Tibbiyot Oliy o'quv yurtlari uchun o'quv adabiyoti


Qo’shimcha ovqat kiritishning asosiy qoidalari



Yüklə 8,52 Mb.
səhifə116/226
tarix02.01.2022
ölçüsü8,52 Mb.
#1252
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   226
Qo’shimcha ovqat kiritishning asosiy qoidalari

Qo'shimcha ovqat qabul qilishning eng qulay vaqti bu bola qorni ochgan va ona bolaga ko'p vaqt ajrata oladigan vaqtdir. Kunning birinchi yarmi eng qulay vaqt xisoblanadi.qo’shimcha ovqat kam-kamdan choy qoshigidan boshlab sekin astalik bilan kupaytirib boriladi. Buning uchun ortacha quyuqlikdagi bir massali bo'tqalardan, masalan guruchli sutli bo'tqa yo’ki kartoshkali bo'tqadan (pyure) boshlash mumkin. Bola qo'shimcha ovqatga oson organishi uchun ovqatga sohilgan ko'krak sutini qo'shish mumkin. Ko'krak suti kamayishining oldini olish maqsadida bolaga qo’shimcha ovqatni ko'krak suti berilganidan so'ng buyurish mumkin.

5-6 kundan so'ng ikkinchi qo'shimcha ovqatni, yana 5-6 kundan keyin 3-chi yangi ovqatni berish mumkin. Bu vaqt ichida bola ovqat rasioniga ko'p komponentli ovqatlarni kiritish mumkin: go'sht+sabzavotlar, go'sht+ sabzavotlar+donli mahsulotlar.

Qo'shimcha ovqat quyuq bo’lishiga, lekin bola uni qoshiq yo’rdamida qabul hila olishi kerak. Qo'shimcha ovqat assortimenti bo'yicha har xil mahsulot bo'lishi kerak.

Donli mahsulotlar tanlanganda glyutensiz: guruch, grechka, joxori va shunga o'xshashlarni tanlash kerak. Glyuten mannka, perlovka va ovsyanka krupalarida bor.

Kamqonlikni oldini olish maqsadida, temir deposi bo'lgan go'sht bir yoshgacha bolgan bolalarning ovqat rasionidagi eng kerakli mahsulot hisoblanadi. Go´sht bola 6 oylik bo'lganidan so'ng qiymalangan qaynatma holda, keyinchalik to'qralgan holda buyuriladi. Bolani ovqatlantirishda yogsiz mol, qo'y, parranda go´shtidan foydalaniladi.

3 yoshgacha bo'lgan bolalar ovqatini tayyo’rlashda tuz, shakar va boshka ziravorlardan foydalanish shart emas.
Qo’shimcha ovqatni notogri buyurish nimalarga olib kelishi mumkin?

Bolalarni notogri ovqatlantirish yo’ki boqish usullari, ularning jismoniy, aqliy rivojlanishining buzilishiga va bu ozgarishlar bolaning salomatligiga salbiy ta'sir ko’rsatishiga olib kelishi mumkin. qo’shimcha ovqatni oz vaqtida bola rasioniga kiritish muhim rol oynaydi. Juda erta yo’ki kech qo’shimcha ovqatni berish bolaning o’sib ulg’ayishiga havfli ta'sir ko’rsatishi mumkin.


Qo’shimcha ovqatlanishni o’z vaqtida boshlamaslik bilan bog’liq bo’lgan xavf

Juda erta boshlash

Juda kech boshlash

Bola ona sutini emmay qo’yadi, bu esa ko’krak suti ajralishining kamayishiga va bolaning yetarli darajada energiya va ozuqa moddalarini qabul qilishiga to'sqinlik qiladi.

Faqat ko’krak suti bilan ovqatlan tirish bolaning energiya va ozuq moddalariga bo'lgan extiyojini to'liq qondira olmaydi va buning natijasi da bola jismoniy rivojlanishdan orqada qoladi

Kasallik chaqiruvchi mikroblar bilan zararlangan qo'shimcha ovqat moddalari va suyuqliklar bolada dispeptik kasalliklarga va oziqlanishning buzilishiga moyillikni orttiradi

O'suvchi organizmning mikronutri yentlarga bo'lgan talabini ko'krak suti tolik qondira olmaydi (asosan, temir, vit A, rux)

Ko'krak yoshidagi bolalarda ichak faoliyatining yetuk emasligi ovqat allergiyasiga moyillikni orttiradi..

Harakat ko'nikmalarining optimal rivojlanishi ta'minlanmagan, jumladan, chaynash, yangi ta'm va ovqat strukturasini bola ijobiy qabul qilishi ta'minlanmaydi

Onalarga fertillik tezroq qaytadi

Turli yoshdagi bolalarni ovqatlantirish uchun tavsiya etiladigan ozuqa maxsulotlari ("ovqatlanish savati")




  • 6-11 oylik bola

    • Bo’tqa (guruchli, grechkali, arpali)+sariyog’+sut (aralashtirilgan 1:1)

    • Non

    • Kartoshkali va sabzavotli bo'tqa

    • Go´sht, baliq, jigar, tuxum sariqi

    • qatiq, kefir, suzma

    • Mevalar bo'tqasi yoki sharbati




      • 12-23 oylik bola

        • Guruch, makaron mahsulotlari yo’ki b'tqa

        • Bo'tqa (guruchli, grechkali, arpali)+sariyog+sut (aralashtirilgan 1:1)

        • Non

        • Kartoshkali va sabzavotli bo'tqa

        • Go'sht, baliq, jigar, tuxum sariqi

        • qatiq, kefir, suzma

        • Mevalar







    • Non+sariyog yoki go'sht

    • qatiq+tvorog

    • Non, pechene

    • qaynatilgan kartoshka va sabzavot

    • Mevalar

    • Sigir suti yoki qatiq


Shisha va so'rgichlar nima uchun zararli?

  • Shisha idishdan emizish ich ketishiga moyillikni ko’paytiradi, tish va o'rta quloq yalliglanishini kuchaytiradi va og'iz boshlig'i dinamikasini o'zgartiradi

  • Ko'krak yoshidagi bola ovqatlantirish vaqtida yetarli darajada diqqat e'tibor

ololmasliklari xavfi ortadi.

Shisha idish va so'rgichlarni cho'tka bilan doimiy yuviv, keyin qaynatib sterilizasiya qilish lozim, bunda issiqlik energiyasi ko'p yo'qotiladi. Shuning uchun respublikamizning qishloq sharoitida buni amalga oshirish qiyin.



  • Ko'p hollarda shishadagi aralashmalarga shirin qattiq moddalar qosqiladi, bu esa tishlar kariesiga moyillikni oshiradi, xuddi sorgichlarni asal va shakarga xollab berilgan singari.

  • Shisha idishdan ovqatlantirilgan bola ko'krak sutini yaxshi ema olmaydi. Bu ko'krak bilan emizish soni va intensivligini buzadi.

Ko'krak yoshidagi bolalarni emizishni alternativ usuli piyoladan ovqatlantirish hisoblanadi. Bu usulni ko'pincha ko'krak bilan emizishni kechroq boshlash kerak bo'lgan bolalarga tavsiya qilinadi. Piyoladan to'g'ri ovqatlantirish bolaga ovqat kirishini nazorat qilishni boshqarishga yo’rdam beradi; bolani oqziga sutni quymaslik kerak.

Piyo’ladan ovqatlantirishning afzalliklari:

  • Bola ovqatlantirilganda tilidan foydalanadi

  • Bola o'zi piyoladan ovqatlanadi, qancha ovqat qabul qilish va uning vaqtini o'zi belgilaydi

  • Piyo’la shishaga qaraganda xavfsiz, uni suv va sovunda oson yuvsa bo´ladi.

  • Shishaga qaraganda piyolani kamroq olib yuriladi shuning uchun bakteriyalar ko’payishiga imkoniyat kamroq bo´ladi.

  • Ona yo’ki bolani parvarishlaydigan boshqa shaxs piyoladan ovqatlantirilganda bolani ushlab turishi va u bilan ko'proq muloqotda bo’lishiga mumkin, bu esa shishadan ovqatlantirishga nisbatan, bolani ruxiy stimullaydi.

  • Piyo’la bilan ovqatlantirishni 6-oygacha qo'llash qulay, chunki qoshiq bilan ovqatlantirish ko'p vaqtni talab qiladi va ona bola to'yguncha ovqatlantirishni toxtattib qoyishi mumkin.


6-9-oylik bolalar uchun taxminiy menyu

  • Bola talabiga ko'ra ko'krak suti beriladi

  • Bo’tqa (guruchli, marjumak (grechka), arpali) - sigir suti bilan aralashtirilgan (1:1)-150-200 gr+4 gr sariyog

  • kartoshkali va sabzavotli bo'tqa - 150 gr, maydalangan go'sht (qush yo’ki baliq) - 10-30 gr+ o’simlik yog’i 5 gr, meva bo'tqasi yo’ki sharbati 50 gr.

  • Tvorog (suzma) 10-40 gr+qatiq - 100-150 gr, pechene 5 gr, tuxum sariqi 1 dona


9-12-oylik bolalar uchun taxminiy menyu

  • Bola talabiga ko'ra ko'krak suti

  • Bo’tqa (guruchli, grechkali, arpali) sigir sutiga aralashtirib (1:1)-150-200 gr+4 gr sariyo’g

  • Kartoshka va sabzavotlar maydalangan yoki bulakchalarga kesilgan 150 gr, maydalangan go'sht (1ush yo’ki baliq) -30-60 gr+osimlik yogi - 5 gr, meva botqasi yoki sharbati 50 gr.

  • Tvorog (suzma) 40-50 gr+ qatiq 150 gr, non 5-10 gr, tuxum, sariyog 1 dona, sigir suti - 100-150 gr12-23 oylik bolalar uchun taxminiy menyu

  • Bola talabiga ko'ra ko'krak suti

  • Bo'tqa (guruchli, grechkali, arpali) sigir sutiga aralashtirib 250 gr+5 gr sariyog, non 10 gr, tuxum 1-dona

  • qatiq (kefir) 200 gr, bulochka-25 gr

  • Sabzavotli va go´shtli shorva (40-50 gr)-200 gr, non-10 gr, mevalar- 100 gr yo’ki

  • Shovla (go'sht 40-50 gr) - 200 gr, non - 10 gr, meva sharbati - 100 gr yo’ki

  • Moshli sho'rva -200 gr, non 10 gr, mevalar - 100 gr, tvorog (suzma)-60 gr+qatiq 200 gr, pechene - 15 gr

  • Sigir suti 200-300 gr24 oylik yoshdagi bolalar taxminiy menyusi

  • Botqa (guruchli, grechkali, arpali) sigir sutiga aralashtirib 250 gr+10 gr sariyog, non 20 gr, tuxum 1-dona

  • Tvorogli blinchik yo’ki somsa, mevalar -100 gr

  • Qovurilgan kartoshka go'shti bilan - 200 gr, sabzavot va kokatli salat 50 gr, non - 40 gr, mevali sharbat - 100ml

  • qatiq (kefir) 200 gr+bulochka 50 gr

  • Mastava - 200 ml, non 40 gr, qatiq – 100 ml



Yüklə 8,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin