Tibbiyot Oliy o'quv yurtlari uchun o'quv adabiyoti


Chaqaloqlar hayotining birinchi kunlarida og'iz sutining ahamiyati



Yüklə 8,52 Mb.
səhifə105/226
tarix02.01.2022
ölçüsü8,52 Mb.
#1252
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   226
Chaqaloqlar hayotining birinchi kunlarida og'iz sutining ahamiyati.

Og'iz suti xarakteristikasi

Og'iz suti - sariq yo’ki kulrang-sariq rangdagi yelimsimon, quyuq suyuqlik, homiladorlikning oxirida va tug'ruqdan keyin birinchi 3 kunida ajraladi. Isitilganda yengil eriydi. Og'iz sutida oqsil, vit A, karotin, askorbin kislotasi, vit V12, Ye, tuzlar, doimiy sutga nisbatan ko'p bo´ladi. Albumin va globulin fraksiyalari kazeindan ko'proq. Kazein laktasiyaning 4-kunidan boshlab paydo bo´ladi, uning miqdori asta-sekin ko’payadi. Bolani ko'krakga qo´yishdan oldin og´iz sutida IgA, yog va sut shakari yetuk sutga nisbatan kam bo´ladi. Og'iz suti oqsili bola oqsil zardobiga o´xshashligi sababli o'zgarmagan holda so'riladi. Og'iz suti gemotrof va amniotrof oziqlanish davrlari o’rtasitdagi oraliq shakli va laktotrof oziqlanish boshlanishi hisoblanadi. Birinchi kunlarda og’iz sutining energetik qiymati 1500 kkal/l, 2-kunda - 1100kkal/l, 3 - kunda 800 kkal/lga teng keladi.

Etuk (doimiy) sut - bir necha kundan keyin ishlab chiqiladi, uning miqdori oshadi, ko’krak bezlari to´lishadi, shishadi va og'ir bo´ladi. Bu xolat "sutni otishi" deb ataladi. Erta sut - emizishning boshida ishlab chiqiladi.

Kechki sut - emizishning oxirida ishlab chiqiladi. Rangi oq, erta sutga nisbatan unda yoglar ko'p. Bu yog´ tabiiy ovqatlantirishda asosiy energiya manbai bo'lib hisoblanadi. Erta sut kechki sutga qaraganda, havorang tusda, u ko'p hajmda ajraladi va boshqa komponentlar bilan ta'minlaydi. Birinchi 6 oyligida issiq iqlim bo’lishiga qaramay, qo´shimcha suyuqlik ichirish mumkin emas. Agar bola chanqashni suv bilan qoniqtirsa, ko'krak sutini kam miqdorda emadi.

Yüklə 8,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin