Ko’krak yoshidagi bola uchun kerakli sut miqdorini aniqlash usullari
Agar navbatdagi emizishdan keyin godak ko'krakni qo´yib yuborsa, "qoniqqan" ko'rinishga ega bo'lsa, keyingi emizishgacha tinch uxlasa, demak sut unga yetarli bo´ladi. Sut hajmining yetarli ekanligining ob'ektiv belgilariga yosh normasi, tana vazniga qo´shilishi, boshqa antropometrik ko'rsatgichlarning ko’payishi, teri holatining yaxshiligi, yumshoq to´qimalar turgorining saqlanganligi, peshob va axlat ajralishining normal miqdori kiradi.
Bola hayotining birinchi 10-kunida kerakli sut miqdori yetuk tuhilgan bola uchun quyidagi formula bilan aniqlanadi:
N.P.Shabalov formulasi:
bir marta emizilgandagi sut miqdori (ml) = 3ml x hayoti kuni x vazni(kg)
G.I.Zayseva modifikasiyasiga ko´ra, N.F.Filatov formulasi:
Sutkalik sut miqdori (ml)= 2% tana vazni x hayot kuni
Bola hayotining 10-kunidan boshlab, sutkalik sut miqdori ikki xil usul bilan hisoblanadi:
Geybner-Cherni "xajmiy" usuli.
Ovqat hajmi yoshi va tana vazniga bog´liq xolda tavsiya etiladi. Bunda tana vazni o´rtacha yosh normasiga mos kelishi kerak.
Sutkalik sut miqdori 1 litrdan oshmasligi kerak.
10 kundan 1,5 oygacha-faktik tana vaznining 1/5 qismi;
1,5-4 oyda-1/6;
4-6-oyda-1/7;
6-12oyda-1/8 faktik tana vaznining qismlarini tashkil qiladi
M.S.Maslov bo'yicha kaloriyali usul:
Ovqatlanishning energiyali kiymati, bolaning 1 kg tana vazniga ?uyidagicha bolishi kerak:
Yilning birinchi choragida - 120 kkal/kg sutkada
Ikkinchi choragida - 110kkal/kg sutkada
Turtinchi choragida - 100 kkal/kg sutkada
Bir litr ko’krak sutida 700 kkal bor.
Bir martalik emizish xajmini aniqlash uchun= sutkalik ovqat xajmi
umumiy emizish soniga
Bir yoshgacha bo´lgan bola sutka davomida 1000-1100 mldan ortiq ovqat qabul hilmasligi kerak*
Dostları ilə paylaş: |