Distrofiya simptomlari
Distrofiyaning klinik ko'rinishi uning shakllari va og'irlik darajasiga bog'liq. Prenatal distrofiyaning klinik variantlariBosh miyaning gipoksik zararlanish darajasi va klinik korinishiga asosan prenatal distrofiyaning quyidagi shakllari ajratiladi: (E.M.Fateeva bo'yicha).
-
Nevropatik shakli: tuhilganda tana vazni normada yoki nisbatan pasaygan, bo'yi o'zgarishsiz. Psixomotor rivojlanishi yoshiga mos. Boladagi o'ta q'ozg'aluvchanlik va negativizm, uyquning buzilishi, ishtahaning pasayishi yo’ki ortishi o'ziga jalb etadi.
-
Neyrodistrofik shakli: tug'ilganda tana vazni va boyi uzunligining (kam darajada) pasayishi, MNSda tormozlanish jarayonining ustunlik qilishi, psixomotor rivojlanishdan nisbatan orqada qolish, ko’p qo’llarda tug'ma disembriogenez stigmalari kuzatiladi.
-
Ensefalopatik shakli: bolaning jismoniy va psixomotor rivojlanishdan chuqur orqada qolishi, mikrosefaliya, bosh miyaning o'choqli zararlanish belgilari, suyak tizimi gipoplaziyasi, anoreksiya va poligipovitaminoz rivojlanishi bilan kechadi.
Dostları ilə paylaş: |