Sun'iy va aralash ovqatlantirish
Sun'iy ovqatlantirish - bolani ona suti o'rnini bosuvchi aralashmalar bilan shisha idishdan ovqatlantirish, bunda bolani kuniga bir marta ko'krak suti bilan emizish yo’ki ko'krak suti xajmi 50-100 ml ga teng bolishi ham mumkin.
Sun'iy ovqatlantirish bola uchun fiziologik hisoblanmaydi, bolaning kelgusi hayotidagi biologik xususiyatlarni o'zgarishi va kasallanish spektrini o'zgartiradi. Aralash va sun'iy ovqatlantirish faqatgina hayot ko´rsatmasiga asosan o'tkaziladi, agar onasida adekvat laktasiya bolmasa, bolada surunkali och qolishga yuqori moyillik bo'lsa.
4-10% tuqqan ayollarda adekvat laktasiya bo´lmaydi.
Ona tomonidan tabiiy ovqatlantirishga qarshi ko'rsatmalar:
Agar onasi quyidagi yuqumli kasalliklar - qizamiq, suv chechak bilan kasallangan bo'lsa, u holda bolaga immunoglobulin yuborilgandan so'ng ko’krak bilan emizilsa bo´ladi. Terlama, surunkali gepatit, ich burug, salmonellezda - ona sutini sog´ib, sterilizasiyadan keyin bolaga berish mumkin. O’RVI, angina, bronxit va pnevmoniyadan keyin onaning tana qarorati tushsa va umumiy ahvoli yaxshilansa bolani emizishga ruxsat beriladi. Bunda niqobdan foydalanish kerak va emizish orasida ona va bola muloqotini chegaralash kerak.
Bolani emizishga jiddiy qarshi ko’rsatma, shuningdek sog'ilgan sut bilan xam boqishga qarshi ko'rsatma bo’lib, onaning davosida ba'zi dori vositalarni ishlatish hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |