Tibbiyot institutlari talabalari uchun



Yüklə 7,49 Mb.
səhifə5/15
tarix07.01.2017
ölçüsü7,49 Mb.
#4770
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15


Xususiy patologiya

Hozirgi pulmonologiya nozologik shakillarining kengligi, ilgari bilinmagan, yoki boshqa kasallik deb qabul qilingan, kasalliklar kelib chiqishi bilan tariflanadi. Nafas azolari kasalliklari etiologiyasi haqidagi tushunchamiz ancha kengaydi. Ko'pda – ko'p infeksion agentlar topildi (pnevmokokk, stafilokokk, klebsiolla, grammanfiy bakteriyalar, mikoplazmalar, zamburug'lar), to'g'ri davolash uchun bakteriologik tekshirish va uni antibiotikka sezgirligini aniqlash mumkin. Mikoplazma, xlamidiya, legionella bilan bog'liq bo'lgan atipik pnevmoniyalar ajratiladi. Ayrim dori moddalari (nitrofuran, antiaritmik,sitostatik preparatlar) kasallik chaqirishiga sabab bo'lishi aniqlandi, yoki allergiya chaqiruvchi agentlar bilan kontakda bo'lish. O'pka kasalliklarining patogenezi ancha chuqur o'rganilgan. Bu darslikda ayrim nozologik shakllar bo'yicha umumiy tushunchaga ega bo'linadi, ular ichida o'tkir bronh – o'pka infeksiyalari alohida o'rinni egallaydi.

Pnevmoniyalar.

Pnevmoniya – o'pka parenximasini infeksion yallig'lanib shikastlanishi. Pnevmoniyani ko'pinch bronh – o'pka infeksiyalari (bakterial) chaqiradi. (avvalo pnevmokokk, stafilokokk). Pnevmoniyani rivojlanishi uchun qo'zg'atuvchidan tashqari ma'lum sharoit kerak. Immun reaksiyani buzilishi: sovuqda qolib ketish, alkogolizm, yurak, buyrakning og'ir kasalliklarida, qariyalarda, ayniqsa o'pkani himoya qiluvchi mahalliy mehanizmlarni buzilishida. Klinik ko'rinishda pnevmoniyaning hamma turida istma ko'tariladi, umumiy intoksikasiya belgilari, yo'tal, o'pkada infiltrat aniqlanadi.

O'chog'ning kattaligiga va joylashishiga qarab diagnoz qo'yiladi.Quyidagi pnevmoniyalar farqlanadi.


  • Krupoz (bo'lakli) pnevmoniya

O'chog'li (segmentar yoki polisegmentar bronhopnevmoniya) pnevmoniya.

Interstsial pnevmoniya o'pka yallig'lanish infiltrasiyasining alohida turi.



  • kasalhona ichidagi pnevmoniya.

  • asperasiyali pnevmoniya.

  • immunital pnevmoniya.

Krupoz pnevmoniya

Krupoz pnevmoniya o'pkaning bir yoki bir nechta bo'lagining shikastlanishi bo'lib yallig'lanish jarayoniga plevra ham tortiladi. Shuning uchun bo'lakli yoki plevropnevmoniya deb ham ataladi. Kasallikni kelib chiqishida asosan ko'pchilik hollarda (85-90%) har hil turdagi pnevmokokklar ro'l o'ynaydi. Kam hollarda stafilokokk va Fridlender tayoqchasi chaqiradi.

Kassallik patogenezida qo’zg’atuvchiga qarshi organizmning umumiy va mahalliy (o’pka) giperergik reaksiyasi harakterli. Patomorfologik krupoz pnevmoniyaning 4 ta bosqichi farqlanadi:


  1. To'plash bosqichida o'pka alveolalari birin-ketin lekin juda tez va bir vaqtning o'zida fibrinli qo'zg'atuvchisi bor yallig'lanish ekssudati bilan to'ladi/ Agar antibakterial terapiya boshlanmasa u 3-4 kundan so'ng jigarlanish bosqichiga o'tadi.

  2. Jigarlanish bosqichida oldin eritrositlar paydo bo'ladi (qizil jigarlanish bosqichi), so'ngra ko'p miqdorda bakteriyalarni yutuvchi leykositlar yig'iladi (kulrang jigarlanish bosqichi). Bu 2-6 kun davom etishi mumkin.

  3. Jarayon ekssudatni so'rilishi bilan yakunlanadi va o'pka parenhimasining odatdagi strukturasi tiklanadi, so'ngra funksional hususiyati me'yoriga keladi

Kasallikning klinik ko'rinishi o'ziga hos. Kasallik to'satdan o'tkir boshlanadi, bemorlar o'z shikoyatlarida kasallik boshlangan kuni, hatto soatni ham aniq aytib berishlari mumkin. Iztirobli qaltirash, qattiq bosh og'rig', yuqori isitma (39-40%) kuzatiladi. Birinchi kundanoq shikastlangan tomonda, ko'pincha yonbosh sohada sanchiqli og'riq paydo bo'ladi, bu yallig'lanish jarayoniga plevra tortilganligidan dalolat beradi.

Quruq yo'tal paydo bo'ladi, so'ngra balg'am ajrala boshlaydi, u tezda shilliq yiringli bo'lib, ko'pincha qon-fibrin aralash keladi va o'ziga hos «zangsimon» ko'rinishga ega bo'ladi.

Bemorni ob'ektiv tekshirganda nafas olish tezlashgan va yuzaki, nafas olishda qo'shimcha muskullar ishtirok etadi. O'pka shikastlangan tomonda bemorlar yuzi bir tomonlama qizargan, lab va burun qanotlarida gerpetik toshmalar paydo bo'ladi. Ko'pincha lab burun uchi, quloq uchining ko'karishi kuzatiladi. Ko'krak qafasining harakati hikastlangan tomonda susaygan (shu tomon nafas olishda orqada qoladi), tovush titrashi shu sohada ancha kuchaygan. Tukullashda timpanik belgili bo'g'iqroq tovush eshitiladi.

Eshitishda vezikulyar nafas susaygan, nafas cho'qqisida krepitasiya (g'ichirlash) (crepitatio indux) eshitiladi.

Eng katta qattiqlashish davrida bronhial nafas eshitiladi,bronhofoniya kuchaygan, bazan yirik pufakchali nam hirillashlar eshitilishi mumkin.

So'rilish bosqichida to'lish bosqichidagi nafas belgilari qaytariladi.G'ichirlash paydo bo'ladi. (crepitatio redux). Agar yallig'alnish plevraga o'tgan bo'lsa plevra isqalanishi shovqinini eshitish mumkin.

Laborator tekshirishda qonda neytrofilli leykositoz, leykositar formulani chapga siljishi bilan. EShT oshadi. K2 va V globulinlar reaksiyasi kuzatiladi. Balg'amda oqsil, eritrositlar va leykositlar ko'p bo'ladi. Rentgenda qattiq gomogen infiltrat aniqlanadi.

Krupoz pnevmoniya ancha rivojlangan umumiy og'ir kasallik bo'lganligi uchun asoratlar bo'lishi mumkin. (Plevrit, o'tkir o'pka va o'pka – yurak etishmovchiligi, bakterial – toksik shok, kollaps (AB tushib ketishi); yiringli destruktiv o'pka jarayonlari. Ayniqsa pnevmoniyada yurak qon tomirlar sistemasini nazorat qilish, yurak etishmovchiligi va kollapsni oldini olish katta ahamiyatga ega.

Bronhopnevmoniya (o'choqli pnevmoniya).

Bu o'pka parenximasining bir yoki bir nechta segmentlari shikastlanishi bilan kechadi, shuning uchun segmentar yoki polisegmentar deb ham aytiladi. Bronhopnevmoniya ko'p uchraydi, ayniqsa gripp epidemiyasi(20-73%) davrida. Kasallik sababchisi bo'lib yuqorida qayd qilingan infeksiyalarning hammasi bo'lishi mumkin., lekin ko'proq Pfayffer tayoqchasi, stafilokokk, pnevmokokk kuzatiladi.

Kasallikning rivojlanishida organizmning immunobiologik hususiyati katta ro'l o'ynaydi. Uning kelib chiqishiga ayniqsa o'pkaning surunkali kasalliklari (surunkali bronhit, pnevmoskleroz, o'pka emfizemasi, yurak-tomir kasalliklari va boshqalar sabab bo'ladi).

Klinik ko'rinishi.

Gripp, tumov o'tkazgandan so'ng kasallikning sekin asta boshlanishi harakterli. Ba'zan uni bilib bo'lmaydi. Umumiy behollik, bosh og'rig'i, ko'krakda og'riq, yo'talning kuchayishi oz miqdorda shilliq yiringli balg'am ajralishi bilan.

Agar pnevmoniya o’chog’i yuzaki joylashgan bo’lsa fizikal tekshirishda o’zgarishlar aniqlanadi. Tovush titrashi kuchayishi, tukillatish tovushining bo’g’iqroq bo’lishi, vezikulyar nafasning dag’al bo’lishi va jarangli mayda pufakchali nam hirillashlar eshitiladi. Hirillashlarning jarangli bo’lishi bronh atrofidagi to’qimaning qattiqlashganligidan dalolat beradi.

Kasallik o’chog’i ancha chuqur joylashganda yuqoridagi belgilar (jarangli hirillashdan tashqari) bo’lmaydi.

Bemorni tekshirganda (tukillatganda va eshitganda) bronhit borligi aniqlansa, ammo bemorning ahvoli unga mos kelmasa, istma 370 dan yuqori bo’lsa bronhopnevmoniya to’g’risida o’ylash kerak (M.P. Konchalovskiy).

Qonni tekshirganda o’rtacha leykositoz, biroz chapga siljish bilan. Rentgenda odatda o’pkaning pastki qismida segmentar gomogen qorayishi ko’rinadi.

Pnevmoniyani davolash.

Quyidagi guruh preparatlar qo’llaniladi:


  • Antibiotikalar

  • Balg’am ko’chiruvchi vositalar

  • Mukaltin moddalari

  • Analgetiklar

Etiologik omil aniq bo'lsa davolash onson kechadi.

Mikrobiologik tekshirish natijasi kelguncha, (spektr ta'siri keng bo'lgan antibiotik) penisillin qo'llash maqsadiga muvofiq. Agar stafilokokka yoki klebsiellaga shubha bo'lsa sefalosporinlar guruhi. Aminoglikozidlar (ko'pincha gentamisin) qo'shiladi. Atipik pnevmoniyada esa eritromisin va unig analogi azitromisin berishi foyda beradi.

O’pka yiringli kasalliklari

O'pka ho'ppozi (absess).

Bu o'pka to'qimasini (erishi) chegaralangan yiringli yallig'lanish bo'lib, morfologik yiringga to'lgan bo’shliq hisoblanadi. U atrofdagi to'qimadan granulasion va fibroz tolalar bilan ajralib turadi.

Ho'ppoz ko'pincha o'ng o'pkaning pastki qismida joylashadi. U bitta yoki bir nechta bo'lishi mumkin.

O'pka ho'ppozi ko'pincha pnevmoniyadan keyin kelib chiqadi. Bundan tashqari u bronxogen – aspirasiyadan (yot jismlar tiqilib qolganda), gematogen (yiringli embol) osteomiellitda, infeksion endokarditda.

Klinik ko'rinishi.

O'pka ho'ppozini kechishi 2 davrga bo'linadi: ho'ppozning bronhga yorilguncha shakillanish davri va yorib chiqqandan keyingi davr.

Ho'ppoz rivojlanayotgan davrda, yiring chiqmasdan oldin bemorni ahvoli ancha og'ir bo'ladi.Yiringning intoksikasiya belgilari rivojlangan, isitmasi gektik harakterga ega bo'lib ko'p terlash va qaltirash bilan kuzatiladi, nafas olish tez va yuzaki yo'tal, quruq shikastlangan sohada og'riq bo'lishi mumkin.

Qonda neytrofilli leykositoz chapga siljish bilan. Ho'ppoz yorib yiring bronxlarga chiqishi bilan bemorning ahvoli ancha yahshilanadi, istma me'yoriga keladi. Yo'tal kamayib balg'am ko'chishi ko'payadi (ko'pincha ko'p miqdorda; '' og'iz to'ladi''). Yiring ajralgandan so'ng o'pkani tukillatishda timpanik tovush eshitiladi. Eshitishda katta pufakchali nam hirillash eshitiladi, nafas bronxial yoki amforik bo'ladi.

Qonda neytrofilli leyikositoz chapga siljish bilan, EchT oshadi. Balg'am odatda yiringli, ko'pincha qon aralashi bilan o'lansa hidga ega.

Bronxoektatik kasallik.

Brohoektaziya – bronxlarning patologik kengayishi.

Bronxlar devorining qaytmaydigan deformatsiyasi- bronxoektazlar nafas a'zolari rivojlanishining genetik hususiyati bilan bo'gliq bo'lishi mumkin. Hilpillovchi epiteliyalarning harakatsizligi, a2-antitripsin etishmovchiligi, tug'ma anatomik nuqsonlar. Bronxoektazlar rivojlanishida bronxlar obstruksiyasi katta ahamiyatga ega. U bronxlarga yot jism tushganda, bronx -pulmonal limfa tugunlari kattalashganda, surunkali bronxitda yuzaga keladi. Bunga bronx – o'pka infeksiyalarining qo'shilishi ohirida bronxoektatik kasallik ko'rinishini beradi. Shakli bo'yicha varikoz, segmentli, silindrsimon qopsimon bronxoektazlar farqlanadi. Qopsimon bronxoektazlarda ayniqsa kasallik og'ir kechadi, chunki u o'pkaning orqa pastki bazal bo'lagida va o'ng o'pkaning o'rta bo'lagida joylashadi, hamda yiring chiqishi qiyin bo'ladi.

Bu kasallik uzoq vaqt kechganda unga hos asoratlar o'pka-yurak, nafas etishmovchiligi, buyrak amiloidozi, bronx o'smasi kelib chiqadi.

Klinik ko'rinishi.

Kasallik rivojlanish davriga qarab har hil ko'rinishda bo'ladi. Zo'raygan davri remissiya davri bilan almashilib turadi. Kasallik zo'rayishi isitma ko'tarilishi, ahvolni yomonlanishi bilan ko'rinadi. Eng hos belgilardan – yo'talning kuchyishi va shilliq – yiringli yoki yiringli balg'amni ko'p ajralib chiqishi, ba'zan qon aralshmasi bilan ( ayniqsa kasallik tez-tez qaytalanib turadi).

Yo'tal kuchi va balg'am ajralishi bemorning vaziyatiga bog'liq. Ertalab bemor turgandan so'ng yo'tal huruji tutib, og'iz to'la balg'am ajralishi kasallikka hos. Ertalab balg'am miqdori bir kunda ajraladigan balg'amning 2/3 qismiga teng. Balg'amning bir kunlik miqdori 0,5 – 1,0 l gacha etishi mumkin. Balg'am turib qolganda 2-3 qavatga ajraladi.

Shunga qaramasdan ba'zan kasallikning birdan bir belgisi qon tuflash bo'lishi mumkin. (quruq bronxoektazlar). Agar bronxoektazlar o'pkani yuqori bo'lagida joylashsa qon ketish havfi ko'p bo'ladi.

Ob'ektiv tekshirishda – bemorlar ozg'in bo'ladi, barmoqlari ''nog'ara cho'piga'' o'hshash va tirnoqlari '' soat oynasiga'' o'hshash bo'lib qoladi, tukullatishda o'pka pastki qirrasining harakati chegaralangan, bo'g'iqroq tovush. Eshitishda dag'al nafas, jarangli nam hirillash eshitiladi. Bu belgilar doim bir joyda bo'ladi. Rentgelologik tekshirishda kuchaygan o'pka suvrati fonida katakchali qiyshayish, o'pka hajmini kichrayishi, o'pka qirrasining zichlashishi, bronx oldi skleroz va boshqalar kuzatiladi. Ayniqsa bronxoskopiya va bronxograpiyada bronxoektazlar borligi ularning joylashishi, sabablari, qon ketish o'chog'i, bronx o'smasi aniqlanadi. Davo choralarini hal qilishda kopyuter tomografiyasi muhim.

O'pkani surunkali obstruktiv kasalliklari.

Bu termin asosida uzoq vaqt kechadigan o'pkani obstruktiv kasalliklari: surunkali obstruktiv bronxit, og'ir bronxial astma va o'pka emfizemasining bronx o'tkazuvchanligini buzilishiga olib kelishi yotadi.

Surunkali obstruktiv bronxit.

Surunkali obstruktiv bronxit bronxlarni surunkali yalig'lanishi bilan ifodalanib, o'pka ventilyasiasini rivojlanib boruvchi buzilishiga olib keladi. Surunkali bronxit rivojlanishiga olib keluvchi asosiy omil bo'lib, avvalo chekish hisoblanadi. Chekuvchilar surunkali bronxitni 80 % ni tashkil qiladi. Bundan tashqari surunkali bronxitni rivojlanish atrof havoni organik va noorganik changlar (pahta, don, sement, ko'mir va h.k.) bilan ifloslanishi katta ro'l o'ynaydi. Bu omillarning uzoq vaqt ta'siri natijasida bronxlar shilliq qavatini gipertrofiyasi kelib chiqadi va shilliq ko'p ishlab chiqaradi, natijada unga bronx-o'pka infeksiyalari tushib shilliq-yiring yoki yiring hosil bo'ladi (kataral yoki bronxit). Asta sekin yalig'lanish jarayoni bronx devorinig hamma qavatiga o'tadi va fibrozlanishiga olib keladi. Bir qism chekuvchilarda bronxlar dag'al o'zgarib bronxoektazlar rivojlanadi.

Klinik belgilari.

Bemorlarning shikoyati asta-sekin kuchayib boruvchi yo'tal hisoblanadi. Bu vaqtda quyuq va yopishqoq balg'am ajraladi. Yo'tal doimiy bo'lib yilning sovuq vaqtlarida kuchayadi, yoki bemor bronx-o'pka infeksiyalari qo'shilganda (isitma ko'tariladi, balg'am yiringli tus oladi) natijada bronx torayishi vhyjudga kelib, ko'pincha bronx qisilishiga olib keladi. Klinik va funksional nafas to'silishi belgilari kuzatiladi. Harsillash kuchayib boradi. Odatda ko'karish va periferik shish kuzatiladi. Taxipnoe hos, ammo emfizemadan farqli ko'krak qafasining shakli o'zgarmaydi. Tukillatishda o'pka ustida biroz bo'g'iqroq tovush eshitiladi. Eshitishda esa dag'al nafas fonida ko'p yoyilgan quruq hirillashlar va o'pkaning pastki qismida kichik pufakchali jarangsiz ham hirillashlar kuzatiladi, ular yotalganda kamayadi yoki yo'qoladi. Bronx obstruksiyasi kuchayganda nafas chiqarish uzayadi. Gipoksemiya va giperkapniya rivojlanadi, u o'z navbatida ikkilamchi eritrositozga keladi.

(kasallik bayonining grafik sxemasi Bemor O'SOK bilan.)

Bronxial astma.

Nafas yo'llarining yallig'lanish kasalligi bo'lib, ma'lum ekzogen va endogen omillarga bronxlarning gipperreaktivligi bilan kuzatiladi va bronhlar o'tkazuvchanligini o'tkir buzilishi, davriy bo'g'ilish bilan kechadi.

Tipik hollarda bo'g'ilish hurujining kelib chiqishiga nafas yo'llariga tushgan har hil allergenlar sabab bo'ladi.

Tashqi allergelar sifatida o'simlik changlari, ovqat mahsulotlari (qulupnay, shokolad, tuxum), chang va hidlar (aptekarlarda, teri o'shlovchlarda '' ursal bo'yog'i'' ) uy changlari, hayvonlar yungi, dori aralashmalari, sabab bo'lishi mumkin. Bronxial astmaning bu tarqalgan shakli ekzogen yoki atipik deb ataladi. Hozirgi kunda endogen omilli bronxial astma hurujlari ko'payib bormoqda. Masalan aspirin (prostaglandin) astmasi, homiladorlardagi bronxial astma, ruxiy bronxial astma, giper eozinofilli bronxial astma, hamda infeksiyaga bog'liq bronhial astma.

Klinik ko'rinishi Bemorlar ko'proq ekspirator hususiyatiga ega bo'lgan bo'g'ilish hurujidan shikoyat qiladilar. Irsiy moyillik ham bo'lishi mumkin. BU vaqtda kasallik yoshlikdanoq rivojlanadi. Huruj odatda tasirlovchdan so'ng (allergen va kontaktta bo'lish, sovuq havo, kuchli hid) to'satdan boshlanadi. Hurujni kechasi bo'lishi hos. Hurujdan oldin ko'pinch yo'tal bo'ladi. Huruj vaqtida bemor majburiy vaziyatni oladi, o'tirgan hollarda, hamma yorhdamchi nafas muskullarining nafas olishda qatnashishi kuzatiladi, bo'yin tomirlari bo'rtib chiqadi, o'mrov usti chuqurchasi silliqlashadi, yuzi oqarib ter bosadi, og'zi ochiq burun kataklari kengaygan. Nafas olish qisqa, nafas chiqarish qiyinlashgan, davomli, shovqinli hirillashlar bilan kuzatiladi, u uzoqdan eshitilib turadi.

Huruj boshida yo'tal kamroq, huruj kuchayganda ko'payadi. Huruj ohirida yo'tal engillashib yopishqoq tiniq balg'am ajraladi, bemorni ahvoli biroz yahshilanadi va uyquga ketadi.

Huruj vaqtida ko'krak qafasi kengayadi va inspirator vaziyatni oladi.Tukullatganda qutisimon tovush. Eshitishda vezikulyar nafas susaygan, hushtaksimon quruq hirillashlar ko'p bo'ladi, nafas chiqishi uzaygan.

Hurujning o'tishi suyuq balg'am ajralishini yengillashi bilan boshlanadi, asta sekin quruq hirillashlar kamayadi, nafas olish siyraklashadi va tinchlanadi. Huruj oralig'ida bemorlar o'zini yahshi sezadi, Lekin ancha vaqt emfizema belgilari saqlanib qoladi.

Astmatik status.

Bir necha soat ichida o'tib ketmaydigan huruj bo'g'ilish astma statusi deb ataladi (status astmatikus).



16-Rasm- Bronhial astma xurujida bemor vaziyati.

Bo'g'ilish statusi – bronxial astmasi bor bemorlarning, bronxial obstruksiyasining o'ta og'ir huruji bo'lib, bu vaqtda bronxodilyatatorlarni qo'llash yordam bermaydi. Bo'g'ilish statusiga yuzaki nafas va keskin tezlashgan (taxepnoe) nafas harakteri; ko'pincha '' soqov o'pka'' manzarasi vujudga keladi (yoyilgan bronxospazm natijasida mayda bronhlar quyqa shilliq bilan yopilib qoladi va ko’krak qafasida xech qanday tovush eshitilmaydi. (“soqov o'pka”). Bu vaqtda nafas etishmovchiligi boshlanadi va nafas asidozi, giperkapniya va gipoksemik koma bilan tugaydi. Nafas markazi falajlanadi. Bunda mahsus usul bilan bronh o'tkazuvchanligini tiklash kerak (masalan, bronxoskop yordamida bronxlar Nacl eritmasi bilan yuviladi.). Qonni tekshirilganda eozinofiliya, lekositoz va SOE oshishi mumkin.

Balg’amni mikroskop ostida ko’rganda ko’p miqdorda eozinofillar, epiteliy, nursimon spiriali, Sharko-Leyden kristallari (kristallangan eozinofil fermentlar).

O'pka emfizemasi.

O'pka emfizemasi – (grek emphizema-kepchish) – o'pka to'qimasini elastiklik hususiyatini pasayishi, alveolar devori strukturasini buzulishi distal terminal bronxiolalar havo bo'shlig'ining kengayishi, bilan ifodalangan o'pkaning shikastlanishi.

O'pka emfizemasini rivojlanishiga ko'p yo'talish (surunkali bronhit), bronhlarning surunkali obstruksiyasi (bronxial astma) surunkali interstisional yallig'lanish genetik omil (K – antiripsin tanqisligi),alveolalarning mexanik cho'zilishi (oyna puflovchilarda, musiqachilarda, ashula etuvchlarda), ayrim zararli moddalarni yoki changlarni hidlash, chekish sabab bo'ladi.

Emfizema rivojlanishini erta ko'rinishlaridan biri harsillashni asta - sekin rivojlanishi va jismoniy yuklamaga tolerantlikni pasayishi; kasallik boshlanishida harsillash ekspirator harakteriga ega, ya'ni nafas chiqarish qiyinlashgan. Keyinchalik yurak etishmovchiligi boshlangandan so'ng u inspirator yoki aralash bo'ladi.

Fizikal tekshirihsda odatda o'pka to'qimasida havo ko'payib ketish sindrominig hamma belgilarini ko'rish mumkin.

Ko'krak qafasining bo'chkasimon bo'lishi va nafasda yordamchi muskullarni qatnashishi. Ko'kraq qafasini nafas harakatidagi hajmini pasayishi. O’pka qirrasi harakatining kamayishi, o'pka pastki chegarasini pastga siljishi kuzatiladi. Tovush titrashi susayadi. Tukillatganda ko'krak qafasining hamma qismida qutisimon tovush eshitiladi. Eshitganda quruq hirillashlar, nafas chiqishi uzaygan rentgenda kovurg'alar oralig'ini kengayishi, qovurg'alar gorizantal joylashganligi, o'pkani yuqori tiniqligi aniqlanadi. Kasallik surunkali kechib nisbatan qisqa vaqt ichida o'pka-yurak etishmovchiligiga olib keladi.

IV bob Yurak-qon tomirlar tizimi

Shikoyatlari

Yurak-qon tomir sistemasi kasalliklari eng ko’p tarqalgan kasalliklardan biri bo’lib, ular jarohatidan so’ng ikkinchi o’rinda turadi. Yurak-qon tomir kasalliklari tizimida asosiy o’rinni yurakning ishemik kasalligi va gepertoniya kasalliklari egallaydi. Qon aylanish a’zolari kasalliklariga tashxis qo’yish ancha qiyin bo’lib ularni davolash juda murakkab. Yurak-qon tomir sistemasidagi bemorlarni tekshirishda ularning shikoyatlari va anamnez yig’ish muhim ro’l o’ynaydi.Bemor shikoyatlarini ikkita katta guruhga bo’lish mumkin: asosiy va qo’shimcha (umumiy harakterga ega bo’lgan). Asosiy shikoyatlarga: hahrsillash, yurak sohasida og’riq, yurak o’ynog’i yoki “yurak urish maromini’’ buzilishi, yo’tal, o’ng qovurg’a ostida og’riq va og’irlik sezish kiradi.

Harsillash.

Harsillash bu kasalliklar uchun patognamonik belgi bo’lmasdan, u o’pka kasalliklarida va boshqa kasalliklarda ham bo’lishi mumkin, lekin shunga qaramasdan u yurak kasalliklarida asosiy shikoyat hisoblanadi. Harsillashni hususiyatini aniqlash mumkin: (doimiy, jismoniy harakatda (katta yoki o’rtacha) hurujsimon (‘’yurak astmasi’’) u odatda kechasi tutadi. Harsillashni kuchaytiruvchi omillar borligi aniqlandi (masalan, ovqatlanish, gapirish) shu jumladan vaqt o’tishi bilan harsillahsning o’zini kuchayishi (masalan, ilgari faqat jismoniy yuklamada bo’lsa, so’ngra tinch holatdagi harsillash yoki bo’g’ilish huruji qo’shiladi). Bo’g’ilish huruji vaqtida bemor o’tirgan (ortopnoe) holatida bo’ladi, yuzlari ko’kargan, nafas hirillagan og’zidan qon aralashgan, ko’pikli balg’am ajraladi.

Yurak sohasida og’riq

Bir qator kasalliklarda yurak patologiyasi bilan bog’liq bo’lmagan og’riqlar bo’lishi mumkin (masalan, ko’krak umurtqasi osteohondrozida, chap tomonlama plevritda, qovurg’alararo nevralgiyada, miozitda va h.k.). Shunga qaramasdan yurak-qon tomirlar patologiyasida yurak sohasida og’riq muhim belgilardan biri hisoblanadi. Og’riq sindromining hususiyati har hil bo’lishi mumkin (sanchiqli, jadal siquvchi og’riq yuraksanchiq harakteridagi), to’sh orqasida joylashib chap qo’lga, kurakka, chap bo’yinga tarqaladi. Bunday og’riqlar toj tomirlari aterosklerozda , hamda koronaritda va og’ir kamqonlikda kuzatiladi.

Yurak sanchiq og’riqlari odatda jismoniy yuklamadan so’ng vujudga kelib bir necha daqiqa davom etadi va jismoniy ishni to’htatganda yoki nitrogliserin ichganda o’tib ketadi. Miokard infarktidagi og’riq odatda jismoniy ishni to’htatganda ham yoki tomir kengaytiruvchi dorilardan keyin o’tib ketmaydi, ular ancha jadal va uzoq davom etadi (bir necha soatgacha). Bundan tashqari uncha kuchli bo’lmagan ezuvchi va sanchuvchi og’riqlar kuzatiladi (masalan miokarditda).

Yurak o’ynog’i yoki yurakni notekis urishi hissiyoti.

Bu vaqtda bemorlar yurakni “muzlab” qolish sezgisiga yoki qisqa vaqt to’htab qolishga shikoyat qiladilar. Bu shikoyatlarni kelib chiqishi yurak kasalliklarida ham, yurakdan tashqari omillar ta’sirida ham bo’lishi mumkin (chunki stress, tireotoksiko’zda, istmalashda).Shuni esda tutish kerakki tana harorati 10C. ko’tarilganda yurak qisqarishi tezligi bir daqiqada 10-12 ta ortadi. Yurakning tez urishi doimiy yoki hurujli bo’lishi mumkin (paroksizmal hususiyatiga ega).

Yo’tal.

Yo’tal hos belgi emas, u juda ko’p kasalliklarda kuzatilishi mumkin. (masalan yo’tal va qon tupirish yurakning mitral nuqsonida va sil kasalliklarida kuzatiladi).

Yurak qon-tomir kasalliklarida yo’tal kichik qon aylanish tizimida dimlanish bo’lganda vujudga keladi. Qon tupirish odatda o’pka gipertenziyasi va yo’tal cho’qqisida bronxlarning mayda tomirlari yorilib ketishi bilan kechadigan og’ir kasalliklarda kuzatiladi. (masalan yurakni dekompensasiyalangan mitral nuqsonida, o’pka arteriyasini tromboemboliyasida). Aorta anevrizmi nafas yo’llariga yorib kirganda jadal qon oqishi yuzaga kelib bemorni o’limga olib keladi.

O’ng qovurg’a ostida og’riq va og’irlik.

Ko’pincha shish bilan bog’liq, suyuqlikni qorin va plevral bo’shliqlarda to’planishi, o’ng qorincha etihsmovchiligi tipidagi qon aylanish etishmovchiligida, parenhimotoz a’zolarda, hususan jigarda dimalnish bo’ladi.

Qo’shimcha shikoyatlar.

Holsizlik, tez charchab qolish, ko’p terlash, bosh aylanishi , tana harorati ko’tarilishi, tasirchanlik, uyquni buzilishi.

Bemorni so’rab-surishtirayotganda shikoyatlarini yanada shuqurroq o’rganish kerak.

Kasallik anamnezi (anamnezis morbi).

Kasallik belgilarini paydo bo’lish vaqtini aniqlash muhim, ularni vujudga kelish sharoitlari va tartibi (masalan, og’ir jismoniy ish, stress alkogol ichish), kasallikni kechishi, qaytalanish tezligi, klinik labarator tekshiruv ma’lumotlarini aniqlash, (shu jumladan ilgari tekshiruv ma’lumotlari), kasallik bayonidan ko’chirma, analizdan ko’chirmalar, hulosa. Ilgari o’tkazilgan davo-profilaktika chora-tadbirlari, ularni kasallik kuchayishiga tasiri dorilarni ko’tara olmaslik ma’lumotlarini bilish ham muhim.

Hayot anamnezi (anamnezis vitae)

Bemorlarda hayot anamnezi to’playotgan vaqtda kasallikni rivojlanishiga turtki bo’luvchi sabablarni aniqlash kerak (jumladan, irsiy omillar, masalan, mitral qopqonni tug’ma prolapsi exokardiografiya yordamida aniqlanadi). Bu vaqtda bemorning tashqi ko’rinishi baholanadi (masalan,bolalik vaqtida mitral stenozi rivojlangan bo’lsa, “mitral nanizm” bo’ladi). Kasallikni og’irlashtiruvchi nasliy yoki boshdan kechirgan boshqa kasalliklar (ayniqsa revmatizm, streptokokk infeksiyalari, zaxm), zararli odatlari borligi (chekish , alkogol ichish), turmush tarzi, ovqatlanishi, ishlab-chiqarihsdagi salbiy tasirotlar (shovqin, elektromagnit maydonlari va h.k.).

Ayollarda – tug’ishni kechishi va homiladorlik, klimakterik vaqti.

Umumiy ko’zdan – kechirish.

Kardiologik bemorni ko’zdan kechirish uning to’shakda yotgan vaziyatini, teri qoplami va shilliq qavatlar rangini, yuz ko’rinishini, og’iz bo’shligini ko’rishni ko’zdan kechirishni o’z ichiga oladi.

Yurak sohasini ko’zdan kechirish – buni o’tkazishdan maqsad yurak ichi va yurak turtkisini aniqlash, patologik tomir urishini, ko’krak qafas deformasiyasini hamda yurak va undan chiquvchi tomirlar proeksiyasida barqaror bo’rtib chiqishlarni aniqlash hisoblanadi. Yurak uchi turtkisi – bu chegaralangan ritmik pulsasiya, u beshinchi qovurg’a ostida, o’mrov o’rta chizig’idan ichkarida yurak uchi sohasida kuzatiladi. Yurak uchi turtkisi odan sog’lom yoki kasal bo’lishdan qatiy nazar doim kuzatiladi.

Yurak turtkisi – yurak uchi turtkisi bilan bir vaqtda bo’ladigan qo’virg’alar oralig’ini yoyilgan ritmik tebranishi. Me’yorida yurak turtkisi bo’lmaydi.



Yüklə 7,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin