Tibbiyot institutlari talabalari uchun
|
|
O’quv adabiyoti
Elektron darslik
|
Sh.Ya.Zokirxo’jayev
B.Nuritdinov
Ichki kasalliklar propedevtikasi
Tibbiyot institutlari talabalari uchun
|
|
O’quv adabiyoti
|
Sh.Ya.Zokirxo’jayev
-
B.Nuritdinov
Ichki kasalliklar propedevtikasi
O’zbekiston respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Tibbiyot institutlari talabalari uchun darslik sifatida tasdiqlagan
2008 yil
Taqrizchilar:
Karimov M.Sh.-Toshkent Tibbiyot akademiyasi tibbiy pedagogika fakulteti Ichki kasalliklar propedevtikasi hamshiralik ishi ,kasb kasalliklari, gematologiya va XDT, kafedrasi mudiri professor
Rahimov Sh.M.- Toshkent Pediatriya Tibbiyot institutш gospital terapiya va Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi mudiri professor
So’z boshi
Talim sohasining islox qilishi bo’yicha amalga oshirayotgan ishlar, tibbiyotga ham aloqador bo’lib, yetuk, chuqur bilimga ega bo’lgan umumamaliyot vrachi tayyorlashda, zamonaviy talim-tarbiya tizimini yaratishni taqazo etadi. Respublikamizda bu tizimni amalga oshirish yani yuqori malakali vrach tayyorlash ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda talabalar tibbiyot institutlarida 7 yil tahsil olib umumbiologiya fanlarini, umumtibbiy (klinik) fanlarni o’zlashtirib umumamaliy vrach bo’lib etishadilar va vrachlik diplomiga ega bo’lib, mustaqil ravishda ishlash xuquqiga ega bo’ladilar.
Ikkinchi bosqichda mutaxassis shifokor yani tanlagan mutaxassislikka ega bo’lishi uchun magistraturani tamomlashlari kerak. Tibbiyot institutlatida ichki kasalliklar fanining o’qitilishi avvalgidek ichki kasalliklar propedevtikasi (tashxis asoslari) kafedrasidan boshlanadi. Ushbu darstlik lotin alifbosida yozilgan birinchi qo’llanma bo’lib tibbiyot inistitutlarining davolash fakulteti 3 kurs talabalariga mo’jallangam. Ushbu darslikni ayrim bo’limlarini tayyorlashda kafedra dotsentlari B.A.Tolipov (yurak-qon tomirlari tizimi), I.S Solixova (endokrinologiya bo’limi) faol qatnashdilar. Ushbu darslikni tayyorlashda o’z xizmatini ayamasdan katta yordam bergan ichki kasalliklar propedevtika kafedrasi katta o’qituvchusi Mirilhom Solihovga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Darslik kamchiliklardan xoli emas, bu to’g’rida o’quvchilarimizning bildirgan fikr – muloxazalarini mamnuniyat bilan qabul qilamiz.
Kirish
“ ichiki kasalliklar”-vrachlik faoliyatining ko’p tomonlarini qamrab oladigan, eng dolzarb klinik muammo bo’lgan diagnostika (tashhis), davolash va prognozi kabi tibbiyotning katta bir sohasini tashkil qiladi. Bu soha har doim klinik tibbiyotni asosi bo’lib kelgan, chunki u boshqa klinik fanlar: yuqumli kasalliklar, asab kasalliklari va ko’pchilik bazi fanlar-umumiy patologiya (patologik anatomiya, patalogik fiziologiya), mikrobiologiya, farmakologiya, bioximiya, normal fiziologiya va b. bilan chambarchas bog’langan. Bu fanlardan olingan ilm klinik tafakkurni rivojlanib borishiga va uzoq yillar davomida sayqallanib borishiga yordam beradi. Klinik fikrlash har hil toifali, avvalo simptom va sindromlar bilan bog’langan, hamda ko’p qo’shimcha tekshirish usullarining ma’lumotlar, ularning bir-biri bilan bog’liqliklarini va etiologik sabablarini aniqlashni taqozo etadi.
Klinik tafakkurni shakillanishida ichki kasalliklar propedevtikasini o’rganish alohida o’rinni egallaydi uni “ ichki kasalliklar klinik diagnostikasining asosi” deb atashimiz mumkin.
Sharq tabobatining ulug’ allomasi, buyuk mutafakkiri Abu Ali Ibn Sino
( X asr ), buyuk rus olimi, terapevt S.P.Botkinlarning aytishicha, amaliy tibbiyotning asosiy vazifasi
“ kasallikning oldini olish, paydo bo’lganda esa uni davolash va bemorning ahvolini engillatish” dan iborat ekan.
Propedevtika ( lotincha “ kirish” ma’nosini bildiradi)- ichki a’zo kasalliklariga tashhis qo’yish ( diagnostika) asoslarini o’rgatadigan fan bo’lib , buni bo’lg’usi vrach kelajakda tabobatning qaysi sohasida ishlamasin (jarroh bo’ladimi, akusher- ginekolog yoki dermatovenerolog bo’ladumi) mukammal bilmog’i kerak..
Lotin maqolida: “ Qui Beni diagnostic, bene curat” deyilgan. Ma’nosi “ kimki kasallikni yahshi aniqlay olsa, uni to’g’ri davolaydi” demakdir.
Talaba bemorning kasalligini aniqlashda uning belgilarini ( simptomlari), qaysi a’zo yoki sistema shikastlanishga moyil ekanligiga ahamiyat berishi, uning paydo bo’lish sabablari va omillarini (mexanizmlarini) bilishi kerak. Bundan tashqari, aniqlangan belgilar qaysi a’zo kasalliklariga hos ekanligi ( patognomonik simptom) klinik tafakkurlash yo’li bilan aniqlash imkoniga ega bo’lishlari kerak.
Masalan, o’pkaning zotiljam ( krupoz pnevmoniya) kasalligida bemorning tana harorati ko’tarilishi , et junjikishi, ko’krak qafasining bir tarafida qattiq sanchiq turayotgani, hansirash, lohaslik , bosh og’rishi , bosh aylanishi, yo’tal ,qon aralash zangsimon balg’am tuflash, ishtahaning yo’qligi, kam quvvatlik kabilardan shikoyat qiladi. Shikoyatlarning o’zini taxlil qiladigan bo’lsak, faqat ko’krak sanchishi , yo’tal, zangsimon balg’am ajralishi, o’pka kasallanganligidan darak beradi. Bemordagi qolgan belgilar esa odam ichki a’zolari boshqa yallig’lanish kasalliklarida ham uchrashi mumkin.
Propedevtika darsi bemorda turli tibbiy tekshiruv usullari orqali ( so’rash, ko’rish, paypaslash, tukillatish, eshitish, laborator- asbobiy tekshirish orqali) aniqlangan kasallik belgilarini tahlil qilish (semiotika) yo’ki ma’lum bir a’zoning kasalligini ( hususiy patologiya) aniqlash ( diagnos qo’yish) bilan birga bemorlarga birlamchi davolash choralarini ko’rish, ularning ahvollarini hisobga olgan holda parvarish qilishni va vrachlik burchi, odobini (deantologiy) kilinikada tatbiq qilish sirlarini ham o’rgatadi. Hozirgi vaqtda kasallikni keltirib chiqaruvchi omillarga ( faktorov riska) katta ahamiyat berilmoqda, ayniqsa yurak –qon tomir kasalliklarida. Bu yo’lda keyingi o’n yillarda katta muvaffaqiyatlarga erishildi, qanchadan- qancha bemorlar qutqarib qolindi va hayotga qaytarildi. Ichki kasalliklarni mana shu nuqtai nazardan o’rganish talabalar uchun muhim va bo’lajak umumamaliyot vrachlari buni yaxshi bilishlari kerak. “ vrachni shakillanishida bitta yo’l ma’lum: bemor- kitob, kitob-bemor” (E.M. Tareev).
Kafedraning qisqacha tarihi
Ichki kasalliklar propedeftikasi kafedrasi 1920 yilda Turkiston Davlat universitetining tibbiyot fakul’teti tarkibida tashkil etilgan. 1943 yilgacha uni professorlar A.N Kryukov, M.I. Slonim, N.I.Ragoza, G.F.Mankus boshqargan. IKP kafedrasi sanitariya-gigiena va pediatriya fakul’tetlariga alohida ajralib chiqqandan so’ng, davolash fakuleti IKP kafedrasini (1943-1971 yil) xizmat ko’rsatgan fan arbobi, O’zSS FA korrespondent a’zosi, professor N.I.Ismoilov, undan keyin esa – prof.
M.S.Tursunhojaeva, dotsent E.Y.Qosimov, prof. R.A.Qoraboeva, prof. O’.K.Vahobova, va dotsent Sh.G.Muqminova boshqarishgan. 1988 yildan boshlab kafedra rahbari E.Y.Qosimov.
1990 yilda Toshkent tibbiyot instituti 2ga bo’linib, I vs II ToshMY deb ataldi. Shu yildan boshlab I Tosh MY ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasiga protessor R.A.Qoraboeva mudir etib saylandi. 2000 yildan boshlab kafedra mudiri etib professor M.Sh.Karimov saylandi. 2005 yilda Toshkent tibbiyot Akademiyasi tashkil topganligi munosabati bilan, birnechta kafedralar qo’shilib 1-ta kafedra tashkil qilindi. Bu Toshkent tibbiyot Akademiyasi tibbiy-pedagogika fakul’tetining ichki kasalliklar propedevtikasi, gematologiya va XDT, kasb kasalliklari va hamshiralik ishi kafedrasi bo’lib unga 2005 yildan xozirgi kungacha tibbiyot fanlari doktori, professor Ma’ruf Shokirovich Karimov raxbarlik qilmoqdalar.
2004 yildan boshlab davolash fakul’teti ichki kasalliklar propedevtikasi, kafedrasi mudiri T.F.D. professor Zokirxo’jaev Sherzod Yaxyo’yevich tayinlandi.
2005 yildan boshlab Toshkent tibbiyot instituti tibbiyot akademiyasi aylangandan so’ng to’rt kafedra qo’shilib yani ichki kasalliklar propedevtikasi,, gematologiya va XDT, kasb kasalliklari va hamshiralik ishi kafedrasi tashkil topib uning mudiri T.F.D. professor Zokirxo’jaev Sh.Ya. etib saylandi.
Dostları ilə paylaş: |