorlar umuman shikoyat qilmasliklari mumkin, ularning kasalligi tibbiy ko’rikdan o’tganda aniqlanadi.

Shikoyatlar ichida og’riq eng ko’p uchraydi va u alohida o’ringa ega. Agar bemor og’riqqa shikoyat qilsa u holda quyidagilarga etibor berish kerak:



  • og’riqning joylashishi

  • og’riq hurijlimi yoki hurijsizmi

  • paydo bo’lish vaqti va sababi

  • og’riq jadalligi

  • uni kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar

  • og’riqni tarqalishi

ayniqsa og’riqni funksional yuklamaga bog’liqligini aniqlash katta ahmiyatga ega.

Kasallik anamnezi

Hozirgi kasallik anamnezini aniqlash (anamnezis morbi), bemor shikoyatlarini o’ragnish bilan bog’liq. Bunda quyidagilarga ahamiyat berish kerak.

Kasallikni boshlanish vaqti. Qachondan beri o’zini kasal hisoblaydi: vrach bemor yordamida kasallikning birinchi belgilari paydo bo’lishidan boshlab, hozirgi vaqtgacha bo’lgan o’zgarishlarni kuzatishi kerak. Zo’rayish vaqtlari va uning tezligi.

Bemor fikri bo’yicha kasallik yoki uning zo’rayishining sabablari. Ilgari o’tkazilgan tekshiruvlar va muolajalar: invalidligi va h.k.

Hayot anamnezi (anamnezis vitae) umumiy harakterga ega: tug’ilgan joyi, ma’lumoti, turmush tarzi, oilaviy sharoiti, boshdan kechirgan kasalliklar (dorilarga allergiyasi, sil kasalligi, sariq (gepatit, teri-tanosil kasalliklari). Irsiy kasalliklarni so’rash alohida o’rinni egallaydi: Ota-onasini nima kasallikdan o’lganigi, masalan: qandli diabet, arterial gipertenziya, ateroskleroz, alkogolizm, ruhiy kasalliklar, havfli o’smalar va h.k.

Kasbiy anamnezida chang, bug’ bilan hafas olish, vibrasiya, nurlanish kabi omillarga ahamiyat berish kerak.

Anamnez yig’ishda zararli odatlari ham muhim o’rin tutadi, ayniqsa alkolizm, tamaki chekish va hozirgi kunda narkotiklarni qabul qilish ko’payib bormoqda.

Yuqorida keltirilgan narsalarni miqdorini aniqlash ham muhim. Masalan: bir kunda nechta dona sigaret chekadi, yoki qancha spirtli ichimlik ichadi. Jinsiy anamnezida ayollarda oy ko’rishni muntazamligini, og’riqligini, homiladorlikni kechishini, nechta tuqqanligini, necha marta bola oldirganligini, qanday kontraseptiv vositalar qo'llaganligini aniqlash kerak..

Bemorni turmush sharoitini ham so’rash lozim. Uyining sovuqligi, namligi, ovqatlanish, jismoniy faolligi, oilaviy munosabati va h.k. bundan tashqari bemorning ruhiy holatini ham hisobga olish kerak.

Umumiy va tana soxalari bo’yicha ko’zdan kechirish

Bemorni ob’ektiv tekshirish usullari.

Bu usullar orqali vrach o’zining sezgi a’zolari bilan kasallik diagnostikasi, uning prognozi haqida zarur malumotlarni olishi mumkin. Ob’ektiv tekshirish usullariga ko’zdan kechirish , paypaslash (palpasio), tukillatish (perkussio), eshitish (auskultasio), hamda qo’shimcha laborator-asbob uskunali aniqlashlar kiradi.Umumiy ko’zdan kechirish odatda tana qismlarini ko’rish bilan birga olib boriladi. Ko’zdan kechirish bemorni birinchi ob’ektiv tekshirish usuli bo’lib hisoblanadi. Bemorni ko’zdan kechirganda sinchkovlik ziyraklik va vrachning shahsiy tajribasi katta rol o’ynaydi. Ko’rish uchun yana bir muhim sharoitlar-dan biri bemor uchun qulay vaziyat yaratish, honalar iliq bo’lishi, u uzoq vaqt yechingan holatda bo’lmasligi, noqulay vaziyatda bo’lmasligi va h.k. Ko’zdan kechirish odatda tabiiy yorug’likda o’tkaziladi, chunki ayrim vaqtlarda sun’iy elektr chirog’ida ko’rilsa teri rangini o’zgarishini aniqlay olmay qolishimiz mumkin, bu esa diagnoz qo’yishda hatolikka olib keladi.

Umumiy ko’zdan kechirishda quyidagilarni aniqlash mumkin: bemorning umumiy holati, es-hushi, vaziyati, tana tuzilishi ( konstitusiya ), yuz ifodasi, mijozini (ruhiy hususiyatlari), haroratini va antropometrik ma’lumotlarini.

Bemorning umumiy ahvoli qoniqarli, o’rtacha og’irlikda, og’ir, o’ta og’ir va agonal bo’lishi mumkin.

Es-hush markaziy nerv sistemasida bo’ladigan o’zgarishlarga bog’liq. Bu o’zgarish bosh miya kasalliklarida yoki ichki a’zolar kasalliklarining asoratlaridan kelib chiqishi mumkin.

Es-hushi pasayishi mumkin yoki o’zgarishi kuzatiladi. Es-hushning pasayishi-ruhiy, intelliktual, harakat faolliklarining sekinlashishi bilan kechadi.

Es-hushi pasayishi turlari:

Es – hushning qorong’ulashishi (karahtlik): es-hushi qisqa muddatda kirar-chiqar bo’lib qoladi.

Sopor-es-hushi qorong’ulashining chuqur darajasi, bu vaqtda faqat og’riq reflekslari saqlanib qoladi, qolgan ta’surotlarga javob bo’lmaydi.

Stupor – serrayib qotib qolish, bemor bu holatdan chiqqanda, savollarga fikirlamay, ytarlicha o’ylamay javob beradi..

Koma – MNS fapliyatini chuqur pasayib ketishi – bu vaqtda bemor tashqi tasirotlarga javob bermaydi, hamma reflekslar yoqoladi.

Komatoz holatda ichki a]zolarning og’iz shikastlanishlari olib keladi. Eng ko’p uchraydigan komatoz holatlarga quyidagilar kiradi: uremik, jigar komasi, diabetik ( ketoasidotik, gipoglikemik), bosh suyagi va miya shikastlanishidagi hamda olkogolli komalar. Bemor koma holatida uchratilsa uni komadan chiqarish uchun tez chora tadbirlar ko’rilishi kerak. Qisqa vaqtli es-hushni yo’qotish hurujlari sinkope deyiladi. Bu holat qisqa vaqt bo’ladigan bosh miya gipoksiyasidan kelib chiqadi. Bularga vazo-vazal, ortostatik, kardiogen behushliklarni misol qilib keltirishimiz mumkin.

Umumiy ko’zdan kechirish tartib bilan olib boriladi.



  1. bemorning vaziyati (faol, passiv, majburiy)

  2. tana tuzilishi (konstitiusiyasi) – normastinod, astenik, gipestenik.

  3. Yuz ifodasi – har hil kasalliklarda hilma-hil yuz ko’rinishini ko’rishimiz mumkin. “jabrlangan yuz “, “Korvizar yuzi”, “mitral yuz”, “nefritdagi yuz”, “hippokrat yuzi”, “oysimon yuz”, “bazedov yuzi”, “maskasimon”, mimikasiz yuz, asimmetrik yuz va h.k.



1- Rasm –Qarilikda yuz ifodasi

  1. Boshni ko’zdan kechirganda – uning o’lchamlari, beihtiyor harakati, sochlarni to’kilishiga ahamiyat beriladi.

  2. Yuzi-chakka tomirlarining qing’ir-qiyshiq bo’lib qattiq urishi, ko’z atrofini, qovoqlarni qorayishi, qovoqlardagi ksantomalar h.k.

  3. Ko’zi – g’ilaylik, ko’zini titrashi, yorug’likga reaksiyasi, qoracho’g’ni kengayishi, torayishi, ekzoftalm, qovoqlar ptozi.

  4. Burun – kattalashishi, qalinlashishi, qiyshayishi, egarsimon burun.

  5. Og’iz – shilliq qavatining holati, milk holati, tilni kattalashishi, so’rg’ichlarni kattalashishi.

  6. Bo’yin – uyqu arteriyasining pulsasiyasi, bo’yinturuq venasining bo’rtib chiqishi va pulsasiyasi, limfa tugunlarining kattalashishi, qalqonsimon bezning kattalashishi.



2-Rasm- Bo’yin venasining bo’rtib chiqishi

10. Teri qoplami: rangi, quruqligi, toshmalar, chandiqlar, shishlar.

11. Muskullar – mahalliy atrofiyasi, bo’g’imlar – shish, qiyshayishi, qizarishi, Geberden tugunlari.

12. Ko’krak qafasi – deformasiyasi (emfizematoz), falajlangan, tovuq ko’kragi.





3-Rasm-Ko’krak qafasi assimetriyasi

13. Qorinni ko’rganda – asimmetriyasini, kattalashganligini, kindik atrofidagi venalarning kengayishi, “meduza boshi”.

14. Qo’l – oyoqlarni ko’rish. Barmoqlar “nog’ora tayoqchasiga” o’xshash bo’lishi, “o’lik barmoq” belgisi (Reyno kasalligida): venalarning varikoz kengayishi, trofik yaralar va h.k.

Bemor vaziyati.

Bemorning faol, passiv va majburiy holatlari farqlanadi.

Faol holat kasallik hususiyatiga bog’liq emas. Passiv holat bemor o’ta ozib ketganda, o’ta holsizlikda, behushlikda kuzatiladi. Majburiy vaziyat odatda bemor o’zini ahvolini yngillatish uchun ma’lum bir holatni olish hisoblanadi. Ko’pincha bu og’riqni pasaytirish va harsillashni kamaytirish uchun ma’lum holatga o’tadi. Masalan ,bronhial astma hurujida bemor stul chetiga yoki krovatga qo’li bilan tayangan holatda o’tiradi nafas chiqarishni yengillatish uchun. Yurakning chap qorincha yitishmovchiligida bemor harsillashni yengillatish uchun doimiy yarim o’tirgan ( ortopnoe) vaziyatni egallaydi. Umuman bemorni vaziyatini baholash, uning ahvolini og’irligini aniqlashda va diagnostikada ma’lum ahamiyatga ega.





4- Rasm- Ortopnoe vaziyati.

Tana tuzilishi.

Tana tuzilishi (konstitutsiyasi) tana qismlarini bir-biriga nisbati. Tana tuzilishining quyidagi turlari ajratiladi. Astenik tur – odamning bo’y o’lchamlari eniga nisbatan ustun. Qo’l – oyoqlari, ko’krak qafasi uzun. Ular ko’pincha ozg’in bo’ladilar. Ularda modda almashinuvi tezlashgan.

Odatda bu odamlarda sil, me’da va 12 barmoq ichak yara kasalliklari ko’proq uchraydi deb hisoblaydilar. Giperstenik turda odamning bo’y o’lchamlariga nisbatan eni ustun turadi. Yuzi keng, bo’yni qisqa va yo’g’on, ko’krak qafasi keng, qovirg’alari deyarli gorizontal. Bu odamlarda ko’proq modda almashinuvi buziladi. O’t qopi va buyrakda tosh hosil bo’lishiga moyillik, hamda ateroskleroz, semirish va arterial gipertenziyaga moyillik bo’ladi.

Normostenik turda gavda tuzilishi proporsional bo’ladi.

Yuz qiyofasi.

Yuz ifodasi faqat ruhiy hissiyotga bog’liq bo’lmay, balki ichki a’zolar kasalliklariga ham bog’liqdir. Yuz – dil oynasi degan ibora bor. Yuzning ko’rinishi bemorning ichki kechinmalarini aks ettirib turadi. Qator kasalliklarda yuz o’ziga hos ko’rinishga ega bo’ladi. Masalan, o’pkaning krupos yallig’lanishida ko’pincha yuzning bir tomoni qizaradi, burun va lab atroflarida uchuq toshadi va bemor g’amgin ko’rinadi. Aorta qonqoqlarida nuqson bo’lganida yuz oqaradi.

Buyrak kasalliklarida yuz terisi oqargan bo’lib, u keskin shishib ketadi, ayniqsa qovoqlar, bazan yuz ko’rinishi tanib bo’lmaydigan darajaga keladi.

Mitral qopqoq nuqsonlarida (ayniqsa mitral stenozda)yanoqlari qizargan, quloq va burun uchlari, lablari ko’kimtir-binafsha rangida bo’ladi, bu mitral yuz (fasies mitralis) deyiladi. Uzoq davom etgan yurak kasalliklarida (yurak yetishmovchiligi), yuzlari shishgan terisi ko’kargan yoki sarg’imtirroq, og’zi yarim ochiq holatda xuddi havoni tutayotganidek harakat qiladi. (korvizor yuzi).

Gipertirieozda – (bazedov kasalligi) yuz harakatlarga boy bo’ladi, bemorning ko’zlari yaltirab, chaqchayib turadi (ekzoftalm), unda g’azablanish yoki qo’rqish ifodasini kuzatish mumkin.

Gipotireozda (miksidema), yuzlari biroz shishgan, so’lg’in, ko’zlari qisilgan ma’nosiz bo’ladi.

Akromegaliya kasalligida yuz, burun, lablar, qosh usti ravoqlari haddan tashqari kattalashadi, va tish oralig’i kengayib, pastki jag’ oldinga bo’rtib chiqadi.





5-Rasm- Akromegaliya

Isenko-kushing sindromida oysimon bo’lib, ayollarda ko’pincha soqol-mo’ylov o’sib chiqadi.

“gippokrat yuzi” (fasies Hippocratica) – yuzi azobl: ko’zlar ichiga botgan, burun o’tkirlashgan, terisi kulrang, peshonasi sovuq ter bilan qoplangan. Bu holat og’ir peritonit bo’lgan bemorlarda kuzatiladi.

Parkinsonizm kasalligida yuz harakatsiz (mimikasiz) bo’ladi.

Sistemali qizil bo’richada lunj sohasida va qansharda eritematoz toshma qizil dog’lar hosil bo’ladi, hamda u kapalakni eslatadi.

Yuz nervi falajida asimmetrik yuz kuzatiladi.

Tana harorati.

Odatda qo’ltiq ostida o’lchanadi u 360 dan 370 gacha bo’ladi. Tana harorati ko’tarilishining eng ko’p sababi infeksion jarayon hisoblanadi. Ammo noinfeksion yallig’lanish jarayonlarida ham harorat ko’tarilishi mumkin, bazan harorat ko’tarilishining sababi uzoq vaqt noaniq bo’lib qoladi (“noaniq lixoradka (istma) sindromi).

Isitma ko’pgina havfli o’smalarda, ayrim dori preparatlarini qabul qilganda, ayrim endokrin bezlari faoliyati buzilganda (masalan qalqonsimon bez faoliyati ortib ketganda doimiy subfebril isitma kuzatiladi) ko’tariladi.

Hamma hollarda ham isitma ko’tarilish sababini aniqlash katta diagnostik axamiyatga ega.

Ma’lum vaqt oralig’ida bo’ladigan haroratning o’zgarishi harorat egri chizig’i bilan belgilanadi. Masalan, ertalabki va kechqurungi harorat mahsus harorat varag’iga belgilab boriladi.

Quyidagi isitma egri chizig’i turlari ajratiladi:



  1. doimiy isitma (febris continua) (rasm) bu hil isitmada sutka davomida isitmaning o’sgarishi 10 dan oshmaydi (380-390) bu o’tkir infeksion kasalliklarga hos .

  2. bo’shashtiruvchi yoki remittirlovchi isitma. Bu isitma sutkada 10-20 ga o’zgaradi. Yiringli kasalliklarga hos. (febris remittens).



А)doimiy isitma (febris continua) bo’shashtiruvchi yoki remittirlovchi isitma



O’zgaruvchi yoki intermittirlovchi isitma. (febris intermittens). Qaytalama isitma (febris recurrens)



Gektik yoki holdan toydiruvchi isitma (febris gectica) To’lqinsimon isitma (febris undulans)



Noto’g’ri isitma (febris irregularis) O’zgargan (buzilgan) isitma (febris inversa)



6 -rasm Harorat turlari




  1. O’zgaruvchi yoki intermittirlovchi isitma. (febris intermittens). Bunda isitma birdan yuqori darajada (390-400 gacha) ko’tarilib bir necha soatdan keyin normagacha tushadi. 2-3 kundan so’ng bu isitma qaytariladi. Bundau isitma bezgakka hos. (rasm)

  2. Qaytalama isitma (febris recurrens) – bu isitma birdan yuqori darajada ko’tarilib bir necha kun turadi, keyin vaqtinchalik normaga tushadi, so’ng yangitdan qaytariladi (2 dan 5 tagacha huruj ). Bu isitma qaytalovchi tif va ayrim spiroxetozlarga hos. (rasm).

  3. Gektik yoki holdan toydiruvchi isitma (febris gectica). Bu isitma sutkada 30-50 gacha o’zgaradi. Bunday isitma sepsis uchun hos.

  4. To’lqinsimon isitma (febris undulans) bunda isitma bir necha kun davomida asta – sekin ko’tarilib borib keyin asta – sekinlik bilan ilgarigi holatiga qaytadi, so’ngra yana ushbu holat qaytariladi. Bunday isitma qora oqsoq kasallikgiga hos.

  5. Noto’g’ri isitma (febris irregularis) – tana haroratining har hil ko’tarilishi bilan harakterlanadi. Bunday isitma revmatizm, gripp, ichburug’larda kuzatiladi.

  6. O’zgargan (buzilgan) isitma (febris inversa)-ertalabki isitma kechqurungidan yuqori bo’ladi. (rasm).

Antropometriya

Antropometriya – tana va uning qismlarini o’lchash. Klinikada bemorning bo’yi, vazni va boshqa ayrim qismlari o’lchanadi. Bo’yi bo’y o’lchag’ich yordamida o’lchanadi. Bu bemorni darozligini yoki pakanaligini aniqlash, hamda tana vazniga nisbatan bilish uchun kerak. Tana vaznini muntazam o’lchab turish maqsadga muvofiq, chunki u ayrim kasalliklarda juda tez o’zgarishi mumkin. Masalan buyrak kasalligida, jigar, yurak kasalliklarida teri osti yog’qatlamiga, qorin bo’shlig’iga, plevral bo’shliqqa suyuqlik yig’ilishi mumkin. Ayniqsa yurak yetishmovchiligi bor bemorlarda va buyrak kasalliklarida tana vaznini har kuni o’lchab turish zarur, chunki bu siydik haydovchi dorilar qo’llaganda davolash effekti bor yoki yo’qligini bilish uchun kerak. Bundan tashqari tana vaznini indeksini aniqlash katta klinik ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda tana vaznini standart indeksi ishlab chiqilgan. Tana vaznini ortib ketishi (semizlik) ko’p kasalliklarni havfli omillaridan biri hisoblanadi. Masalan, ateroskleroz, arterial gipertenziya, va h.k.





7-Rasm- Semizlik

Tana vazni indeksi bu-tana vaznini (kg) bo’y kvadratiga (m) nisbati. Tana vazni normal bo’lganda indeks 20-25 kg/m2 : semizlik boshlanishida 25-30: agar tana vazni 30kg/m2 dan oshsa u holda bu semizlik hisoblanib bunday bemorlarni ozishi uchun ma’lum chora-tadbirlar qo’llaniladi. (ovqat kaloriyasini kamaytirish, 1200-1600 kkal/sut. Haftada 1-2 marta ovqat emaslik buyiriladi).

Terini ko’zdan kechirish.

Teri qoplamining o’zgarish ko’pincha bemorlar shikoyatiga sabab bo’ladi va ular vrachga murojaat qiladilar. Terida har hil toshmalar bo’lishi, uni rangini o’zgarishi, qichishishi va h.k.

Terini ko’zdan kechirish odatda paypaslash bilan birga olib boriladi. Teri o’zgarishlaridan ko’proq quyidagilarga axamiyat berish kerak: rangi, namligi yoki quruqligi, elastikligi va teri qoplamining issiqligi. Teri rangining o’zgarishi umumiy yoki mahalliy bo’lishi mumkin.

Teri qoplamining oqarishi yuqori yuqori haroratda qon yoqotishda (anemiyada), barmoq uchlarini oqarishi (o’lik barmoqlar simptomi), reyno sindromida kuzatiladi.

Eritrositozda teri qoplami to’q olcha rangida bo’ladi – eritrositlarni ko’payib ketishi hisobiga. Teri qoplamining mahalliy giperemiyasi shish, og’riq, mahalliy harorat bilan kechadigan – saramas kasalligida kuzatiladi.

Ko’karish – bu teri qoplami va shilliq qavatlning qoraroq-ko’kimtir ranga kirishi. U qondagi tiklangan gemoglabinni ko’payib ketishi natijasida vujudga keladi.

Ko’karish ikki hil holatda bo’ladi: kapillar qonni kislorod bilan to’yinishini kamayishi va mikrosirkulyator tomirlar venasini kengayishini natijasida qonni to’planib qolishi.

Ko’karish markaziy va periferik bo’ladi. Markaziy ko’karish arterial qonni kislorod bilan to;yinishini kamayishi natijasida kelib chiqadi. Bu vaqtda teri va shilliq qavatlari ko’karadi. Bunday ko’karish atmosfera bosimi pasayganda, o’pka kasalliklarida kuzatiladi. Periferik ko’karish qonni qon tomirlarida dimlanishi natijasida kelib chiqadi, bu vaqtda gemoglabinni kislorod bilan to’yinishi buzilmaydi. Dimlangan sohada kislorod ko’p sarflanib o’sha joyda tiklangan gemoglobin ortib ketadi, natijada mahalliy ko’karish bo’ladi.

Chetki ko’karish qon aylanish yetishmovchiligida, qon dimlanganda, teri mayda arteriallari va arteriolalarining kompensator torayishi natijasida kelib chiqadi. Bunday dimlanish “akrosianoz” yani tanani distal qismlari ko’karadi. Bunday ko’karish venoz gipertenziyaga xarakterli (oyoqlar venasini varikoz kengayishi, tromboflebit).

Sovuq ta’sirida ham fiziologik terining ko’karish kuzatiladi.

Bundan tashqari teri “sutli kofe” rangida bo’lishi mumkin (infeksion endokarditda).

Terining sarg’ayishi bilirubinni qonda ko’payib ketishi bilan bog’liq (jigar kasalligi, eritpositlar ko’p parchalanganda, ayrim mahsulotlarni ko’p istemol qilganda – sabzi, tomat va h.k.) Terining giperpigmentasiyasi buyrak usti bezi yetishmovchiligida kuzatiladi.

Bazan terida toshmalar paydo bo’ladi, ular har hil kattalikda va rangda bo’ladi.


  • dog’ (macula)-teri yoki shilliq qavatda bo’ladi.

  • Rozeola (rozeola)-yallig’lanish dog’i 1sm gacha kattalikda bo’ladi.

  • Eritema (erythema) – katta o’lchamdagi teri giperemiyasi (1sm dan katta).

  • Petehiya (petechiya)-teriga nuqtasimon qon quyiladi. U teri yuzasidan ko’tarilmaydi.(1-2mm)

  • Purpura (purpura)-ko’p gemorragik dog’lar.

  • Papula (papula-tuguncha)-teridan ko’tariluvchi diametri 1sm dan kam bolgan qattiq tuzilma.

  • Vezikula (vezikula-pufakcha)-seroz ekssudat bilan to’lgan, diametri 5 mm gacha bo’lgan toshma.

  • Pustula (pustula)-yiring bilan to’lgan pufakcha. Terida dog’lar paydo bo’lganda uning kelib chiqishini aniqlash zarur.

  • Terida pigment yo’qolishi bilan bog’liq o’zgarishlar ham uchraydi. Pigmentsiz sohalarning kattaligi va shakli jihatidan ular har hil bo’ladi.



8-Rasm-Pes (Vitiligo)

Atrofi pigmentli soha bilan chegaralanadi. Ular ko’pincha simmetrik joylashadi. Bu dog’lar barqaror bo’lib, hech qanday subektiv ta’sirlanish va funcsional buzilishga olib kelmaydi. Vrachlarimiz bunday bemorlar va uning atrofidagi kishilar bilan uchrashganda pes kasalligining yuqmasligi, zararli emasligi haqida tushuntirish ishlari olib borishlari kerak, chunki ayrim odamlar va kasallikni og’ir mohov kasalligi bilan almashtiradilar va ular bunday bemorlar bilan muloqot qilmaslikga harakat qiladilar.

Teriga qon quyilishi yoki mayda gemorragik toshmalar qon ivishining burilishi natijasida kelib chiqadi. ( DVS-sindrom ).

Terining katta dog’li qizarishi (eritema) tizza va boldir bo’g’imlari sohasida tuginchali og’riqli qattiqlashishi ko’pincha sil, revmatizm, yuqumli kasalliklarda, dori vositalarini qabul qilolmaslikda (antibiotiklar, sulfanilamid preparatlari yod va b).

Teri va teri osti yotoq yaralari va terining trofik o’zgarishlarini ko’rishimiz mumkin.

Bundan tashqari terida operasiyadan va kuyishdan keyingi chandiqlarni kuzatishimiz mumkin.





9-Rasm- Ko’krak qafasidagi operatsiyadan keyingi chandiqlar va tatuyirovkalar.

Bazan terida to’satdan – eshakem qichima qabariq yoki po’rsildoq toshmalar paydo bo’ladi. Angionevrotik shish (kvinke shishi) – bu ko’pincha har hil allergenlar tasirida terida va teri osti to’qimalarida shish paydo bo’ladi. Agar shish labga, tilga, halqum va hiqildoqqa tarqalsa u vaqtda asfiksiya kelib chiqishi mumkin.

Barmoqlarni ko’rganimizda uning ohirgi falangi o’zgarib nog’ora tayoqchasiga o’hshab qolishi, tirnoqlar esa soat oynasiga o’hshashi mumkin. (gippokrat barmoqlari): bu surunkali yiringli kasalliklarda kuzatiladi. Bazan u irsiy bo’lishi mumkin.



Yüklə 7,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin