GIPOTROFIYa
Gipotrofiya yengil (І-daraja), orta oqir (ІІ-daraja) va oqir (ІІІ-daraja) turlarga ajratiladi.
Gipotrofiyaning І-darajasi bolani diqqat bilan ko'rilganda aniqlanadi. Odatda bolaning ahvoli qoniqarli, ishtahasi nisbatan pasaygan, terisi silliq, elastik, oqimtir, ichki a'zolari va fiziologik chiqarishlari o'zgarishsiz. To'qimalar turgori pasaygan, qorinda teri osti yog qavati normadan past, lekin yuzida va qo'l-oyoglarida saqlangan. Tana vazni tanqisligi o'rtacha k'orsatgich bilan taqqoslanganda 10-20%ni tashkil qiladi. Qonni tekshirilganda disproteinemiya va ozuqa fermentlari aktivligining pasayishi aniqlanadi.
Gipotrofiyaning ІІ-darajasi bola aktivligi va emosional tonusining pasayishi, apatiya, lanjlik, adinamiya, nutq va psixomotor funksiyalarning orqada qolishi, ishtahaning pasayishi bilan kechadi. Terisi oqimtir, quruq, qipiqlangan. To’qima elastikligi va turgori, shuningdek, mushak tonusi pasaygan. Teri osti yog' qavati yuzida saqlangan, lekin nisbatan kamaygan yoki qorinda va qo'l-oyoqlarida bo'lmaydi. Tana vazni tanqisligi bo'yiga nisbatan 20-30%ni tashkil qiladi, bo'yi 2-4 sm orqada qolgan. Tana vazni ortishining egri chizig'i yassilangan. Sutka davomida tana qaroratining ozgarishi (1GS) va oyog-qollarining doimiy sovuqligi termoregulyasiya buzilishidan guvoqlik beradi. Ko’p qo’llarda taxipnoe, aritmik dag'al nafas, yurak tonlari bog’iqligi, taxikardiyaga moyillik va arterial gipotenziya aniqlanadi. Bolani majburiy emizilganda bola qayd qiladi, ba'zida qabziyat kuzatiladi. Ko’p рo’llarda interkurrent kasalliklar qo'sqiladi (masalan, otit, pielonefrit, pnevmoniya). Laborator tekshirilganda gipoxrom anemiya, gipo- va disproteinemiya, ozuqa fermentlari faolligining aniq pasayganligi kuzatiladi.
Gipotrofiyaning ІІІ-darajasi (atrofiya, alimentar marazm) bola umumiy ahvolining yaqqol buzilishi bilan kuzatiladi: uyquchanlik, loqaydlik, qo'zg'aluvchanlik, negativizm, rivojlanishdan yaqqol orqada qolish, orttirilgan ko'nikmalarni bajara olmaslik, anoreksiya. Bolanining tashqi korinishi skeletni eslatadi, terisi quruq, oq - kul rangda, dumba va sonlarida osilgan burmalar aniqlanadi. Yuzi qariyalarnikiga o’xshash, bujmaygan, uchburchak shaklida. Teri osti yog qavati hamma joyda yo’qolgan, lunjida ham, bolalarga xos bo'lgan, Bish yo’g’ to'plami yo’qoladi. To'qimalar turgori butunlay susaygan, mushaklar atrofiyalangan, lekin ularning tonusi odatdagidek, elektrolitlar muvozanatining buzilishi va nevrologik buzilishlar hisobiga yuqori bo´ladi. Tana vazni tanqisligi 30% va undan ko'pni tashkil etadi, tana vazni ortishining egri chizigi tekis yoki pasaygan. Bo'yi yosh normasiga nisbatan 7-10 smga pasaygan. Suvsizlanish belgilari yaqqol ko'rinadi: chanqash, katta lihildoq va ko'z olmalari cho'kishi, afoniya, kon'yuktivalar va shox parda quriq, lab shilliq qavatlari yaqqol boyalgan, og'iz burchagida yoriqlar (qarg'a og'zi). Tana qarorati odatda pasaygan va atrof-muhit qaroratiga bogliq holda ozgaradi, ba'zida subfebrilgacha ko'tariladi. qo'l - oyog'lari sovuq. Nafas yuzaki va aritmik. Ko'p hollarda belgisiz atelektaz va gipostatik pnevmoniya aniqlanadi. Pulsi sekinlashgan, kuchsiz, arterial bosim pasayadi, yurak tonlari bog’iq. Qorni tortilgan yo’ki dam va zoriqqan. Jigar va qora taloq o'lchamlari kichraygan. qar doim oshqozon-ichak traktining diskinetik buzilishlari aniqlanadi: qayd qilish, qusish, tezlashgan suyuq najas. Peshob ajralishi kamaygan, oz miqdorda chiqadi. Laborator ma'lumotlar qonning quyilishini ko'rsatadi (gemoglobin konsentrasiyasi va eritrositlar miqdori normada yo’ki ko'paygan, EChT pasaygan). Peshobda xloridlar, fosfatlar va mochevina ko’p miqdorda aniqlanadi, ba'zida aseton va keton tanalari aniqlanadi.
Kvashiorkor - tropik va subtropik mamlakatlarda bola hayotining 2-4 yoshlarida kuzatiladigan distrofiya shakli. Ko’krakdan ajratilgandan keyin, faqat o’simlik ozuqalari bilan ovqatlantirilganda (oqsilli och qolish), yuqumli kasalliklar va boshqa omillar ta'sirida rivojlanadi.
Asosiy belgilari: jismoniy va psixomotor rivojlanishdan orqada qolish, teri va sochning diffuz depigmentasiyasi, soch tokilishi, oysimon yuz, to'qimalar shishi, qisman saqlangan teri osti yog' qatlamida mushak atrofiyasi, kamqonlikning og'ir darajasi, raxit ko'rinishlari aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |